Telegram Web Link
Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

🔹O'qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.


🔸 Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

📚 Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.


Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✍️ Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍6
#qabul_2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2025/2026 o’quv yili uchun qabul jarayonlarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo’yicha mas’ullar


Respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirishga mas’ul:
Qosimova Mohigul Abduhamidovna
Telefon raqami:
+998971946808

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishni ko‘chirishga mas’ul:
Eshniyozov Abdumannon Murotaliyevich
Telefon raqami: +998997110680

Magistratura qabuli bo‘yicha mas’ul:
Mahmudov Sherali Komilovich
Telefon raqami:
+998972445215

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta;’limga qabul bo‘yicha mas’ul:
Kibriyev Farrux Muzaffarovich
Telefon raqami:
+998906756933

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha mas’ul:
Xolmirzayev Sherzod Nomozovich
Telefon raqami:
+998976995055

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍8

#kasbiy_ijodiy_imtihon

🔴 Ayni damda Respublikamizning 13 ta pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda:


O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

Andijon davlat
pedagogika instituti;

Buxoro davlat pedagogika
instituti;

Guliston davlat pedagogika
instituti;

Urganch davlat pedagogika
instituti;

Namangan davlat pedagogika
instituti;

Shahrisabz davlat pedagogika
instituti;

Jizzax davlat pedagogika
universiteti;

Chirchiq davlat pedagogika
universiteti;

Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti;

Nukus davlat pedagogika
instituti;

Termiz davlat pedagogika
instituti;

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali — Kattaqo‘rg‘on pedagogika
instituti.

📆 Jarayonlar 19-iyulga qadar davom etadi.


Bizni kuzating:

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 You Tube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5
“Chemical Papers” jurnalida nashr etildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi k.f.f.d, PhD Xusanov Baxrom Mengdovulovichning Xorijlik hammualliflar bilan navbatdagi “Synthesis, characterization, and biological activity of Cu(II) coordination complex with 2 aminoxazole: experimental and computational insights” nomli maqolasi (Q2) Scopus bazasiga kiruvchi “Chemical Papers” jurnalida nashr etildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍11🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

DTPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda


📆 2025/2026 o‘quv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida alohida iqtidor talab etiladigan jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishiga 275 nafar, musiqa ta'limi ta’lim yo‘nalishiga 49 nafar abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍72🔥1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

Yoshlar uchun sun’iy intellekt san’ati tanlovi eʼlon qilindi!

🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Yashil va barqaror rivojlanish maqsadlarida yoshlarning rolini kuchaytirish” mavzusida sun’iy intellekt san’ati tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar

➡️ ekologik o‘zgarishlar va atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyasini aks ettiruvchi,
➡️ekologik tafakkurni targ‘ib qiluvchi,
➡️sun’iy intellektni qo‘llash orqali yaratilgan rasmlar bilan qatnashishlari mumkin.
✔️Rasmlar jpg formatda 25 mbgacha hajmda bo‘lishi talab etiladi.

🏅Tanlov g‘oliblari 2025-yil oktabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi tomonidan taqdirlanadi.
✈️Ozarbayjonga borish uchun aviachipta, Bokuda 3 kun qolish uchun mehmonxona xarajatlari tanlov tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

🗓 Tanlovga ijodiy ishlar joriy yining 15-iyuligacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: [email protected] va [email protected] manzillari orqali

➡️ Ariza namunasi

➡️ Tanlov nizomi

Barcha yoshlarni ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Hokim va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlari uchrashuvi

📍 Institutimizning bitiruvchi talaba-yoshlari uchun “Biznes marafoni” va “Karyera kuni” tadbiri bo'lib o'tdi.

📌 Viloyat hokimi U.Qosimovning 2025 yil 9 iyul kuni viloyatdagi tashkilot va korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Denov TPIning ishsiz bitiruvchi talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda DTPI rektori O.Ruziyev, tuman hokimi o‘rinbosari F.Rasulov, tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudiri U.Xojayev, tuman adliya bo‘limi mutaxassisi A.Choriyev, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassisi A.Mirzayev, tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdilar.

✳️ Rektor O. Ruziyev yoshlarning ijtimoiy faoliyatlarini rivojlantirish va zamonaviy ish joylarida zarur bo'lgan ko'nikmalarni oshirish muhimligini ta'kidladi.

🔷 Tadbir davomida 28 nafari ishsiz talabalarga ishga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berildi.
👍81
2025/07/12 21:47:59
Back to Top
HTML Embed Code: