Telegram Web Link
#dolzarb_90_kun

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari o‘rtasida “Qishlog'im manzarasi” shiori ostida ijodiy onlayn rasm chizish tanlovi o‘tkazildi. Tanlov talabalarning ijodiy fikrlashini rag'batlantirish, ularning qalbida qishloq hayotiga mehr uyg'otish hamda tasviriy san'at orqali o'z iste'dodlarini namoyon etish maqsadida tashkil etildi.

📌 Tanlov davomida talabalar o'zlarining ijod namunalari bilan faol ishtirok etdilar. Ular chizgan suratlarda qishloq hayotining samimiy va beg'ubor qirralari, ona diyorimizning so'lim tabiati go'zalligi yorqin ranglarda mujassam etildi. Tanlov yakunida talabalar erishgan natijalar munosib e'tirof etildi. G'oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga ijodiy sa'y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirilib, maxsus sertifikatlar topshirildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍6👏1
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 9–11-iyul kunlari o‘tkaziladi

Imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan tanishing
:

60110600 – Musiqa ta’limi

60111200 – Jismoniy madaniyat

60111200 - Jismoniy madaniyat (nogironligi mavjud abituriyentlar uchun)

📌 Qabul jarayonlariga oid barcha savollaringizga maslahat markazi orqali javob oling!
+998762280827

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
#dolzarb_90_kun
🏆 G‘ALABAGA ISHONCH – JASORATGA YO‘L!

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda mahallalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazilmoqda. Institut jamoasi o‘tkazilgan 1-tur bahslarida yorqin o‘yin namoyish etib, "Tasmasoy" klubini 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

📌 Jamoamiz a’zolari o‘yinda yuqori ruh, jamoaviylik va qat’iyat bilan harakat qilib, har bir daqiqada institut sha’nini munosib himoya qilishdi. Ularning harakati – bu nafaqat sportdagi g‘alaba, balki bilim, mahorat va iroda uyg‘unligining yorqin ifodasidir.


🎉 Bu natija – sportdagi dadillik, tinimsiz mashg‘ulot va jamoaviy birlik samarasi Ular maydonda faqat gollar emas, balki matonat va iymon bilan to‘la yuraklarini ham qo‘yishdi. Institut jamoasining g‘alabasi – bu butun institutimiz g‘ururi!


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍14🔥21🏆1
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari xorijiy oliy ta'lim muassasalarida

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Rus tili yo'nalishi talabasi Xaynazarov Baxriddin, o'zining tirishqoqligi, ilmga bo'lgan cheksiz qiziqishi va halolligi bilan ajralib turadi. U professor-o'qituvchilar tomonidan berilgan bilim va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirib, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan Pushkin nomidagi Rus tili davlat institutida ta'lim olishni davom ettirmoqda. Bu yo'lga qadam qo'yish, ulkan imkoniyatlar yaratadi va talabalar uchun yangi ufqlar ochishga yordam beradi. Siz ham Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari safida bo'lib ushbu ajoyib imkoniyatlardan foydalanib, harakatga kirishishingiz mumkin. Har bir kun yangi bilim va tajriba orttirishga imkoniyat yaratadi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍205👏2🥰1
#dolzarb_90_kun

Tajriba ishlari bajarildi

✳️ DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasida kafedra mudiri b.f.f.d. (PhD), dotsent M.K.Hamroyeva hamda 1-2-bosqich tayanch doktarantlari Mahfuza Ergasheva, Mohinur Xudoyberdiyevalar tomonidan Islom taraqqiyot banki xalqaro grand loyihasi doirasida olib keltirilgan zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozi "Spektrofotometr"da soya va loviya (fasol) dukkakli o‘simliklarining rivojlanish fiziologiyasi davridagi yashil barg pigmentlari xlorofill miqdori Kraus usuli bo‘yicha tajriba ishlarini bajarilib, 07 iyul 2025 yilda ilmiy tadqiqot kuzatish ishlarini amalga oshirdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍83
#dolzarb_90_kun
“Bir talaba – bir loyiha” mavzusida onlayn suhbat tashkil etildi

🔹 Ilm – taraqqiyotning asosi, jamiyatning poydevori, yoshlikda singdirilgan ilmiy tafakkur esa kelajakning eng mustahkam investitsiyasidir. Mazkur uchrashuvda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I. Sattorov va yuqori malakali o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining yillar davomida to‘plagan bilim va tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

🔸 Onlayn va oflayn tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalarning loyihalari , grantlar bilan ishlash, startaplarini yo'lga qo'yish bo'yicha maslahatlar berildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍62😱1
Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?

Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga
5
Forwarded from Edu.uz
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati

#Qabul2025 #Magistratura

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
#dolzarb_90_kun

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev va hamkor tashkilotlar ishtirokida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida harbiy sohaga qiziqishi bor bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun harbiy sohadagi imkoniyatlar, ish o‘rinlari va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔰 Maqsad bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash va harbiy sohaga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

DTPI Matbuot xizmati
👍72🔥1💔1
E’LON

IT xizmatlar sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
“Ulug‘bek” jamg‘armasi qo‘shma qaroriga muvofiq, IT xizmatlari sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida, 2025-yil aprel oyidan boshlab quyidagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etildi:

• Animatsiya;
• 3D modellashtirish;
• O‘yin dizayni va GameDev asoslari;
• VFX Compositing;
• FX Simulation;
• Unreal Engine;
• Raqamli vizual san’at (Cinema 4D).

Bunda birinchi o‘quv yilida, tajriba tariqasida, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 800 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan.
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakllari bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli (akademik qarzdorliksiz) yakunlagan talabalar yuqoridagi yo‘nalishlarga https://creativetech.uz veb-sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Tanlov bosqichlari quyidagilardan iborat:
• Onlayn test – 20 ta savol, har bir savolga 1 daqiqa 30 soniya vaqt beriladi;
• Portfolio – Qabul komissiyasi tomonidan talabgorga tegishli ishlar va loyihalar ko‘rib chiqiladi;
• Suhbat – Qabul komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish 24 hafta davom etadi va “Blended Learning” — aralash ta’lim texnologiyasi (onlayn va oflayn shaklda) asosida tashkil etiladi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
5👍2💔1
⚡️ Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

🎓 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

🔹 Ta’lim grantiga talabgorlar ushbu havola
https://dtpi.uz/talim-granti-tanlovi-uchun-ariza-topshirish/ orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

🗺 Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

❗️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

💬 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona
+998 76 228 08 27


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍62🥰2💔2😢1
2025/07/12 16:04:16
Back to Top
HTML Embed Code: