Telegram Web Link
Olmazor tumani hokimligi Ishchi guruh a’zolari tomonidan tumanda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot konstruktsiyalari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, stellolar,  noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalaridan tozalash ishlari olib borildi.

Natijada noqonuniy o‘rnatilgan bir nechta reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, stellolar, tashqi reklama va axborot konstruktsiyalari, bannerlari demontaj qilindi.

Tumanimizdagi barcha tadbirkorlardan O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Xayit
Hayit

Qurbon hayit
Qurbon hayiti

Muborakbot etaman
Muborakbod etaman
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4- iyunda qabul qilingan “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida

badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovini e’lon qiladi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro adabiy tanlov milliy adabiyotimizni dunyoda keng targ‘ib qilayotgan, jahon adabiyotining eng sara asarlarini o‘zbek tiliga o‘girib, kitobxonlarga taqdim etayotgan fidoyi tarjimonlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonlik adiblar ijodiga qiziqishni yanada oshirish kabi xayrli maqsadlarni nazarda tutadi.

Mazkur tanlovga e’lon berilgan sanadan boshlab o‘tgan besh yil davomida kitob holida chop etilgan yoki bosma davriy va elektron adabiy nashrlarda e’lon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi.

Xalqaro tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi va unga belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan asarlar qabul qilinadi:

- o‘zbek adabiyoti nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq;

- o‘zbek adabiyoti she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;

- o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;

- xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq;

- xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;

- xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq.

Dramaturgiya janriga oid tarjima asarlar ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro tanlovga asarlar 2025-yil 1-sentyabrga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qabul qilinadi.

Gʻoliblarning har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni internetdagi ogahiymukofoti.uz saytidan olish mumkin.

Telefon: (71) 231-83-51, (71) 231-83-49
🇺🇿 “Davlat tilida ish yuritish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📌 Boysun tumanida joylashgan tashkilot va muassasalarning ish yurituvchilari hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlar ishtirokida “Davlat tilida ish yuritish” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

🫥 Mazkur tadbir davomida davlat tilida ish yuritishning huquqiy asoslari, hujjatlarni to‘g‘ri va me’yoriy jihatdan rasmiylashtirish qoidalari, shuningdek, amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Seminar ishtirokchilari til madaniyatini yuksaltirish, rasmiy yozishmalarni davlat tilida olib borishning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📃 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida davlat tilining nufuzi va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida qatnashchilar davlat tilida savodli yozish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

👉 Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
ARAFA

Hademay osuda tortadi quyosh.
Zaminni o‘raydi gulday havolar.
Olis kechalarda bamisli ko‘z yosh
Oqib kelaverar g‘amgin navolar.

Olis kechalarda uzooq-uzooqdan
Oy nurida yo‘lga tushadi kimdir.
Erigan zumradlar oqqan soyloqda
Balki mahzun bo‘lar, cho‘kmaydi ko‘ngil.

Ayvondan qaraysan xotirfaromush:
Tuproqqa tushguncha o‘ynar xazonlar.
Qaydandir sokinlik, yot bir osoyish
Ruhingda suzadir moviy oqshomlar.

Har jism shaffofday…
Qa’da ichinda
Ko‘ksingga termulib, chekursan iyzo.
Behuda umidlar qiynamas endi.
Boricha anglaysan – ne bo‘lsa dunyo.

Hademay azaliy sokinlik inar.
Munojot aytasan subhi kozib payt.
Ko‘klardan ilohiy bir nafas enar:
“So‘ragil, so‘ragil… so‘ragil faqat…”

Nodira AFOQOVA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz dindoshlar!🌙

🍃🌹🍃 Sizni va oila a’zolaringizni Muborak ayyom – Qurbon hayiti bilan qutlaymiz!

🍃🌹🍃 Allohdan xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, salomatlik tilaymiz!

🍃🌹🍃Ushbu kundagi barcha duo va niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 22:01:10
Back to Top
HTML Embed Code: