Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
3
#joy_nomlari

AFSHINA//AFSHONA


✔️Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi qishloq nomi.

✔️Mashhur tarixchi Abu Bakr Muhammad Narshaxiy Afshona
toponimi haqida shunday fikr bildirgan: "katta shoristonga va mustahkam hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor bo'ladi. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan.

✔️Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul bo'ladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar". (Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy Buxoro tarixi.)

✔️Shunday ekan, Afshina//Afshona nomlari - "ziyoratgoh qishloq" ma'nosini anglatadi.

📙"OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI"dan

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🟢 Bahrom IRZAYEV:
ALASH QAHRAMONI
🟢 Halim SAIDOV:
MA’RIFAT LIBOSIDAGI OZODLIK
🟢 Olimjon DAVLATOV:
BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA
🟢 Nazar ESHONQUL:
ADABIY TIL MAKTABI QAYERDA?
🟢 B.KARIM:
OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI
🟢 Avazbek NOSIROV:
OLIM BO‘LSANG, OLAM SENIKI
🟢 Ro‘zimboy HASAN:
JAVONDA “QARIYOTGAN” TO‘NLAR
🟢 Eshqobil SHUKUR:
VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA?
🟢 Umid BEKMUHAMMAD:
TARIX ILMINING RUSTAMI DOSTONI
🟢 G.UMAROVA:
“BUYUKLAR HAQIDA 100 TA DALIL”
🟢 Muhayyo RUSTAM qizi:
QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR
🟢 D. DO‘STBEKOV:
IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ
🟢 Shahriyor SHAVKAT:
“BOBOLAR IZIDAN...”
🟢 Ravoj O‘TAR:
YURT ISHQI
🟢 O‘rolboy QOBIL:
AFANDINING QARINDOSHLARI
🟢 Shukur LATIF:
KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ?
🟢 Otabek BAKIROV:
BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ!
🟢 G. FAYZIYEVA:
CHIROYLI VA KIROYI PREMYERALAR


Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
DA’VAT

Til – bobom,
Til – momom,
Til – otam,
Til – onam,
Til – bolam.
Ikki ko‘zi ko‘r bo‘ladi odam,
Bobosini asramasa.
Peshonasi sho‘r bo‘ladi odam,
Momosini asramasa.
Past bo‘ladi, yer bo‘ladi odam,
Otasini asramasa.
To‘ng‘iz bilan bir bo‘ladi odam,
Onasini asramasa.
Yashamaydi, yo‘q bo‘ladi odam,
Bolasini asramasa.


✍️G‘ayrat Majid

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👍5👏1

“O‘tkan kunlar” koreys tilida chop etildi

O‘zbek adabiyotining durdonasi – Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk bor koreys tilida nashr etildi. Tarjimani Koreyaning nufuzli Kemyong milliy universiteti professori Kim Chun Sun amalga oshirgan.

Kitobni tarjima qilish va uni nashr etish jarayoni qariyb 2,5 yil davom etdi.

Kitobning taqdimot marosimi Janubiy Koreya matbuotida keng yoritilgan "O‘tkan kunlar" asarining koreys tilidagi tarjimasi Seulda bo‘lib o‘tayotgan yirik xalqaro kitob yarmarkasida ham namoyish etildi.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍53👏2
Eski turkiylarda “yomg‘irpush” madaniyati

Bugungi turkiylarning ko‘pchiligi “yomg‘irpush”ning o‘rniga arab yoki forschadan o‘zlashgan so‘zlarni ishlatadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3928
#taqdimot

"Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari" kitobining taqdimoti.

2025-yil 8-iyul  kuni  Davlat  tilida   ish  yuritish  asoslarini   o‘qitish  va  malaka  oshirish markazining  Sirdaryo  viloyat  hududiy  bo‘linmasida,  tinglovchilar ishtirokida Markaz  direktori  I.Azimovning  “Jadidlar  faoliyatida  alifbo  va  imlo  masalalari” kitobining  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi.

Hududiy  bo‘linma  rahbari, dotsent  H.Yodgorov  mazkur  kitobning yozilish  tarixi, uning  ilmiy-amaliy va  tarixiy ahamiyati, jadid  ma’rifatparvarlarining  o‘zbek milliy tili,  o‘zbek  alifbosi  va  imlosi   borasidagi  faoliyatlarini  yoritishda  asl  manbalarning  berilishi hamda muallifning  bu borada  olib  borgan  izlanishlari, uzoq  yillik mehnat  samarasi  ekanligini  alohida  ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu kitob Oʻzbek tilini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan nashr ettirilgan.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
2
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
39%
Sovitish
61%
Sovutish
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boysun tumani hokimining Davlat tili masalalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurali Jumayev ishtirokida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
#Davlat_tilida_ish_yuritish

HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR
(REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH


Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3. Mukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot
yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron
pochta manzili, rasmiy vebsayti, bankdagi hisobraqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
Hujjat turlari va xususiyatlari
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
20. Imzo yoki elektron raqamli imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga
yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Kompyuterga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.

Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning
barchasini o‘z ichiga olmaydi.


Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 269-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. "Usmon Azim “Olis yurtning begona isi" she'ri

2. Oybek Hamraqulov "Bilmay bosib chumolini” qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 11-iyuldagi 28-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🟣ADABIYOTGA YO‘L ZOMINDAN BOSHLANADI
🟣Akmal SAIDOV:
YANGI O‘ZBEKISTONGA XOS YANGICHA MUHTASHAM “DEVON”
🟣Jamshid AVLONIY:
AVLONIYNING GULISTONI
🟣Rustambek SHAMSUTDINOV:
AKA-UKANING AYANCHLI EGIZ TAQDIRI
🟣Nu’monjon GʻAFFORIY:
BEHBUDIYNING XO‘JANDLIK MUHIBLARI
🟣Farida AFRO‘Z:
AN’ANALAR ETADI DAVOM...
🟣Svetlana KIM:
“O‘Z YURTIDA ONA TILIN UNUTGANLAR…”
🟣Muhayyo RUSTAMOVA:
JIGARLARIMIZDAN JIGARIMIZNI AYAMAYLIK
🟣Nurxon ELMIRZAYEVA:
“QABR”NING 23 MILLIONLIK JABRI
🟣Shahriyor SHAVKAT:
BOBOLAR IZIDAN OZARBAYJONGA…
🟣Iroda RAHMONALIYEVA:
SABZ – YASHIL, SABZIRANG-CHI?

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/14 15:06:20
Back to Top
HTML Embed Code: