Telegram Web Link
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kibersport musobaqalari o‘tkazildi

⚡️ “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, yozgi ta’til vaqtida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tashabbusi bilan Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari hamkorligida kibersport musobaqalari tashkil etildi.

📌 Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning texnologik savodxonligini oshirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍8🔥2😁2🤔1
#xushxabar
#sertifikat

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetining iqtidorli talabalari va ustozlari xalqaro va milliy darajadagi til sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

Dilfuza Meliyeva - turk tilidan (B1) “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Diyora Choriyeva — turk tilidan (B1) Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍116👏1😢1
#dolzarb_90_kun
#amaliy_fizika_laboratoriyasi

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yozgi ta’til davrida talaba - yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy fizika laboratoriyasi to‘garagi tashkil etildi.

🔸 Ushbu to‘garakda talabalar fizika fanining amaliy optika, molekulyar fizika va termodinamika kabi bo‘limlari bo‘yicha tajribalar asosida amaliy ko‘nikmalar olishdi. Ma’lumot uchun ushbu to'garak avgust oyining yakuniga qadar rejalashtirilgan bo'lib barcha qiziquvchi talabalarni taklif qilib qolamiz.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍81
#dolzarb_90_kun
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARGA QADAM QUYING!

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlarida quyidagi innovatsion to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ushbu to‘garak davomida talabalar:

Zamonaviy turar-joylari uchun mo‘ljallangan binolarni loyihalash sanati va o‘rni;
Xalqaro robototexnika musobaqalariga tayyorlanishi;
Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi;
Uchuvchisiz uchish qurilmalarini loyihalash;
Uchuvchisiz uchish qurilmalarini virtual boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqdalar.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍81
#dolzarb_90_kun
3D MODELLASHTIRISH TO‘GARAGI ISH BOSHLADI!


⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida 3D Modellashtirish to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

📌 Ushbu to‘garak davomida talabalar zamonaviy texnologiyalar, 3D modellashtirish asoslari hamda ilmiy va texnologik loyihalar ustida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


📍 To‘garak faoliyatiga qiziquvchi barcha talabalarimizni taklif etib qolamiz. Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Raqamli iqtisodiyot markazi binosi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍7
#dolzarb_90_kun
#hisobot

⚡️ Joriy yilning 5-iyul kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashining 2024-2025 o‘quv yili yakuni yuzasidan hisobot yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishni Xotin- qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova kirish so‘zi bilan ochib, institutda xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tomonidan qilingan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

📌 Shuningdek, mavjud har bir fakultet dekan maslahatchilarining o‘quv yili bo‘yicha bajarilgan ishlari hisoboti tinglandi. Yig’ilish so‘ngida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, yangi o‘quv yilida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish haqida kelishib olindi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍103
2025/07/12 10:46:49
Back to Top
HTML Embed Code: