Telegram Web Link
Olmazor tumani hokimligi, tuman Soliq inspektsiyasi, tuman Ishchi guruhi a’zolari tomonidan Qoraqamish, Beshqo‘rg‘on, Kichik xalqa yo‘li ko‘chalaridagi tadbirkorlik subyektlaridagi tashqi reklama yozuvlari, axborot yozuvlari, e’lonlari, peshlavhalari, reklama bannerlarini tartibga keltirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.


🔹O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak. Tadbirkorlarni o‘z tashqi axborot yozuvlarini, reklama qurilmalaridagi yozuvlarni “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga marhamat!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi hamda Turkiyaning Turk tili jamiyati bilan hamkorlikda “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi yigʻilishi
30-aprel – 1-may kunlari Buxoro shahrida oʻtkaziladi.

Anjumanga Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasining Tatariston, Xakasiya, Tuva Respublikalaridan jami 36 nafar mutaxassislar kelish istagini bildirgan,
35 nafar soha mutaxassislari onlayn shaklda oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun: oʻtgan yili oʻtkazilgan birinchi anjumanda 50 nafarga yaqin mutaxassislar ma’ruzalari bilan ishtirok etgan boʻlsa, bu yil koʻrib turganimizdek, 70 nafardan oshdi.

Anjumanda turkiy tillarda olib borilayotgan tadqiqotlar boʻyicha oʻzaro fikr almashish, hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, soha lugʻatlarini yaratish, turkiy tillarda alifbo va imlo muammolari, turkiy tillarning grammatik qurilishi, turkiy shevalar taraqqiyoti, shuningdek, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi, atamashunoslik hamda tildagi umumiy muammolarni birgalikda hal qilish kabi masalalar muhokama qilinib, aniq rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Konferensiya dasturini Markaz saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Axborat xati

Anjumanni masofadan turib kuzatuvchilar uchun havola.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
Mavzu: “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/83949753291?pwd=7Ba2dp9FKykZO1HJQhUtVfDor6brAh.1

Идентификатор конференции: 839 4975 3291
Код доступа: 3005





Найдите свой местный номер: https://us06web.zoom.us/u/kclr6ApKoi
#anjuman #qisqacha

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Bahouddin Naqshband ziyoratgohida Qur’on tilovati bilan boshlandi. Undan soʻng majmuaning katta ma’ruzalar zalida anjumanning yalpi majlisi boshlandi. Yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, shuningdek, xorijiy va mahalliy hamkor tashkilotlar rahbarlarining tabrik nutqlari tinglandi.

Tushdan soʻng yigʻilish ishtirokchilari tegishli shu’balarda oʻz ma’ruzalarini davom ettirmoqdalar.
👍1
#Tayinlov

Abbosova Mehrinoz Nosirjon qizi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Mehrinoz Abbosova o‘z faoliyati davomida o‘zbek tilidagi elektron resurslarni boyitish va milliy ma’lumotlar bazasini kengaytirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni ommalashtirishga xizmat qiluvchi “WikiStipendiya” va “1000Kitob” kabi muhim loyihalarda faol ishtirok etib kelgan.

U yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan ijodiy loyihalarda, shuningdek, davlat tilining jamiyatimizdagi nufuzini oshirish yoʻlida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti Mehrinoz Abbosovaga yangi lavozimdagi masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
👍142🔥2👏1
#tayinlov

Rashidova Saida Komilovna – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Saida Rashidova o‘zbek tilini o‘qitishning innovatsion metodikasini ishlab chiqqan iqtidorli pedagoglardan sanaladi.
U ona tilimiz va milliy qadriyatlarimizni yangicha uslublarda targʻib qilib, oʻzbek tili doʻstlari safining kengayishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan mutaxassis sifatida tanilgan.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti Saida Rashidovaga yangi lavozimdagi masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
8👍7🔥1
“Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammolar va vazifalar” mavzusidagi II xalqaro anjuman 2025-yil 30-aprel – 2-may kunlari Buxoroda yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
2025/07/10 11:34:13
Back to Top
HTML Embed Code: