Telegram Web Link
#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

🏔MAYINTEPA
– Qo‘shrabot tumanidagi qishloqning nomi. Tarkibi mayin va tepa qismlaridan iborat. Mayin/mayn so‘zi so‘g‘dcha bo‘lib, “qishloq” ma’nosini bildiradi. Tepa – umumturkiy so‘z bo‘lib, “yer sathidan baland, do‘ng joy, balandlik, tepalik” ma’nolarini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, bu toponimni “balandlikdagi qishloq, yashash maskani”, deb izohlash mumkin. Mayn – yag‘nob tilidagi “qishloq” demakdir, bundan “tepalikda joylashgan qishloq” ma’nosi anglanadi. Mazkur joyga yaqin joylashgan Tojikovulda yashagan yag‘nob tilida so‘zlashuvchi tojik millati vakillari tomonidan qo‘yilganiga ishora qiladi.

📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
👍1
Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar

#Soʻragan_edingiz

Matnda maqol va matallar iqtibos shaklida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

“Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”, deydi xalqimiz.

Xalqimizning hikmatli soʻzi bor: “Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”.


Maqol va matallar matnning qismi sifatida berilsa, hech qanday qoʻshtirnoq ishlatilmaydi:

Maqsad sari olgʻa intil, dadil boʻl. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq.

Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq,
ogʻishmay harakat qilsang, maqsadingga erishasan.


Baʼzan matnda maqol va matallardan iqtibos keltirilsa-da, qoʻshtirnoq ishlatilmasligi mumkin. Bu xuddi koʻchirma gaplarni qoʻshtirnoqsiz ishlatishga oʻxshaydi. Lekin bu shakl asosan badiiy-publitsistik matnlar uslubiga xos:

Iroda va shijoat bilan harakat qilaversang, maqsadingga erishasan. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq degan gap bejiz aytilmagan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍41
#Tanqid

O‘ZLIGIMIZNI YO‘QOTMAYLIK

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Tumanda e’lonlar, peshlavhalar va reklama matnlarining qonunchilik talablariga mosligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bu uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima belgilangan.

Tuman hokimligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablariga mosligi tekshirildi.

Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida” gi qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Ushbu talablarni buzish ma’muriy va moddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin
.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
1🔥1
#bilib_oling

Ashqol-dashqol


Ro‘zg‘orda yoki kasb-kor ishida kerak bo‘ladigan mayda narsalar,
lash-lushlar tilimizda ashqol-dashqol so‘zi bilan ifodalanadi.

Dashqol – «mayda-chuyda narsalar» degan ma’noni bildiradi.
Alisher Navoiy asarlarida ashkol so‘zini ishlatgan, bu so‘z
«turlar, shakllar, xillar» ma’nosini anglatgan. Masalan, «Hayratulabror» dostonida shunday misralar bor:

Bazlu karam shevasining holi bor,
Lek nechukkim kerak ashkoli bor.


Ashkol keyinroq ashqolga aylangan bo‘lishi mumkin. Demak,
ashqol-dashqol so‘zi «turli xil mayda-chuyda narsalar» mazmunini
bildiradi. Lekin ashqolning ashkoldan ekanligi aniq ma’lumot emas,
taxmin.

Men bu taxminni mulohaza uchun o‘rtaga tashlayapman.
Ehtimol, bu yerda ashqol shunchaki dashqolning qisqargan shaklidir,
xuddi bozor-pozordagi kabi.

✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

Tavsiyanoma nima?


Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILIM


Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,
Ona tuya nomi esa arvona ekan.

Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,
Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar – bo‘z ot.

Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat,
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,
Bizning joyda uning nomi «Hululu», dedi.

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,
«Sandulochim!» – degan edim sayrab yubordi.

Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.


✍️Abdulla Oripov

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 20-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🔘Olimjon DAVLATOV:
DENGIZLAR TUTASHGANDA
🔘Bobur ELMURODOV:
JASORATNING TIRIK YODNOMASI
🔘QUVONISH KERAKMI YO HADIKSIRASH?
🔘Ahmadjon MELIBOYEV:
SHIYPON SUHBATLARI SOG‘INCHI
🔘Eshqobil SHUKUR:
“O‘TIR” SO‘ZI QANDAY PAYDO BO‘LGAN?
🔘Qutlibeka RAHIMBOYEVA:
SHOIRNI SEVDIRDI, SHE’RNI SEVDIRDI
🔘Vazira SOBIROVA:
30 YIL MAVHUMLIKDA. BIRINCHI O‘ZBEK BIBLIOGRAFI AKBARBEK DOLIMOV HAQIDA
🔘Davronjon ABDULLAJONOV:
“MENIKI, SENIKI, UNIKI” EMAS, BARCHAMIZNIKI
🔘Iroda UMAROVA:
DEVORNING YORIG‘IDAN SIZIB CHIQQAN QIZG‘ALDOQ
🔘Jamoliddin BADAL:
OLIMPNI ZABT ETGAN OLTINBOSH AVLOD
🔘Zulfiya YUNUSOVA:
O‘ZANLARGA QACHON QAYTAMIZ?
🔘Abbos G‘ULOMJON o‘g‘li:
“ZED”AVLODNI YAXSHI KUTIB OLING!
🔘Farangiz ABRUYEVA:
HAZIL ORTIDAGI HAQIQAT



Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍41👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!


Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
2025/07/09 01:55:56
Back to Top
HTML Embed Code: