Telegram Web Link
#JARAYON

Dang‘ara tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan hamshiralar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning tahliliy fikrlash salohiyati, o‘zbek tilida aniq, mantiqli fikr bildira olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlov jarayonida har bir ishtirokchi o‘zi tanlagan asari asosida taqdimot qilib, tezkor savol-javoblar orqali o‘z bilim va malakalarini namoyish etdilar. Ularning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati va til boyligidan foydalanish darajasi asosida baholash ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirok etgan hamshiralarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziq

O‘zbek xalq frazeologizmlari jonlantirilsa qanday bo‘ladi?

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍9
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 266-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Iqbol Mirzo "Bola-chaqa" she'ri

2. Og'abek Sobirov "Dutor chalar" qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2
DA’VAT

Til – bobom,
Til – momom,
Til – otam,
Til – onam,
Til – bolam.
Ikki ko‘zi ko‘r bo‘ladi odam,
Bobosini asramasa.
Peshonasi sho‘r bo‘ladi odam,
Momosini asramasa.
Past bo‘ladi, yer bo‘ladi odam,
Otasini asramasa.
To‘ng‘iz bilan bir bo‘ladi odam,
Onasini asramasa.
Yashamaydi, yo‘q bo‘ladi odam,
Bolasini asramasa.


✍️G‘ayrat Majid

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👏5🔥1
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👏32🔥2
Xalqaro lug‘atlar davlat tiliga tarjima qilinib, milliy standart sifatida tasdiqlandi

Metrologiya sohasida ikki muhim xalqaro hujjat —
📖 “Metrologiya bo‘yicha xalqaro lug‘at. Asosiy va umumiy tushunchalar va tegishli atamalar” (VIM) – O‘zMSt 594:2025,
📚 “Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya atamalar lug‘ati” (VIML) – O‘zMSt 595:2025

milliy standart sifatida qabul qilindi.

🔗 Ushbu lug‘atlarO‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan davlat tiliga tarjima qilinib, milliy standart sifatida rasman tasdiqlandi. Hujjatlar Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) va Metrologiya bo‘yicha qo‘llanmalar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mita (JCGM) hamkorligida ishlab chiqilgan.

ℹ️ Lug‘atlar metrologik atama va tushunchalarni aniqlashtirilgan va yagona tarzda talqin qilishga, shuningdek, ularni ilmiy, texnik va huquqiy amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi.


Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
👍51🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻzbekchasi_bor

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
👍5👏1
Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun seminar o'tkazildi

2025-yil 21-iyun kuni Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati, shahar va tuman hokimlarining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat hokimining maslahatchisi G'.Yusupov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari H.Yodgorov, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat boshqarmasi mas'ul xodimi A.Mamanov hamda viloyat Kadastrlar palatasi mas'ul xodimi A.Ulashov ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Seminar savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Shuningdek, maslahatchilarning 6 oylik hisobotlari eshitildi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
2025/07/09 15:30:39
Back to Top
HTML Embed Code: