Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#qabul_2025

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi U.Alimardonov Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qilish uchun ajratilgan binolarning holati, zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlanish darajasi hamda xavfsizlik choralari ko‘rilganligini joyida o‘rgandi.

📌 Mazkur tashrif davomida test sinovlarini yuqori saviyada va shaffof o‘tkazish maqsadida binolardagi sharoitlar, jumladan, videokuzatuv tizimlari, kompyuter va boshqa jihozlarning tayyorgarlik holati alohida ko‘rib chiqildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
4👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

📚“KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilindi!

Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha @elzodauktamqizi Telegram manzili orqali qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi. Tanlov tashkilotchisi Shahrisabz davlat pedagogika instituti.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar (jami 20 nafar) ijodkor bir million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📚 Yana 20 nafar ishtirokchi “Izlam” to‘plami bilan rag‘batlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!

📚 Shuningdek, 100 nafar rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o‘ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.

🎉 Barcha g‘oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so‘lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Prezidentimiz tomonidan yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida bugun Uzun tumani 2-sonli politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan "Qandolatchilik klasteri" ishga tushirildi. Loyiha doirasida har yili 3 ming nafar xotin-qizga qandolatchilik va pazandachilik sir-asrorlari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, klasterda qandolat mahsulotlari va milliy shirinliklar ishlab chiqarish hamda sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, klaster faoliyati, ish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha yoshlar, ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida "Target International School" MCHJning ta’lim klasteri tashkil etish bo‘yicha loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari tashrif davomida "Janub gavhari" oromgohida bolalarning yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi rekonstruksiyasi hamda 18-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Mutasaddilarga bolalarni mazmunli va xavfsiz dam oldirishni ta’minlash, ta’lim muassasalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vazifalar topshirildi.

Surxondaryo.uz
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍31
2025/07/12 15:50:47
Back to Top
HTML Embed Code: