ERKAKLIGINGNI UNUTMA, ERKAK!
Feysbukda kap-katta yigitlarning men feministman degan gaplariga ko‘zim tushmoqda. Aslida, Xitoyda o‘qiygan bir baliqchi shunday degan edi avvalroq. Shu kunlarda esa yana ikkitasini ko‘rdim.
Yosh avlod yigitlarining miyasi teshik tog‘oraga aylandimi: bu qanday sharmandalik? Uyat emasmi?! Feminist degan so‘z yaqindan paydo bo‘lgan soxta atama-ku! Oilani buzish uchun o‘ylab topilgan fitnalardan biri. Ilohiy qonunlarga qarshi qo‘yilgan shayton dasturi. Chunki har qanday dinda oila er va xotindan tashkil topadi, samoviy dinlarning barchasida oila rahbari er kishi hisoblanadi, oilada erkak ustun bo‘lmasa, o‘sha oila barbod bo‘ladi yoki oila degandan shunchaki nom qoladi, xolos.
Haqiqiy er ayolining himoyachisidir. U jufti halolini har taraflama parvarishlaydi: ilm beradi, muhabbat ko‘rsatadi, kiyintiradi, yedirib-ichiradi, xizmatini qiladi. Ko‘ngliga qaraydi, ayoliga og‘irlik qiladigan muammolarga uni ro‘para qilmaydi, u ko‘tara olmaydigan ishlarni uning yelkasiga tashlamaydi. Bundan ortiq qanday baxt bor ayol uchun?
Feminizm esa ayollarga erk va’da qiladi. Bu erkning oqibatida ersizlik yotadi. Erdan voz kech va bilganingcha hayot kechir. Holbuki, ersiz ayol jamiyatda patsiz qo‘yib yuborilgan qushga o‘xshaydi, yirtqichlarga yem bo‘lib ketishi juda oson. Shuning uchun biz yaxshi va insofli erlarni tarbiyalaylik hamda ayollarimiz ersiz qolishlariga yo‘l qo‘ymaylik. Agar er ma’nan va jisman kuchli bo‘lsa, ayolining ma’naviy ehtiyojlari va savollariga hamisha javob bera oladi. Ammo zaif va sust erkaklar xotini oldida lallayib oila boshqaruvini unga topshirib qo‘yadi va orsizlik jariga qulaydi. Bunday oilada qizlar boshsiz, yigitlar lapashang va latta bo‘lib kattaradi.
Bugun feminizm va ayollar huquqi deya turli eshittirishlar qilayotgan “shoirayu oqilalar”ning barchasi aldanganlardir. Bechoralar falsafa yoki zamonaviy dajjol dunyosidan qandaydir tayanch axtarib sarson kezmoqdalar. Yolg‘on tarix ularning ongini to‘ldirgan, yasama “g‘oyalar” ularni muvozanatdan chiqarib, insoniyatning ming yillik qadriyatlarini yakson qilishga chaqirmoqda.
Bu sharoitda yigitlarimiz erkak bo‘lishlarini so‘rayman. Feministman deb ming‘irlama, Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur, Shayboniyxon, umuman, mumtoz va qudratli shaxsiyatlarning qaysi biri feminist edi? Ko‘zni kattaroq och! Bu qadar qumursqaga aylanma!
- Akrom MALIK
10.04.2023.
📚 @e_kutubxona

#Tarix
«Turkiston xususan hozirgi O‘zbekistonning tarixini bilish uchun arab, fors, aqalli chin tilini mukammal bilish zarur. Zotan, men bizni bosib olgan ko‘k ko‘zlarning Turkiston haqidagi soxta va yolg‘on ma’lumotlariga suyanib o‘zini olim deb yurgan olimlarni ko‘rib achindim. Shu sababli men maoshsiz O‘zbekiston FAning Sharqshunoslik dargohiga maosh olmaslik shartini qo‘ydim va maslaxatchi bo‘lishga qaror qildim».
- Alixonto‘ra Sog‘uniy

Faktlar
Turli tasodifiy faktlarni bilish aqlli qilib qo’yadigandek seni go'yo. Aslida bunday faktlarni bilish do’stlar davrasida maqtanishdan boshqa narsaga arzimaydi.
Hop, Jeff Bezos 130 mlrd $ bilan eng boy odam bo’libdi, qushlar uxlaganda ko’zini yummas ekan, dunyodagi eng katta ko’prik Xitoydamush. Bilding, qay darajada o’zgaradi endi sening hayoting?
Ilm olishdan maqsad bo’lishi kerak. Kasbini rivojlantirish, odamlarni yaxshiroq tushunish, o’zini kimligini anglash va hokazo. Ilm insonni o’ylantirib qo’yishi kerak.
Senga kerakli faktlarni ajratib olish yo’li oson. Agar o’rgangan ma’lumoting biror muammoni (sening yoki boshqa birovning) hal qilsa, demak bu foydali bilim. Agar aksi bo’lsa, bu vaqtni behuda sarflashning "хитрый" yo’li xolos (chunki sen bilim olyapman deb o’ylaysan, uning befoydaligi esa ikkinchi masala). Umrimiz o’zi qisqa. Iltimos, shu umringni Kristiano Ronalduni qancha oylik olishini bilishga sarflama.
(c)

Yashayotgan hududingizdagi kutubxonaga borib turasizmi?
Anonymous Poll
17%
Ha, tez-tez boraman
13%
Baʼzida borib turaman
14%
Avval borib turar edim, hozir yo‘q
24%
Bormayman
31%
Hududimda kutubxona yo‘q
#Saboqlar
ENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIR
Ijtimoiy tarmoqlarda har zamonda hali u davlat, hali bu xalqning mahsulotlarini baykot qilishga chaqiriqlar yangrab turibdi. Bu chaqiriqlarda jon bor, bu nidolar vijdondan, ruhdan taralmoqda, uni qalblar ilg‘aydi.
Haqiqatan, inson yeb-ichib, nasl qoldirib, qorni uchun kerak bo‘lsa, vahshiylik qiladigan hayvonot kabi faqat moddiy jismdan iborat emas, unda ruh bor va uning insoniyligi, o‘zligi aslida shu ruh. Binobarin, ruhi falaj bo‘lmagan, qalbi o‘lmagan odam moddiyatni insoniylikdan ustun qo‘ymaydi, u hatto vijdon amri uchun borini fido qilishi ham mumkin.
Inson insoniyatga qarshi jinoyat qilayotgan maxluqlarga hech qachon ko‘makchi bo‘la olmaydi, vijdon bunga yo‘l qo‘ymaydi. Agar kim bu xislatdan mosuvo bo‘lsa, u o‘zining insoniyligini bir tahlil qilib qo‘yishi kerak.
Biroq, bu moddiy dunyoda yashayotgan inson faqat ma’naviy borliq bo‘lgan ruhdan iborat emas, uning moddiy tanasining ham istaklari, talablari va ehtiyojlari bor. Odam ko‘pincha mana shu ikki borliq, ikki taraf o‘rtasida sarosimada qoladi va moddiy olamga ko‘proq bog‘langani uchun aksar holatda u shu tarafni tanlab qolishi bor. Ikki taraf manfaatini jamlash esa ilmu iroda talab qiladi. Bu esa kerakli chora va mehnatlarni o‘z vaqtida bajarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda baykotni ko‘pchilik qalbida istasa ham, ruhi shunga undasa ham, vijdoni shunga chaqirsa ham, amalda qo‘llay olmayotgani rost. Ha, inson moddiyatga qattiq bog‘lanib qolsa, o‘ziga qarshi dushmanlik rejasini qilayotgan tarafni ham qo‘llab turaveradi, muhimi hozir qorni och qolmasa bas. Bu xuddi yem bergani uchun qassobga erkalanib boshini ishqalagan echkini eslatadi. Biroq, u bechora bunga majbur ham, hayot zarurati uni shunga olib kelgan. Inson bundan farqli ravishda aqlini ishlatib, o‘z kuchiga tayanishga, kelajagi uchun harakat qilishga o‘rganishi lozim. Buning uchun u hech yo‘q do‘st-dushmanni ajratishi va dushmaniga yukinmaslik choralarini ko‘rishi kerak, o‘z ehtiyojlarini o‘zi qondira olishi darkor. Bunga u ilm va mehnat bilan erishadi. Mana shunda u o‘z-o‘zidan boshqaga muhtojlikdan qutiladi. Buni Yaponiya, Xitoy kabi davlatlar misolida ko‘rish mumkin. Shuning uchun eng yaxshi baykot muqobil mahsulot tayyorlashdir.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish, buning uchun kerakli ilmlarni o‘zlashtirish, shart-sharoit yaratish, kadrlar tayyorlash, ularni asrash, shu maqsadga xizmat qiladigan qonun va tartiblar joriy etish, bunda har bir mutsaddi o‘z vazifasini ixlos bilan bajarishi ushbu maqsad yo‘lida qilinadigan asosiy ishlardir. Mayda sanoatdan tortib, og‘ir sanoatgacha salohiyat mavjud bo‘lishi lozim. O‘z kuchiga tayanmagan xalq hech qachon qaramlikdan qutila olmaydi.
Ungacha esa zaruratsiz xaridlarni cheklash, muqobili bor mahsulotlarda mahalliylari yoki do‘stona munosabatdagi mamlakatlarga tegishli bo‘lganlari bilan kifoyalanish vajdon va iymon amri ekanini unutmaslik kerak.
Baykotning moddiy foydasi ham katta. U muvaqqat emas, biroz kechiksa-da, davomiy manfaatlar keltiradi. Tarixda baykotni ilk ommaviy qo‘llagan amerikaliklar Angliya mahsulotlarini rad etish natijasida o‘zliklarini anglash, xalq bo‘lib jipslashishdan tashqari, iqtisodlarini ham yuksalitirishga muvaffaq bo‘lganlar. Biz ham qo‘rqmasdan izchil harakat qilsak, undan ham katta nitajalarga erishishimiz hech gap emas. Zero, biz Alloh taoloning barakotidan ham umidvormiz.
- Hasan Al-Muqriy

Voliylardan biri Umar ibn Abdulazizdan viloyat markazini devor bilan o‘rash uchun katta mablag‘ so‘radi. Shunda xalifa unga: "Devorlar nima foyda berardi? Uni adolat bilan qo‘rg‘onlab, ko‘chalarini zulmdan tozala, shu yetadi", deya javob qildilar.
- "Uni poklagan najot topur" kitobidan

Umr o‘tib ketyapti deb noliyverma. Bir marta haq ustida turib ol, qancha yashashning ahamiyati bo‘lmaydi. Haqiqat nimaligini bilmasang ham o‘zing uchun qaror qil: "men haq ustida turaman" de. Shunda u ochiladi, ko‘rinadi.
Va unutma, botil yaltiroq bo‘ladi, omma unga talpinayotgan bo‘ladi, maxliyo va maftun bo‘ladi, jodusi uxlatuvchi bo‘ladi. Lekin ichi chirigan va puch bo‘ladi.
Haqiqat tikonlar bilan o‘rangan, g‘ofil ko‘zga yoqimsiz, undan faqirlik, g‘ariblik va mazlumlik sarobi ko‘rinadi. Ammo ichi adolat, g‘ayrat, mardlik, himmat, chin rujulat, oltindan qimmat g‘aniylik qanoat mulkiga to‘la.
O‘zinga so‘z ber: "Men Haqni tanlayman" va shuning ustida sobit va qoyim bo‘l!
Menda shubha yo‘q: g‘aroyibotlar ochiladi! Haqni izla, do‘st bo‘ladigan ahli haqni topasan! Shunda hech qaysi yolg‘onchi siymolar alday olmaydi. Gʻofillarga g‘aribdek ko‘ringan ammo asli oliyjanob insonlar uchraydi. Haq seni yakkalab qo‘ymaydi. Yakkalash va faqirlik bilan qo‘rqitishlariga ishonma.
Ammo, o‘sha gap, doim shu so‘zda tur. Nafsga ergashib shu va’dadan oyoqni uzishing bilan yana siymolar mast qilib, asllar soyada qoladi.
Uyg‘on.
- Jamshid Muslimov

O‘qidingizmi?
📖 Mubashshir Ahmad: «Olim, odam va olam»
📖 Mubashshir Ahmad: «Olim, odam va olam»
Anonymous Poll
10%
O'qidim
5%
O'qiyapman
41%
O'qimoqchiman
44%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
#Belgilar
Sizning madaniyatga erishganingizni profilingizda kitob bilan qahva suratini qo‘yganingizdan emas, istirohat bog‘ini qanday holatda tark qilganingizdan, suvdan bo‘shagan yelim idishlarni qayerga tashlaganingizdan, g‘ijimlangan qog‘ozni mashinadan uloqtirgan yoki uloqtirmaganingizdan bilinadi! (c)

#SOS
"Ayblash o‘yini"
Eng kichik jamoalardan to eng katta korporatsiyalargacha, eng quyi pog‘onadan to yer yuzidagi eng baland kursilargacha ayblash epidemiyasi yoyilib ketgan va hech kim bundan himoyalana olmaydigandek. Bosh ijrochi direktor vitse-prezidentni ayblaydi, u esa menejerni, menejer ishchini, ishchi esa mijozni, mijoz hukumatni, hukumat esa odamlarni, xalq siyosatchilarni, ular esa maktablarni, maktablar ota-onalarni, ota o‘z o‘rnida onani, ayol esa o‘z menejerini, u esa vitse-prezidentni, vitse-prezident bosh ijrochi direktorni ayblaydi va jarayon shu tarzda davom etaveradi...
- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

Masʼuliyatli kishilar aybdorlarni emas, muammoning yechimini qidiradilar.

Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1-qism)
01. Muvaffaqiyatli jamoalar shaxsiy javobgarlikka amal qiluvchi yakka shaxslardan tarkib topadi.
02. Burch majburiyatini his etadigan guruhlar — ajoyib vosita.
03. Odamlar hali ham boshqalarni o‘zgartirishni o‘z vazifalari deb bilishadi.
04. Men faqat o‘zimni o‘zgartira olaman.
05. So‘zlarimga muvofiq harakat qilish orqali o‘zim aytgan odam bo‘lish to‘g‘rilikka berilgan taʼrifdir.
06. Murabbiylar ichida eng qudratlisi o‘rnak bo‘lishdir.
07. Harakat, hatto xatolarga olib borgan taqdirda ham, o‘rganish va o‘sishga turtki bo‘ladi.
08. G‘olib bo‘lishni istasangiz, diqqatingizni ixtiyoringizdan tashqaridagi narsalarga qaratmang va ulardan nolimang.
09. Haqiqiy yaratuvchanlik bu — qolip ichida muvaffaqiyatga erishishdir.
10. Samarali aloqa boshqa birovning zimmasidagi ish emas va u sizni tushunishganidan so‘nggina boshlanmaydi. Aksincha, u o‘zga bir insonni anglay olishni bildiradi.
11. Yetakchilik hamma narsadan ko‘ra ko‘proq firklash tarzimiz bilan bog‘liq. Bu — o‘z fikrlarimizni har lahzada nazorat qilish demak.
12. Barcha bilganlarimizdan chiqargan xulosalarimiz donishmandlikdir.

Dunyoviylik himoyasi dindorlarga qolib ketdi.pdf
9.5 MB
#Maqola
📓 «Dunyoviylik himoyasi dindorlarga qolib ketdi»
✍ Jamshid Muslimov
⚙ Maqola
1-qism: 1-3-maqolalar
... Dunyoviylik mohiyatiga ko‘ra huquqsizlik emas. Aksincha, u barcha fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Dunyoviylik huquq nuqtai nazaridan xudosizlik emas. U diniy e’tiqodga qarshi emas, balki diniy gomogenizatsiya (barcha dindorlarni bir qolipga solish urinishlari) va institutsional dominantlikka qarshi axloqiy pozitsiya.
Dunyoviylik dinga qarshi kurashish emas. U dindorlarning huquqlarini ham ta’minlashga qaratilgan.
Dunyoviylikni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llash huddi dinni noto‘g‘ri tushunish salbiy holatlarga olib kelgandek katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda biz dunyoviylikning mohiyatini qayta anglash zaruriyati oldida turibmiz.
Aslida dunyoviylik dinning raqibi yoki dushmani emas, balki har qanday e’tiqod egalarining huquq va erkinliklarini teng ta’minlash tizimidir. Chinakam dunyoviylik taqvodorlik va dindorlikni inkor qilmaydi, aksincha — vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlaydi. Uni shaklan emas, mohiyatan to‘g‘ri qo‘llash jamiyatimiz uchun muhim vazifadir.