#Yaxshidan_buyukka
Haqiqiy beshinchi darajali rahbarlik
Deyv Pakkard bilan oʻlimidan sal avvalroq uchrashishga muvaffaq boʻlgandim. Silikon vodiysining oʻz kuchi bilan badavlat boʻlgan ilk milliarderlaridan biri boʻlishiga qaramay, 1957-yilda rafiqasi bilan birga qurgan, uncha katta boʻlmagan bogʻchaga qaragan derazalari bor kichik uyda yashardi. Boyligini koʻz-koʻz qilishga, “men milliarderman, muhim shaxsman, muvaffaqiyatliman” deb kerilishiga zarurat sezmaydigan odam uchun linoleum titilgan oshxona, odmi jihozlangan mehmonxona kifoya edi. “Doʻstlari bilan yigʻilish va gitarada xirgoyi qilib oʻtirish uning uchun eng yoqimli mashgʻulot edi”, - deydi Pakkard bilan 36 yil birga ishlagan Bill Terri. Pakkard bisotidagi 5,6 mlrd dollarni xayriya tashkilotiga vasiyat qilib qoldirdi, oʻlimidan keyin oilasi uning fermercha kiyimda traktorda oʻtirgan surati tushirilgan yodnoma chiqardi. Matnda uning XX asrdagi eng yirik sanoatchilardan biri boʻlgani haqida hech narsa deyilmagandi. Unda shunchaki “Devid Pakkard, 1912-1996-yillar, fermer” degan soʻzlar yozilgan edi xolos. Haqiqiy beshinchi darajali rahbarlik mana shu boʻladi.
- Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan
📚 @e_kutubxona

👍24🤔5✍3🔥3
O‘qidingizmi?
📖 Rey Bredberi. «Farengeyt bo'yicha 451 daraja»

Anonymous Poll
16%
O'qidim
5%
O'qiyapman
38%
O'qimoqchiman
40%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
👍17🔥9🕊2⚡1
#Saboqlar
"Moliyaviy yordam — boylik yig‘ish va sarmoya kiritishdan ko‘ra, isteʼmol qilishga rag‘batlantiradi".
📚 @e_kutubxona
"Moliyaviy yordam — boylik yig‘ish va sarmoya kiritishdan ko‘ra, isteʼmol qilishga rag‘batlantiradi".
📚 @e_kutubxona
👍27🤔11🔥4🌚1👀1😎1
#Qanday_buyuk_boʻlishgan
Avvalo, oʻz maqsadlaringiz bilan shugʻullaning, soʻng boshqalarning maqsadlari bilan mashgʻul boʻling. O‘zingizning maqsadlaringiz va tasavvurlaringizga ega boʻling. Yolg‘iz sizga tegishli boʻlgan maqsadlaringiz boʻlsin. Boshqalar uxlayotganida sizni bedor qiladigan maqsadlaringiz boʻlsin. Boshqalar gʻaflatda boʻlganida sizni band qiladigan maqsadlarga ega boʻling. Boshqalar darbadar kezib yurganda sizni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan, sizni oldingizga undaydigan maqsadlaringiz boʻlsin.
- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan"

🔥77👍32😇6🕊4🤔3
#Qanday_buyuk_boʻlishgan
Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
• «Biz bu muvaffaqiyat uchun 15 yildan beri tayyorlanayotgan edik. Bu mukofotni qoʻlga kiritish uchun uzoq yillik tayyorgarliklar kerak boʻldi. Biz mashgʻulotlarni 6 yoshlik chogʻimizdan boshlaganmiz».
• Oʻz oldingizga ruhingiz birga parvoz qiladigan va uni amalga oshirganingizda sizni baxtiyor qiladigan, sizga kundalik ish va nafaqadagi mashaqqatlardan kelib chiqadigan zanglashi yengga olishingizni kafolatlay oladigan maqsadlar qoʻying.
• Odamlarning eng yomoni ayblar bilan mashgʻul boʻlganlaridir. Xuddi pashshalar kasallikdan oʻzini saqlaydigandek.
• Buyuklar nimani talab qilishni bilishgan. Talab qilgan narsalariga erishgunlaricha sabr qilishgan va mehnat qilishdan toʻxtab qolishmagan.
• Maqsadlarga eng afzal vaqtlaringizni baxshida qiling, maqsadlar uchun shirin uyqularingizdan voz keching. Quruq gaplardan iborat majlislarni va oʻyin-kulgilardan voz keching va Allohdan yordam soʻragan holda Oʻziga tavakkul qiling.
• Ibn Javziy deydi: «Himmat xorlansa, unga yigʻlash kerak».
• Agar nafslar kibrli boʻlsa, Tana oʻz maqsadi yoʻlida toliqadi.
• Kim oʻzi harakat qilayotgan ishda jiddu jahd qilsa koʻtariladi. Zafarga erishish uchun sabrdan boshqa hech narsa lozim emas.
• Ular boshqalardan koʻra koʻproq e'tiborliroq va diqqatliroq boʻladilar. Ular nimani talab qilishni va nimani tark qilishni bilishadi.
• Jasadning rohati bilan ilmga qodirlik yo‘q. (Ibn Abu Hotim)
• Ibn Javziy o‘ziga o‘zi shunday degan: "Agar men mutolaa qilishni 20 ming mujalladdan kamaytirsam, ilm talabidan uzoqlashib qolaman». U kishi ta'lif etgan kitoblariga ishora qilib: «Men shu ikki barmog‘im bilan 2 ming mujallad kitob yozdim», - degan edi.
• Hech qachon nasl-nasabim dema, yigitning nasli u erishgan narsalardadir.

🔥28👍24⚡3😎3🤔1🕊1
#Saboqlar
"Inson tanqidiy fikrlash bilan haqiqatni topadi" degan fikrni ba’zan tushunmaymiz.
Tanqidiy fikrlash hamma narsani tanqid qilish, "agar unday bo‘lmasa-chi?" deb shubha qilish va ochiq-oydin isbotlangan narsalarga shak qilish bilan bo‘lmaydi.
Tanqidiy fikrlash ma’lumotlarni mantiq qoidalari va voqe’lik mezonida o‘lchab ko‘rish bilan bo‘ladi.
Kishi avval o‘zining tanqidiy fikrini tanqidiy fikrlab ko‘rishi kerak. "Men o‘rinli tanqid qilyapmanmi? Tanqidim mantiq qoidalariga mos tushadimi? Tanqidim voqe’likka aloqadormi?"
Tanqidiy fikrlash degan birovni tanqid qilish degani emas, tanqidiy FIKRLASH deganidir.
- Said Komil

⚡30👍24🔥11🕊3🤔2🌚1