Telegram Web Link
ANDIJON VILOYATIDA DAVLAT TILI MASALALARI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

📍 2025-yilning 28-iyun kuni viloyat hokimligida viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Hamraqulov rahbarligida hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari M.Satimov ishtirokida tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar tashkil qilindi.
   
📚 Seminar davomida yangi kitoblar taqdimoti, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ijrosi, til siyosatini takomillashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, maslahatchilarning 6 oylik hisobotlari tinglandi.

📊 Mazkur seminar qiziqarli, yangi g‘oyalarga boy kechdi. Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.


Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Farzandingga qaysi tilda bilim bersang bir kun kelib shu millatga xizmat qiladi!


Mustafo Cho‘qay

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Telegram | Facebook
🥰3
Bugun mustaqilligimiz va davlatchiligimizni ifodalovchi muhim ramz – O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi qabul qilingan kun.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Telegram | Facebook
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

⚠️O‘zga tilning hisobiga o‘z tilini unutish yoki unutgandek ko‘rsatish o‘zligidan voz kechishdir.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍4
​​Rassomchilikmi yo rassomlik?

Muharrirlar-u yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, xullas, soʻz bilan ishlaydigan odamlar orasida tarqalgan bir qarash bor: rassomchilik emas, rassomlik boʻlishi kerak. Rassomlik variantini yoqlaydiganlar bu soʻz mazmunida -chi qoʻshimchasining maʼnosi oʻzi shundoq ham bor, rassomchi demaymiz-ku, demak -chi ortiqcha degan qarashni ilgari suradi.

Ammo, lekin, biroq...

Oʻzbek tilida -chi va -lik qoʻshimchalari ham, yaxlit -chilik qoʻshimchasi ham bor.

🟢 -lik kasb egasiga xos ish, mashgʻulot maʼnosini bildiruvchi ot yasaydi: tabiblik, aktyorlik, sartaroshlik, oʻqituvchilik, mudirlik.

🟢 -chilik sohani bildiruvchi ot yasaydi: dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, ipakchilik, parrandachilik, sabzavotchilik.

❗️ Qiyoslang:

Paxtakorlik, gʻallakorlik, dehqonlik, kosiblik, oʻqituvchilik – kasb oti.

Paxtachilik, gʻallachilik, dehqonchilik, kosibchilik, pedagogika – soha oti.

Demak, rassomlik deganda kasb oti, rassomchilik deganda soha tushuniladi. Institut nomida ham rassomchilik soʻzini qoʻllagan maʼqul, chunki bunda kasb oti emas, soha tushunilishi toʻgʻriroq boʻladi: Milliy rassomchilik va dizayn instituti.


Bu xuddi oʻqituvchilik universitetidan koʻra pedagogika universiteti deyish afzal ekaniga oʻxshaydi.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
4
🔈 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

    👉 BAXSHITEPA – Samarqand viloyati Toyloq tumanida qishloq va mahalla nomi. V.V.Bartoldning fikricha, baxshi sanskritcha bxikshu – “sufizm darveshi”.
    🔰 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida baxshi – “kotib, mansabdor shaxs” ma’nolarini ifodalagan. 1920-yili Kalkuttada nashr qilingan Chig‘atoy lug‘atida baxshi so‘zi “noib, tabib, nozir, ovchi” sifatida tushuntirilgan (Л.Будагов. Сравнительный словарь, т. I. – С.245).
    🔷 Buxoro xonligida kirim-chiqim resurslari bilan shug‘ullanuvchi, mamlakat qurilishi uchun mablag‘ ajratuvchi baxshi deb atalgan.
    🔶 Hozirgi o‘zbek tilida baxshi: 1) to‘quvchi; 2) ruhoniy, sehrgar.
    🟢 Qo‘ng‘irot qabilasining bir qismi baxshi deb atalgan (Б.Х.Кармышева. Очерки этнической истории. – С.93).

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
3
#joy_nomlari

AFSHINA//AFSHONA


✔️Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi qishloq nomi.

✔️Mashhur tarixchi Abu Bakr Muhammad Narshaxiy Afshona
toponimi haqida shunday fikr bildirgan: "katta shoristonga va mustahkam hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor bo'ladi. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan.

✔️Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul bo'ladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar". (Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy Buxoro tarixi.)

✔️Shunday ekan, Afshina//Afshona nomlari - "ziyoratgoh qishloq" ma'nosini anglatadi.

📙"OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI"dan

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🟢 Bahrom IRZAYEV:
ALASH QAHRAMONI
🟢 Halim SAIDOV:
MA’RIFAT LIBOSIDAGI OZODLIK
🟢 Olimjon DAVLATOV:
BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA
🟢 Nazar ESHONQUL:
ADABIY TIL MAKTABI QAYERDA?
🟢 B.KARIM:
OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI
🟢 Avazbek NOSIROV:
OLIM BO‘LSANG, OLAM SENIKI
🟢 Ro‘zimboy HASAN:
JAVONDA “QARIYOTGAN” TO‘NLAR
🟢 Eshqobil SHUKUR:
VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA?
🟢 Umid BEKMUHAMMAD:
TARIX ILMINING RUSTAMI DOSTONI
🟢 G.UMAROVA:
“BUYUKLAR HAQIDA 100 TA DALIL”
🟢 Muhayyo RUSTAM qizi:
QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR
🟢 D. DO‘STBEKOV:
IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ
🟢 Shahriyor SHAVKAT:
“BOBOLAR IZIDAN...”
🟢 Ravoj O‘TAR:
YURT ISHQI
🟢 O‘rolboy QOBIL:
AFANDINING QARINDOSHLARI
🟢 Shukur LATIF:
KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ?
🟢 Otabek BAKIROV:
BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ!
🟢 G. FAYZIYEVA:
CHIROYLI VA KIROYI PREMYERALAR


Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
DA’VAT

Til – bobom,
Til – momom,
Til – otam,
Til – onam,
Til – bolam.
Ikki ko‘zi ko‘r bo‘ladi odam,
Bobosini asramasa.
Peshonasi sho‘r bo‘ladi odam,
Momosini asramasa.
Past bo‘ladi, yer bo‘ladi odam,
Otasini asramasa.
To‘ng‘iz bilan bir bo‘ladi odam,
Onasini asramasa.
Yashamaydi, yo‘q bo‘ladi odam,
Bolasini asramasa.


✍️G‘ayrat Majid

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👍2👏1

“O‘tkan kunlar” koreys tilida chop etildi

O‘zbek adabiyotining durdonasi – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk bor koreys tilida nashr etildi. Tarjimani Koreyaning nufuzli Kemyong milliy universiteti professori Kim Chun Sun amalga oshirgan.

Kitobni tarjima qilish va uni nashr etish jarayoni qariyb 2,5 yil davom etdi.

Kitobning taqdimot marosimi Janubiy Koreya matbuotida keng yoritilgan "O‘tkan kunlar" asarining koreys tilidagi tarjimasi Seulda bo‘lib o‘tayotgan yirik xalqaro kitob yarmarkasida ham namoyish etildi.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍42👏1
2025/07/09 01:58:04
Back to Top
HTML Embed Code: