Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziq

O‘zbek xalq frazeologizmlari jonlantirilsa qanday bo‘ladi?

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍9
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 266-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Iqbol Mirzo "Bola-chaqa" she'ri

2. Og'abek Sobirov "Dutor chalar" qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2
DA’VAT

Til – bobom,
Til – momom,
Til – otam,
Til – onam,
Til – bolam.
Ikki ko‘zi ko‘r bo‘ladi odam,
Bobosini asramasa.
Peshonasi sho‘r bo‘ladi odam,
Momosini asramasa.
Past bo‘ladi, yer bo‘ladi odam,
Otasini asramasa.
To‘ng‘iz bilan bir bo‘ladi odam,
Onasini asramasa.
Yashamaydi, yo‘q bo‘ladi odam,
Bolasini asramasa.


✍️G‘ayrat Majid

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👏5🔥1
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👏32🔥2
Xalqaro lug‘atlar davlat tiliga tarjima qilinib, milliy standart sifatida tasdiqlandi

Metrologiya sohasida ikki muhim xalqaro hujjat —
📖 “Metrologiya bo‘yicha xalqaro lug‘at. Asosiy va umumiy tushunchalar va tegishli atamalar” (VIM) – O‘zMSt 594:2025,
📚 “Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya atamalar lug‘ati” (VIML) – O‘zMSt 595:2025

milliy standart sifatida qabul qilindi.

🔗 Ushbu lug‘atlarO‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan davlat tiliga tarjima qilinib, milliy standart sifatida rasman tasdiqlandi. Hujjatlar Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) va Metrologiya bo‘yicha qo‘llanmalar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mita (JCGM) hamkorligida ishlab chiqilgan.

ℹ️ Lug‘atlar metrologik atama va tushunchalarni aniqlashtirilgan va yagona tarzda talqin qilishga, shuningdek, ularni ilmiy, texnik va huquqiy amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi.


Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
👍51🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻzbekchasi_bor

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
👍5👏1
Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun seminar o'tkazildi

2025-yil 21-iyun kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati, shahar va tuman hokimlarining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat hokimining maslahatchisi G'.Yusupov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari H.Yodgorov, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat boshqarmasi mas'ul xodimi A.Mamanov hamda viloyat Kadastrlar palatasi mas'ul xodimi A.Ulashov ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Seminar savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Shuningdek, maslahatchilarning 6 oylik hisobotlari eshitildi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🟣“JADID BOBOMGA MAKTUB” INSHOLAR TANLOVI
🟣“E VOH”: HASRAT EMAS, HAYRAT VA HAVAS
🟣Sirojiddin SAYYID:
VATAN, TO TANDA JONIM BOR...
🟣Nodira EGAMQULOVA:
TADQIQ VA TALQIN
🟣Ahmadjon MELIBOYEV:
TORNING CHO‘MICHDAN FARQI
🟣Mirzakamol AYUBOV:
XASTALIK GENOMINI O‘QIGAN OLIM
🟣Bahodir KARIM:
SHAMAYGA BORGAN OTABEK
🟣Qo‘chqor NORQOBIL:
OVQATING YETMAY QOLSIN...
🟣Sultonmurod OLIM:
ASL AFANDI
🟣Ro‘zimboy HASAN:
TANOBI TORTILGAN TANOBCHILAR
🟣Eshqobil SHUKUR:
OTNING MAYKASI – TERLIK
🟣Guljamol ASQAROVA:
CHIN SHOIRLAR SHE’RGA QAYTADI
🟣Muhayyo RUSTAM qizi:
DUNYO KITOB BOZORIGA YANA BIR QADAM
🟣Obid QO‘LDOSH:
BALXGACHA BORAYOTGAN BALXI TUTLAR
🟣Vasila HABIBULLAYEVA:
SUN’IY INTELLEKT G‘AZAB QILADIMI?
🟣Erpo‘lat BAXT:
XATO YOZMASINLAR O‘ZINGNIKILAR!

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1👍1
#davlat_tili

Turkiyada o‘zbek tili kurslari davom etmoqda


Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish boʻyicha bir qator belgilangan vazifalar asosida Turkiyaning Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisida oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan xorijlik talabalar uchun oʻzbek tili kurslari tashkil qilingan edi.

Kuni kecha xorijlik talabalar uchun yakuniy sinovlar bo'lib o'tdi. Sinovlarda Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (Chet el turklari va qarindoshlar jamiyati boshqarmasi (YTB) Anqara ofisi yetakchisi Osman Merthan Abur, kurs o'qituvchisi Muzaffar Habibullayev, Markaz xodimlari Abdurashid To'ychiyev ham Shahboz Zarmasovlar ishtirok etishdi.

O'z navbatida, tadbir so'ngida so'z olgan tinglovchilar o'zbek tiliga bo'lgan cheksiz hurmatini izhor etishdi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Telegram | Facebook
2025/07/10 11:27:06
Back to Top
HTML Embed Code: