Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
◾️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.
🔠 Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.
🔠 Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.
🔠 Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.
🔠 Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.
🔠 85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.
🔠 Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.
Batafsil videolavhada
👉 Matn shaklida o‘qish.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
◾️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.
Batafsil videolavhada
👉 Matn shaklida o‘qish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
Forwarded from Edu.uz
14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
📌 Yodingizda bo‘lsin:
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
📌 Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#qabul_2025
⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi U.Alimardonov Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qilish uchun ajratilgan binolarning holati, zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlanish darajasi hamda xavfsizlik choralari ko‘rilganligini joyida o‘rgandi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

📌 Mazkur tashrif davomida test sinovlarini yuqori saviyada va shaffof o‘tkazish maqsadida binolardagi sharoitlar, jumladan, videokuzatuv tizimlari, kompyuter va boshqa jihozlarning tayyorgarlik holati alohida ko‘rib chiqildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
❤6👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilindi!
✅ Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
Bu hali hammasi emas!!!
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Prezidentimiz tomonidan yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosi doirasida bugun Uzun tumani 2-sonli politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan "Qandolatchilik klasteri" ishga tushirildi. Loyiha doirasida har yili 3 ming nafar xotin-qizga qandolatchilik va pazandachilik sir-asrorlari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, klasterda qandolat mahsulotlari va milliy shirinliklar ishlab chiqarish hamda sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, klaster faoliyati, ish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha yoshlar, ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida "Target International School" MCHJning ta’lim klasteri tashkil etish bo‘yicha loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari tashrif davomida "Janub gavhari" oromgohida bolalarning yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi rekonstruksiyasi hamda 18-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ham o‘rganildi.
Mutasaddilarga bolalarni mazmunli va xavfsiz dam oldirishni ta’minlash, ta’lim muassasalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vazifalar topshirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

👍7❤1👏1