Telegram Web Link
“Biznes marafon” tadbiri

🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Biznes marafon” tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor R.Shukurov boshqarib bordi.

📌 Talabalarning innovatsion g'oyalarini namoyish etish imkoniyati berildi. “Biznes marafon” doirasida turli talabalar o'z loyihalari va g'oyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan reja va strategiyalar bo'yicha o'zaro fikr almashishdi.

📍 Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga biznes dunyosiga kirish va o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etishda yordam berish edi. O‘zaro fikr almashunuvlaridan ishtirokchilar o'z imkoniyatlarini yanada oshirishdi. Bunday tadbirlarni doimiy davom ettirish bo'yicha rejalar tuzib olindi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍6
Bitiruvchilar bilan uchrashuv

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasning topshirg‘iga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025- yil 6-iyuldagi xatining ijrosini bajarish maqsadida Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida 2025-yil 8-9-iyul kunlari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan.


📍 Shu munosabat bilan bugun institutimizning Sh.Rashidov ko‘chasi 360-uyda joylashgan o‘quv binosida tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌 “Bitiruvchilar bilan uchrashuv” tadbirida tuman hokimligi, tuman kambag‘llikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklasish bo‘limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, “O‘zmilliy bank” AJning Denov bo‘limli vakillari ishtirok etishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati
👍71
DTPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

🏢 2025/2026 o‘quv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida alohida iqtidor talab etiladigan jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishiga 275 nafar, musiqa ta'limi ta’lim yo‘nalishiga 49 nafar abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradi.

Ayni damda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy-madaniyat yo‘nalishida abituriyentlar 100 va 1000 metrga yugurish bo‘yicha imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi.

🔰 Barcha sharoitlarga ega Tuman markaziy o‘yingohida abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berildi.

🖌 Abituriyentlar guruhlarga bo‘lingan holda musobaqalarga kirishdilar. Jarayonlar davom etmoqda.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
7👍5
2025/07/13 01:58:04
Back to Top
HTML Embed Code: