Telegram Web Link
IJODIY IMTIHONLAR

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

💬 Ayni paytda, imtihonlarning 1-kuni, qabul komissiyasi a'zolari tomonidan abituriyentlarning hujjatlari tekshirilib, maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda imtihon xonalariga kuzatilmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

🖌 DTPI matbuot xizmati
👍13🔥21
DTPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy-madaniyat yo‘nalishida abituriyentlar 100 va 1000 metrga yugurish bo‘yicha imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi.

🔰 Barcha sharoitlarga ega Tuman markaziy o‘yingohida abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berildi.

🖌 Abituriyentlar guruhlarga bo‘lingan holda musobaqalarga kirishdilar. Jarayonlar davom etmoqda.

🖌 DTPI matbuot xizmati
👍122🔥1
#dolzarb_90_kun

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining fizika yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar navbatdagi amaliy loyiha ustida ijodiy ish boshladilar.

🧑‍🔬 Talabalar ushbu loyiha orqali nazariy bilimlarini real hayotda qo‘llash, innovatsion yondashuvlar bilan ishlash va fizikaning amaliy jihatlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.


📈 Bu tashabbus talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil fikrlash, loyihalash va texnik ijodkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

📍Amaliy ishlar institutimiz laboratoriyalarida va maxsus jihozlangan xonalarida olib borilmoqda.


DTPI Matbuot xizmati
👍62
2025/07/09 15:53:23
Back to Top
HTML Embed Code: