Telegram Web Link
"Dolzarb 90 kun" doirasida

🏢 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" tashabbusi doirasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, Denov tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham turli mazmundagi tadbirlar, uchrashuvlar va ijodiy kechalar izchil ravishda tashkil etilmoqda.

🔰 Jumladan, joriy yilning 11-iyul kuni tumandagi 41-DMTTda ushbu tashabbus doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda pedagogik tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va maktabgacha ta’limda sifatni oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

❇️ Mazkur seminarda Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Ko‘chkinova Mahliyo Norbutayevna ham faol ishtirok etdi. U nafaqat o‘zining ilmiy-amaliy chiqishlari bilan qatnashdi, balki seminarni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatib, tadbirni yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍61
#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari

🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun 10-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.


Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

60111200 – Jismoniy madaniyat. 5-guruh

60111200 - Jismoniy madaniyat. 6-guruh

60111200 - Jismoniy madaniyat. 7-guruh

60111200 – Jismoniy madaniyat. 8-guruh

60111200 - Jismoniy madaniyat. 8A-guruh

60111200 - Jismoniy madaniyat. 8B-guruh

60110600 – Musiqa ta’limi. 12-guruh

Sayt orqali yuklash:

https://dtpi.uz/ijodiykasbiy-imtihonlar-natijalari/

📌 Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍7🔥1🤔1
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #kasbiy_ijodiy_imtihon #5_kun

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda. Imtihon jarayonlari bilan OTMlar rasmiy kanallarida kuzatib boring.


✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;

✔️Buxoro davlat texnika universiteti;

✔️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

✔️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

✔️Qarshi davlat universiteti;

✔️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

✔️O‘zDSMI Nukus filiali;

✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;

✔️Milliy estrada san’ati instituti;

✔️Nukus davlat pedagogika instituti

✔️Andijon davlat pedagogika instituti;

✔️Andijon davlat universiteti;

✔️Qo‘qon davlat universiteti;

✔️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

✔️Buxoro davlat pedagogika instituti;

✔️O‘zDJTSU Nukus filiali;

✔️Urganch davlat universiteti;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

✔️Milliy rassomlik va dizayn instituti;

✔️Buxoro davlat universiteti;

✔️Guliston davlat pedagogika instituti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.

Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanishi kerak. Men ham, barcha rahbarlar ham sizlarga yordamchi bo‘lamiz,

— dedi viloyat hokimi.

Uchrashuv yakunida hokim o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga bitiruvchi yoshlar biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍115👏2
2025/07/14 09:09:31
Back to Top
HTML Embed Code: