Telegram Web Link
Bitiruv oqshomi

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan an’anaviy "Bitiruv oqshomi" marosimi o‘tkazilmoqda.


📌 Bugun institutning bitiruvchilari o'zlarining tantanali kunlarini nishonlamoqda. Ushbu tadbirda bitiruvchilarning quvonchi, ustozlarning g’ururi va ota-onalarning duolari bir jarayon sifatida mujassamlashmoqda.

📍 Marosim davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari o'z minnatdorchiliklarini izhor etish uchun sahnaga chiqdi. Ular institut rahbariyatiga, murabbiylarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun samimiy rahmatlarini bildirishdi.

🔷 Tadbir davomida ilmiy va o'quv hamda ma'naviyiy sohada yutuqqa erishgan talabalar va ularning ota-onalari taqdirlanishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍1011
“Biznes marafon” tadbiri

🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Biznes marafon” tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor R.Shukurov boshqarib bordi.

📌 Talabalarning innovatsion g'oyalarini namoyish etish imkoniyati berildi. “Biznes marafon” doirasida turli talabalar o'z loyihalari va g'oyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan reja va strategiyalar bo'yicha o'zaro fikr almashishdi.

📍 Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga biznes dunyosiga kirish va o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etishda yordam berish edi. O‘zaro fikr almashunuvlaridan ishtirokchilar o'z imkoniyatlarini yanada oshirishdi. Bunday tadbirlarni doimiy davom ettirish bo'yicha rejalar tuzib olindi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍6
Bitiruvchilar bilan uchrashuv

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasning topshirg‘iga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025- yil 6-iyuldagi xatining ijrosini bajarish maqsadida Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida 2025-yil 8-9-iyul kunlari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan.


📍 Shu munosabat bilan bugun institutimizning Sh.Rashidov ko‘chasi 360-uyda joylashgan o‘quv binosida tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌 “Bitiruvchilar bilan uchrashuv” tadbirida tuman hokimligi, tuman kambag‘llikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklasish bo‘limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, “O‘zmilliy bank” AJning Denov bo‘limli vakillari ishtirok etishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍71
2025/07/10 19:01:58
Back to Top
HTML Embed Code: