Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 265-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Salim Ashur "Yodga soldi o'pichlaringiz" she'ri

2. Oxunjon Madaliyev "Yulduzim" qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Oltiariq tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi

Bugun, Oltiariq tumani Markaziy shifoxonasida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining ahvoli tahlil qilindi, xususan mehnat shartnomalari, xodimlarning arizalari matni, xatlar, buyruqlar, nazorat rejalari, majlis bayonlari, targ‘ibot vositalari, peshlavhalar, boshqa axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning matnida eng ko‘p yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar rasman ogohlantirildi, shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

MUNOSABAT


Til bilgan yaxshi-yu, bilmas yomondir,
Tilni unutganlar rangi somondir,
Jonimga payvasta tilim omondir,
Endi qaytib ko‘rmas sobiq zamonni.

Baxmal qirlariga ketdi o‘ylarim,
Yaylovga yarashgan qo‘zi-qo‘ylarim,
Itlardan xolidir aziz joylarim,
Arvohlar qaytarar endi yomonni.

O‘zbekcha so‘z berib madhiyasiga,
O‘zbekcha tushungan mohiyatiga,
O‘zbekcha kuladi askiyasiga,
Kezsangiz vodiyni, voha tomonni.

Sergak bo‘ladirman ona tilimda,
Xushhol bo‘ladirman ona tilimda,
Tushlar ko‘radirman ona tilimda,
She’rdek hadya qilar tunlarim tongni.

O‘zining qo‘li bor yaratay desa,
O‘zining yo‘li bor yuritay desa,
O‘zining tili bor gar na’ra tortsa,
Tinch qo‘ying o‘zbekni, O‘zbekistonni...


✍️Shodi Otamurod

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
#JARAYON

Dang‘ara tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan hamshiralar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning tahliliy fikrlash salohiyati, o‘zbek tilida aniq, mantiqli fikr bildira olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlov jarayonida har bir ishtirokchi o‘zi tanlagan asari asosida taqdimot qilib, tezkor savol-javoblar orqali o‘z bilim va malakalarini namoyish etdilar. Ularning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati va til boyligidan foydalanish darajasi asosida baholash ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirok etgan hamshiralarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziq

O‘zbek xalq frazeologizmlari jonlantirilsa qanday bo‘ladi?

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 266-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Iqbol Mirzo "Bola-chaqa" she'ri

2. Og'abek Sobirov "Dutor chalar" qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DA’VAT

Til – bobom,
Til – momom,
Til – otam,
Til – onam,
Til – bolam.
Ikki ko‘zi ko‘r bo‘ladi odam,
Bobosini asramasa.
Peshonasi sho‘r bo‘ladi odam,
Momosini asramasa.
Past bo‘ladi, yer bo‘ladi odam,
Otasini asramasa.
To‘ng‘iz bilan bir bo‘ladi odam,
Onasini asramasa.
Yashamaydi, yo‘q bo‘ladi odam,
Bolasini asramasa.


✍️G‘ayrat Majid

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
2025/07/07 03:27:06
Back to Top
HTML Embed Code: