✅ MUVAFFAQIYATLI VA SAODATLI INSONLARNING 19 SIFATI.
☝️ Tekshiring sizda bu sifatlardan nechtasi topiladi.
👉 1. Boshqalar qila olmagan ishni, yo‘lini qidiradilar. Falonchi qilolmadi men ham qilolmayman deb qo‘l siltab ketmaydilar;
👉 2. Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblaydilar;
👉 3. Ular bir ishni qilishdan oldin reja qiladilar, keyin Allohdan madad so‘rab amalga oshiradilar.
👉 4. Ular ishni qilishdagi rejalarini shu narsani ilmiga ega bo‘lgan solih insonlar bilan maslahat qiladilar.
👉 5. Ular aqlsiz, ilmsiz ko‘cha bolalari bilan o‘rtoq bo‘lib yurmaydilar. Jiddiy, ilmli, solih insonlar bilan do‘stlashishga harakat qiladilar.
👉 6. Boshqalar omadni kutib o‘tirsa, ular omadni o‘zlari quvib tutadilar;
👉 7. Boshqalar kabi ularda ham qo‘rquv bor. Lekin qo‘rquv ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Barcha ularni qo‘rqituvchi yomonliklar Allohni iznisiz ularga kelmasligini biladilar va qalblarini xotirjam qiladilar.
👉 8. Ular bekorchi gaplarni gapirmaydilar va bekorchi savollar bermaydilar. Har bir savollarining va uning javobi dunyo yoki oxirat foydasini o‘z ichiga oladi.
👉 9. Ular muammolarini insonlarga gapirib arz qilib yurmaydilar – muammolari uchun Allohdan yordam so‘rab, muammolarini hal qilishga sabab bo‘luvchi insonlargagina aytadilar.
👉 10. Ular xatolarini ko‘rganlari zahoti undan qaytib tuzatadilar. Obro‘, kibr yoki boshqa narsalar sababidan xatolarini himoya qilmaydilar.
👉 11. Ularda yuksak qobiliyat bo‘lmasligi mumkin, lekin har doim muommoni hal etish uchun bir yechim topa oladilar. Buning uchun jiddu jahd qiladilar.
👉 12. Ular vaqtlarini film, serial, turli kompyuter o‘yinlariga sarflab isrof qilmaydilar. Balki vaqtlarining aksarini dunyo yoki oxirat foydasini hosil qilishga sarflaydilar.
👉 13. Ular o‘zlariga "nega endi men shuni qila olmas ekanman" degan savolni beradilar. Bu esa oqim bo‘yicha suzmaslikga yordam beradi;
👉 14. Ular bir ishni qilishga qasd qilsalar o‘sha zahoti bu ishni amalga oshirishga harakat qiladilar. Maqsad qilib keyinga surmaydilar.
👉 15. Ular butun umr dunyoviy ilmlarni va oxirat ilmlarini o‘rganishdan charchamaydilar. Har qanday hayotiy tajriba ular uchun darsdir;
👉 16. Ular optimist insondardir. Shu sababli har narsani foydali tomonini ko‘ra oladilar;
👉 17. Ular o‘zlarini qanday his qilishlaridan qat’i nazar, qilishlari kerak bo‘lgan ishni qiladilar;
👉 18. Ular moliyaviy, hissiy, kasbiy va ruhiy tomonlardan tavakkal qilishdan qo‘rqishmaydi;
👉 19. Ular muammolardan qochishmaydi, aksincha ularga tik qarashadi.

#perevod
📌 Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.
Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati
Talabalarga ulashing👇👇
@DTM_NewsUZ

«Talabalarga erkinlik berish kerak. Ulardan davomat va forma talab qilish amaliyotini bekor qilish zarur». Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta'limga oid 10 ta taklif bilan chiqdi
Hukumat ko‘rayotgan choralarga qaramay, O‘zbekistonda oliy ta'lim hanuz depsinishdan chiqib keta olmayapti, deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Baxtiyor Mengliyev.
Professor taqdim etgan maqolasida sohadagi muammolar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini ilgari suradi. Maqolani to'liq o'qish.
Do'stlarga ulashing👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

Teletype
Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta'limga oid 10 ta taklif bilan chiqdi
Hukumat ko‘rayotgan choralarga qaramay, O‘zbekistonda oliy ta'lim hanuz depsinishdan chiqib keta olmayapti, deydi Alisher Navoiy...
Chet tili imtihonlari 24-25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanasi belgilandi.
Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 24-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 25-yanvar kuni o‘tkaziladi.
Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr) dan shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Yon-atrofdagi insonlarni muhokama qilamiz. Ularning oila ichi masalalarigacha gap otamiz. Lekin o‘z pulimizni xizmatkorimiz bo‘lgan mansabdorlar talon-toroj qilayotgani haqida gap ochilsa, buni "g‘iybat, fitna, ig‘vo, noshukurlik..." deb ataymiz.
Bosh Prokuratura bergan ma'lumot bu hali rasmiysi. Norasmiyini siz tahmin qiling!
Agar,
Bu holat Yaponiyada bo‘lsa, Bosh vazir emaklab, tiz cho‘kib xalqidan kechirim so‘raydi;
Bu holat Janubiy Koreyada bo‘lsa, xalqi Prezidentning iste'fosini talab qiladi;
Bu holat G‘arb davlatlarida bo‘lsa, xalqi Bosh vazirning "patini yuladi"...
Chunki u xalqlar byudjet mablag‘i o‘z puli ekanini, davlatning egasi xalq ekanini biladi va amaldorlar xalqning xizmatkori-mardikori ekanini idrok qiladi.
Dunyoni yomonlik qilganlar emas, ularni jimgina tomosha qilganlar barbod qiladi!
Albert Eynshteyn
Do'stlarga ulashing👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bosh Prokuratura bergan ma'lumot bu hali rasmiysi. Norasmiyini siz tahmin qiling!
Agar,
Bu holat Yaponiyada bo‘lsa, Bosh vazir emaklab, tiz cho‘kib xalqidan kechirim so‘raydi;
Bu holat Janubiy Koreyada bo‘lsa, xalqi Prezidentning iste'fosini talab qiladi;
Bu holat G‘arb davlatlarida bo‘lsa, xalqi Bosh vazirning "patini yuladi"...
Chunki u xalqlar byudjet mablag‘i o‘z puli ekanini, davlatning egasi xalq ekanini biladi va amaldorlar xalqning xizmatkori-mardikori ekanini idrok qiladi.
Dunyoni yomonlik qilganlar emas, ularni jimgina tomosha qilganlar barbod qiladi!
Albert Eynshteyn
Do'stlarga ulashing👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar turar joyi muammosi bo‘yicha
Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan talabalar turar joylari muammosi, sohaga xususiy sektorni jalb qilish, byudjetdan orttirilgan mablag‘lar evaziga talabalar uchun arzon turar joylar qurish haqida biror rejalar bor yoki yo‘qligini so‘radi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev javob berar ekan, mahalliy byudjetni nimalarga taqsimlashni deputatlar hal qilishi, lekin ulardan 2021 yil uchun takliflar so‘ralganda birorta deputat talabalar turar joylari qurish haqida taklif bermaganini, demak ular bu masalani aktual deb hisoblamaganini aytdi.
Agar deputatlar rozi bo‘lsa, buning uchun mablag‘ ajratish mumkinligi, faqat xususiy sektorni jalb qilishdan avval talabalarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini to‘liq o‘rganib chiqish kerakligini aytib, turur joy masalasida talabalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazishda rektorlardan yordam so‘radi.
Ⓜ️ Xushnudbek
Ulashing 👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw

💥💥💥 Shavkat Mirziyoyev sobiq oliy ta’lim vaziri Inomjon Majidov tizimda o‘zgarishlar qilolmagani uchun lavozimidan ozod etilganini aytdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining sobiq rahbari Inomjon Majidov tizimda o‘zgarishlar qilolmagani uchun lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda 19-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z yuritildi.
“Bugungi rektorlarning birortasini yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishda tashabbuskor sifatida namuna qilib ko‘rsata olmayman. Hammasi tomoshabin bo‘lib yuradi, barchasining oyog‘i yerdan uzilgan. Hozir rektorlar ham o‘zgaradigan vaqt keldi”, – dedi davlat rahbari.
Prezident yaqinda faoliyatini boshlagan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov haqida ham so‘z yuritdi.
“Avvalgi vazir aravasini tortmadi. Shuning uchun Toshqulovni o‘zim vazir qilib tayinladim. Uni Toshkentdagi ayrim rektorlar yoqtirmasligi mumkin. Ammo Toshqulovni sinash kerak emas, uni o‘zim ko‘p yillar davomida sinaganman. Juda bilimli, tashabbuskor va yangilikka intiluvchan yigit. U tizimda o‘zgarishlar qilishiga ishonaman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Inomjon Majidov 14-yanvar kuni lavozimdan olinib, O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor qilib tayinlangandi. Uning o‘rniga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov vazir etib tayinlandi.
‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating
⭕️ Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda 👇👇👇

Oliy ta’limga qabul qilish tizimi, muammolari va yechimlariga bag‘ishlangan vebinarga taklif qilamiz
22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da «El-yurt umidi» jamg‘arma huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolari, vatandoshlarimiz M.Narikbayev nomidagi KAZGYuU Universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi dosenti Iqboljon Qoraboyev va Germaniyaning Bremen universiteti, Texnika va ta’lim instituti Kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori Akramjon Matkarimovlar ishtirokida «Oliy ta’limga qabul qilish tizimi, jarayoni, muammolari va yechimlari: O‘zbekiston va jahon tajribasi» mavzusida vebinar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Vebinarga qabul komissiyasiga mas’ul bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari, shuningdek, OTM professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari, talabalar va magistrantlar hamda barcha qiziquvchilar qatnashishlari mumkin.
Vebinarda qatnashuvchilar https://webinar.eyuf.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Ortiqxo‘jayev Toshkentning a’lochi o‘quvchilariga “hokim stipendiyasi”ni va’da qildi
Toshkentda o‘quvchilar uchun tashkil etiladigan “Hokim stipendiyasi” har oyda bir marotaba beriladi. Bu haqda 19-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev aytib o‘tdi.
Sessiya ishida ma’ruza qilgan Jahongir Ortiqxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida “Hokim stipendiyasi” joriy etiladi.
“Har bir maktabda yaxshi o‘qigan iqtidorli o‘quvchilarga har oyda ‘Hokim stipendiyasi’ joriy etiladi. O‘quvchilar har oyda xuddi talabalar kabi stipendiya oladi. Bu ham kelajakda yoshlarimizni yaxshi o‘qishga yo‘naltiradi”, — dedi hokim.
Poytaxt hokimi stipendiya qay tartibda va qancha miqdorda berilishiga aniqlik kiritmagan.

DTM rahbari Majid Karimov press-tur davomida 2021 yilgi imtihonlar uchun rejalar haqida maʼlumot berdi
Unga koʻra, abituriyentlarga fanlar majmuasi mos boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoniyatini yaratish, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyatini baholaydigan test topshiriqlarini ishlab chiqish maqsad qilingan.
✅ Shuningdek, chet tilini bilish boʻyicha koʻp darajali test tizimini amaliyotga joriy qilish va yil davomida test sinovlarini tashkil etish uchun respublikaning barcha hududlarida bino va inshootlar qurish ham 2021 yil rejaga kiritilgan.
🔥 Koʻpchilik DTM faoliyati faqat OTMga kirish imtihonlarida test tuzishdan iborat deb oʻylashi mumkin, lekin aslida markaz koʻplab tashkilot va muassasa xodimlari uchun ham testlar oʻtkazadi. Masalan, oʻtgan yilda 28 turdagi test sinovlari oʻtkazgan boʻlsa, bu yil 35 turdagi sinovlar oʻtkazishni rejalashtirilgan.
Batafsil ma'lumot

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kvartirada yetti kishi turamiz” – talabalar qanday yashamoqda?
BBC News Oʻzbek jurnalistlari tayyorlangan video materialni tomosha qiling!
Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
BBC News Oʻzbek jurnalistlari tayyorlangan video materialni tomosha qiling!
Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro vebinar
Ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish maqsadida Davlat test markazi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shunday tashkilotlardan biri AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bo‘lib, ushbu tashkilot 1947-yilda tashkil topgan hamda test savollarini tuzish va uni o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi. U har yili 50 milliondan ziyod talagborlar uchun test sinovlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi.
2020-yil 16-iyulda Davlat test markazi va Educational Testing Service (ETS) tashkiloti o‘rtasida TOEFL ITP, TOEIC, TOEFL IBT imtihonlarini hamkorlikda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
👩🏫 Hozirda ETS tashkiloti tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari uchun bir qator vebinarlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
⏳ Ushbu vebinarlar TOEFL YSS, TOEFL ITP va TOEIC testlari haqida ko‘proq ma’lumot olishga, ularga tayyorgarlik ko‘rishga hamda metodologiya borasida o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.
✅ Dastlabki vebinar 22-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: http://workshops2021.etspoland.org/.
📆 Mazkur sahifada vebinar sanalari va boshlanish vaqtlari ham keltirilgan.

📌 OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi
Hukumat qarori (499-son, 21.08.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
✅ Qaror bilan Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.
🔰 Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
👉 Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika tanlovi hamda mazkur yo‘nalishlardagi xalqaro tanlovlarning g‘oliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo‘yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi;
👉 agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi;
👉 agar ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, abituriyentga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.
Do'stlaringizga ulashing👇👇

❗️O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarining talabalari antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburiy safarbar etilganini komissiya o‘rganadi
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda tibbiyot yo‘nalishidagi OTM bitiruvchi talabalari hududlarning ambulator-poliklinika muassasalariga aholining antropometrik ma’lumotlarini yig‘ishga majburiy safarbar etilganligi to‘g‘risida holatlarni o‘rganishni boshladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslari birlamchi tibbiyot muassasalariga amaliyotga yuborilayotgani hamda ular tibbiy xatlov jarayonlarida qatnashib, aholining antropometrik o‘lchovlarini olish ishlariga jalb etilayotgani haqida turli mazmundagi ma’lumotlar berilmoqda.
“Bularning barchasi pandemiya davrida amalga oshirilmoqda!”, — deydi talabalar ishini muvofiqlashtirishga jalb etilgan o‘qituvchilardan biri.
Shuningdek, internetda talabalarga birlashish va “25-yanvardan majburiy mehnat bilan shug‘ullanishga bormaslik” borasidagi murojaat ham paydo bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 21-yanvar kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatovning bu boradagi bayonoti bilan bo‘lishdi.
U talabalar antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburan jalb etilayotgani to‘g‘risidagi xabarni yolg‘on deb atagan: “Ular aholining antropometrik o‘lchovlarini olayotgani yo‘q. Bu ishni hamshiralar ham qilishi mumkin”.
“Bu tadbirga jalb qilingan bitiruvchi kurs talabalari, klinik ordinatorlar, oilaviy shifokor sifatida har bir fuqaroni ham salomatligi, ham kasallanish ko‘rsatgichlarini o‘rganadilar, ularni kerakli ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tkazadilar. Bu faoliyat ularni o‘qituvchi-domlalari ishtirokida va nazoratida olib borilishi lozim hamda o‘quv jarayonining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi”, — deydi vazirning birinchi o‘rinbosari.
Inoyatovning ma’lum qilishicha, hududlarda amaliyot o‘tayotgan talabalar shu yilning 25-yanvar kuni odatiy o‘quv jarayonlariga qaytadi.
Ⓜ️ masofata'lim

Agar zamonaviy hunarlarni o'rganmoqchi bo'lsangiz: Dasturlash, Buxgalteriya, til kurslari va boshqa ko'plab sohalardagi bepul kurslarni ushbu saytdan topa olasiz.
Sayt 👉 www.saylor.org
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
Sayt 👉 www.saylor.org
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
Barcha turdagi dasturlash tillari: HTML & CSS, Python, JavaScript, Java, SQL, Bash/Shell, Ruby, C++, R, C#, PHP, ... ni bepul online o'rganing!
Sayt 👉 www.codecademy.com
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
Sayt 👉 www.codecademy.com
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
☝️Endi sizlarga foydali bo'lishi uchun bepul online kurslar haqida ma'lumot berib boramiz
EDX- dunyodagi yetakchi universitetlarning tajribali o'qituvchilari tomonidan bepul va pullik kurslar berib boriladi. dasturlash, kasbga oid va til kurslari bor
Sayt 👉 edx.org
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
EDX- dunyodagi yetakchi universitetlarning tajribali o'qituvchilari tomonidan bepul va pullik kurslar berib boriladi. dasturlash, kasbga oid va til kurslari bor
Sayt 👉 edx.org
🌐 Grantlar | Qisqacha, Tezkor
⚡Test sinovlarida yangi tartib joriy qilinadi. Kirish imtihonlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi
Prezident qaroriga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
👉 test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi;
👉 test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi;
👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi.
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
Prezident qaroriga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
👉 test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi;
👉 test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi;
👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi.
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
DTM rahbari Majid Karimov press-tur davomida 2021 yilgi imtihonlar uchun rejalar haqida maʼlumot berdi
Unga koʻra, abituriyentlarga fanlar majmuasi mos boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoniyatini yaratish, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyatini baholaydigan test topshiriqlarini ishlab chiqish maqsad qilingan.
✅ Shuningdek, chet tilini bilish boʻyicha koʻp darajali test tizimini amaliyotga joriy qilish va yil davomida test sinovlarini tashkil etish uchun respublikaning barcha hududlarida bino va inshootlar qurish ham 2021 yil rejaga kiritilgan.
🔥 Koʻpchilik DTM faoliyati faqat OTMga kirish imtihonlarida test tuzishdan iborat deb oʻylashi mumkin, lekin aslida markaz koʻplab tashkilot va muassasa xodimlari uchun ham testlar oʻtkazadi. Masalan, oʻtgan yilda 28 turdagi test sinovlari oʻtkazgan boʻlsa, bu yil 35 turdagi sinovlar oʻtkazishni rejalashtirilgan.
Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
Unga koʻra, abituriyentlarga fanlar majmuasi mos boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoniyatini yaratish, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyatini baholaydigan test topshiriqlarini ishlab chiqish maqsad qilingan.
✅ Shuningdek, chet tilini bilish boʻyicha koʻp darajali test tizimini amaliyotga joriy qilish va yil davomida test sinovlarini tashkil etish uchun respublikaning barcha hududlarida bino va inshootlar qurish ham 2021 yil rejaga kiritilgan.
🔥 Koʻpchilik DTM faoliyati faqat OTMga kirish imtihonlarida test tuzishdan iborat deb oʻylashi mumkin, lekin aslida markaz koʻplab tashkilot va muassasa xodimlari uchun ham testlar oʻtkazadi. Masalan, oʻtgan yilda 28 turdagi test sinovlari oʻtkazgan boʻlsa, bu yil 35 turdagi sinovlar oʻtkazishni rejalashtirilgan.
Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari
⏳ Ertaga, 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlanadi.
🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.
📍 Test sinovlari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har bir harbiy qismning o‘zida o‘tkaziladi.
❇️ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.
📆 Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.