Telegram Web Link
#Yaxshidan_buyukka

Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (3-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]

• 15. Buyuk natijalarga erishgan kompaniyalar umumiy hisobda gullab-yashnayotgan sohalarda faoliyat yuritgani yo‘q, ularning ayrimlari hatto iqtisodiyotning nomaqbul sektorlarida ish yuritgan.

• 16. Menejerlarning katta mukofot evaziga aksiyalarini sotishi va kompaniya ustidan boshqaruvni boy berishi "oltin parashyutda sakrash" deyiladi.

• 17. Buyuk natijalarga erishgan 11 ta kompaniyadan 10 tasida rahbarlar kompaniya xodimlari orasidan tanlangan.

• 18. Beshinchi darajali rahbarlar vorislari yanada buyukroq natijalarga erishishi uchun barcha imkoniyatni ishga solishadi, xudbin rahbarlar esa ko‘p hollarda o‘z izdoshlarining omadsizligi uchun javobgar bo‘lishadi.

• 19. Dunyoda ikki toifali odamlar bor: Beshinchi darajali rahbar bo‘lishga qobiliyati yo‘qlar va qobiliyati borlar.

• 20. Muammolaringizni "sotmoqchi" bo‘lsangiz, buni eng yaxshi kadrlaringiz bilan qilmang. Bu tashkilotni o‘zgartirishning kichik sirlaridan biri. Kemadagi asosiy o‘rinlarni eng yaxshi xodimlaringiz egallashsa, ular yo‘nalishdagi o‘zgarishni har doim qo‘llab-quvvatlashadi.

• 21. Buyuk kompaniyalar rahbarlari o‘zgarishlarni avval jamoaga kerakli odamlarni jamlash (va keraksizlardan xalos bo‘lish)dan boshlashdi, keyingina qayerga yo‘l olishni hal qilishdi.

📚 @e_kutubxona
#Mutolaa

UMRIM MUTOLAA BILAN BOGʻLIQ

Yoshlikdan badiiy kitoblar o‘qishga o‘ch bo‘lganman. Kitobni qo‘lga olsam, to u tugamaguncha boshqa mashg‘ulot tatimagan. Keyinchalik ayrim ilmiy, tarixiy kitoblarni o‘qishga ham majbur bo‘ldim (o‘zbek tilida o‘qiydigan badiiy adabiyot qolmagani uchun).
Misrda ta’lim olish jarayoni boshlangandan keyin kitoblarni arab tilida ham o‘qishni boshladim. Bunda talaba o‘qishi kerak bo‘lgan darsliklar qatorida, fanlarni chuqurroq o‘zlashtirishga imkon beradigan adabiyotlarning mutolaasiga ham e’tibor qaratdim. O‘sha paytdan hozirgacha men sevib o‘qiydigan mavzu — tafakkurni charxlaydigan — kitoblar yo‘nalishi bo‘ldi. Islom va musulmonlarning muammolari, dinning inson hayotidagi o‘rni, uning yuksalish va tanazzuli sabablari hamda dinning boshqa mafkuralar bilan mubohasasi kabi mavzularni o‘rganadigan bunday kitoblarni hozirgacha sevib o‘qiyman.
Aslida men uchun kitob mutolaasining ahamiyati haqida savol berilishining o‘zi g‘alati. Chunki, butun hayotim va faoliyatim kitob bilan bog‘liq. Yangi o‘tiladigan darslarga tayyorgarlik, tarjima, tasnif, maqola yozish va tahrir kabi ishlarimning hammasi kitob bilan amalga oshadi. Charchagan vaqtimda ham kitob o‘qish bilan dam olaman.

- Mubashshir Ahmad
"Kitob dunyosi" gazetasidan

📚 @e_kutubxona
O‘qidingizmi?

📖 O‘rxon Pamuk. «Mening otim qirmizi»
Anonymous Poll
8%
O'qidim
5%
O'qiyapman
28%
O'qimoqchiman
59%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 11:35:09
Back to Top
HTML Embed Code: