#SOS
  
   Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

13. Stress, bu — tanlov.

14. Yodingizda bo‘lsin: Javoblar savollarning o‘zidadir.

15. Yomon dengizchi shamolni ayblaydi.

16. Chin jamoadosh to‘g‘riga siz orqali qarab ham, ko‘ringanlaridan ko‘zi quvnaydigan odamdir.

17. Agar hamma "Nima qilsak ekan?" deb savol bersa, unda hech kim "Nima qilsam ekan?" deb so‘ramaydi.

18. O‘z boshqaruv tamoyilini qabulxonasining devoriga fahr bilan: «Odamlar bizning eng katta boyligimizdir!» deb yozib qo‘ygan tashkilotning byudjetida taʼlimga ajratiladigan mablag‘ eng oxirgi pul bo‘ladi, ammo u kesib tashlanadigan malblag‘lar ro‘yxatining boshidan joy oladi.

19. Buyruq kutayotgan odam bo‘lishdan ko‘ra, kutishga buyurilgan odam bo‘lgan yaxshiroq.

20. Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.

21. O‘rganish o‘zgarish demakdir. Agar o‘zgarmagan bo‘lsak, demak, o‘rganmabmiz.

22. Har qanday savolni berayotganda, ongimizda bundan maqsad va uning ohangi haqida aniq tasavvur bo‘lishi zarur.

23. Siz ajoyib tashkilot vakili bo‘lishni istasangiz, unda o‘zingiz ham ajoyib xodim bo‘lishingiz kerak.

24. Ibrat bo‘lish barcha ustozlar ichida eng qudratlisidir.

📚 @e_kutubxona
#Keltirma

Ibratli joyini o‘zingiz topib olarsiz)

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

Jamiyat uni tiyib turuvchi kuchga muhtoj

Bu kuch ma’naviy, axloqiy yoki huquqiy bo‘lishi mumkin. Agar insonlar o‘zlariga xos ravishda hech qanday tiyib turuvchi kuchsiz erkin qoldirilsa, ular manfaat, obro‘-e’tibor, mulk va hokimiyat uchun o‘zaro kurashga kirishadilar.

Bu kurashlar esa nafrat, zo‘ravonlik va urushlarga sabab bo‘lib, jamiyatda tartibsizlik, buzg‘unchilik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Shu bois jamiyatda uning a’zolarini zo‘ravonlik, tartibsizlik va yomonliklardan tiyib turuvchi kuchga ehtiyoj seziladi.

Saodat asrida bu kuch diniy-ma’naviy ko‘rinishda edi. Sahobalar va salaflarning ruhiy holati bugungi bizlardan farqli edi.

Ularning ijtimoiy hayoti bugungi bizlarnikidan farqli, ko‘ngilli ravishda, istak va umid bilan axloqiy qoidalar va tartib intizomga rioya qilar edilar.

Keyinchalik jamiyatning ruhiy holatida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Har bir inson ham ma’naviy jihatdan va nafs tarbiyasida sahobalar va salaflar darajasiga yeta olmaydilar. Ularda sahobalardagidek ko‘ngilli ravijda, istak va ajrga umid bilan axloqiy qoidalar va tartib-intizomga rioya qilish kuzatilmaydi.

Endilikda odamlarni axloq-odobga, etikaga, tartib-intizomga jalb qilish va ularni tashqi tiyib turuvchi kuch bilan tiyib turish lozim bo‘ldi. Bu vazifani esa albatta davlat bajaradi.

Shu boisdan ham, ma’naviy tiyib turuvchi kuchga ega jamiyatlarga qo‘llanilgan siyosat har doim ham huquqiy va axloqiy tiyib turuvchi kuchga asoslangan jamiyatlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak.

Shuning uchun ham saodat asridagi masalalarni bugun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, voqe’likni va jamiyatning ahvolini inobatga olmasdan, qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, bir masalani o‘sha davrdagi kishilar o‘z ma’naviy holatidan kelib chiqib, so‘zsiz, ko‘ngilli qabul qilgan bo‘lsa, bugun uni jamiyat qabul qilolmasligi mumkin.

Shuning uchun ham ijtimoiy masalalar har doim ham risoladagidek bo‘lavermaydi. Jamiyat qanday bo‘lsa, uni o‘sha jamiyatga mos tiyib turuvchi kuch kerak bo‘ladi.

Risoladagidek boshqaruv risoladagidek jamiyat shakllanganda bo‘ladi.

- Said Komil

📚 @e_kutubxona
Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyumaning bir gapi bo‘lgan ekan: "Dunyodagi eng yaxshi sovg‘a bu — kitob".

Bir kuni undan so‘rashgan:
— Kitobdan yaxshi sovg‘a bormi?
— Ha, boshqa kitob...

📚 @e_kutubxona
O‘qidingizmi?

📖 Li Myon Bak: «Mo‘jiza sodir bo'lmaydi»
Anonymous Poll
9%
O'qidim
5%
O'qiyapman
38%
O'qimoqchiman
48%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
#Saboqlar

Meni shundayligimcha qabul qil.
Haqiqiy do'stlar seni boringcha qabul qilishadi - bo'lmagan gap.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p tarqalgan statuslardan biri, yuqoridagi so'zlar. Juda yuzaki va pafos uchun aytilganligi 300 km dan bilinib turibdi. Seni boring bo'yicha faqat ota-onang qabul qiladi. Chunki boshqa yo'li yo'q (o'zing pishirgan osh deganlaridek).

Haqiqiy do'stlar (ulfatlar emas), seni qanday bo'lsang shunday qolishingga rozi bo'lmaydi. Ular seni o'sishingni, rivojlanishingni, odobliroq, aqlliloq, boyroq bo'lishingni xohlashadi. Xatolaring bo'lsa yuzingga aytishadi, gunoh qilishingga jim qarab turisholmaydi. 

O'z fikrini va hayot tarzini (yaxshi tarafga) o'zgartirishdan bosh tortayotgan odam yutqazadi. Bu kibr belgisi. "Borim shu, shundayligimcha qabul qil" - o'z aybini (dangasaligini) berkitish uchun bir bahona xolos.

O'zingdan o'zing bir so'rab ko'r. Do'stlaring bilan nega vaqt o'tkazayapsan? Ulardan ilm, tarbiya, tajriba, axloq olayotganing uchunmi yoki ular ham rijovlanmaganligi sababli senga ular bilan vaqt o'tkazish qulay bo'lganigami?

Agar ikkinchi variant bo'lsa, ularni tark etishga shoshilma. Sen parovoz bo'l. O'zingda borini ularga ber. Qaysidir insonlar menga shunday qilganligi uchun ham men hozir ulardan o'ta minnatdorman.

P.S.
"Ezvordiz aka, bo'ldi o'zimni rivojlantirishga tayyorman, eting nima qilay?" degan nido paydo bo'lgan bo'lsa ichingda, bu maqola o'z vazifasini bajaribdi.

"Tursunboy tormoz bo'lgani uchun undan kechishim kerak ekan endi" degan fikr kelgan bo'lsa, maqolani oxirigacha o'qimabsan. Chiq tepaga.

(c)

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

Bugun yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi, degan gaplarga munosabatingiz qanday?

— Yoshlargina kitob o‘qimay qo‘ygan bo‘lsa yaxshi edi, hatto kattalar ham mutolaa qilmay qo‘ydi. Men bo‘lajak til va adabiyot fani o‘qituvchilariga dars beraman. Talabalarimning orasida «O‘tkan kunlar»ni, «Alpomish»ni o‘qimay kelganlarini ham uchrataman. Kitob ma’naviy ozuqa olish uchun o‘qiladi. Aslida kitob turmushimni yaxshilashga xizmat qiladi, deb o‘qilmaydi. Adabiyot odamga qanday moddiy manfaat berishi mumkin? Misol uchun, «Alpomish»ni o‘qiding, u qachondir qayerdadir bo‘lgan yo bo‘lmagan voqealar silsilasi, lekin bu muhim emas. So‘zning go‘zalligi va betakrorligi, so‘zning qudratini his qilish va undan ta’sirlanish qo‘lidan keladigan odamni tayyorlash kerak. O‘qirman shuning uchun kerak, kitob shuning uchun kerak.

Sizlarning avlod vakillarining (30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar nazarda tutilmoqda — tahr.) tili nimaga qashshoqlashib boryapti? Nega millatning katta qismi o‘zbek tilida jo‘yali, jozibali qilib so‘zlashni bilmaydi? Sababi — bugun odamlar badiiy asarni o‘qishga qiziqmay qo‘ydi. Buning nimasi fojia? Bunday odamlarning tuyg‘ulari qashshoq, quruqshab qoladi. Bunday odamlar 25 yoshida kampir va chol bo‘lib qolaveradi. Chunki tuyg‘u yangilanmaydi, ta’sirchanlik yo‘qoladi, birovning quvonchi va tashvishini qabul qilish pasayadi. Masalan, kitobxon Kumush yo Otabekning halokatini o‘qib yig‘laydi, sababi Kumushning dardi unga yuqadi. «O‘tkan kunlar» kabi asarlarni o‘qib, birovning tuyg‘usini yuqtirishga o‘rganmagan odamlar faqat foyda keltiradigan narsani o‘ylaydigan bo‘ladi.

Yoki «Ammangni ko‘rib kelish kerak», desa, «telefonda gaplashdik-ku», deydi. Amaliy jihatdan qaraganda, uning gapi to‘g‘ri: telefonda gaplasha oldi, qarindoshining ahvoli yaxshi. Vaqtni, pulni sarflab borib kelishdan nima foyda. Bu odat ertaga tog‘aga, keyin ota va onaga, undan so‘ng bolaga nisbatan shakllanadi. Shunday qilib bemehrlik paydo bo‘ladi. «Nimaga men endi ota-onamni quchoqlab yotishim kerak?», «14 yoshimdan keyin mustaqil yashayman» deydigan kunbotishcha qarashlar shu tariqa paydo bo‘ladi, deb o‘ylayman. Badiiy asar ana shu boylikni, ana shu ne’matni beradi.


- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

Bir kuni Pikasso restoranda ovqatlanib o'tirganida, bir kishi uning gapini bo'lib, salfetkani uzatdi va so'radi:

“Men uchun biror narsa chizib bera olasizmi? Haqqini beraman".

Pikasso salfetkani oldi-da, cho‘ntagidan ko‘mir qalam chiqarib, chiza boshladi. U bir necha daqiqada, ko'rgan odam shubhasiz Pikasso chizganini sezagidan echki rasmini chizdi. Va uni odamga ko'rsatdi.

Kishi tabassum qildi va eskizni olishga qo'l uzatdi. Ammo Pikasso rasmni ushlab turdi.

"Bu 100 000 dollar bo'ladi". - dedi Pikasso.

Erkak hayratda qoldi. “100 000 dollar?! atigi bir necha daqiqa sarflagan ishingiz uchunmi?"

Pikasso salfetkani g‘ijimlab, cho‘ntagiga solib, "Men buni 1 daqiqada chizishim uchun 40 yil kerak bo'ldi" dedi.

📚 @e_kutubxona
Forwarded from Elektron kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
#Yaxshidan_buyukka

Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (1-qism)

• 1. Yaxshi kompaniyalarning ko‘pchiligi hozirgi holicha — yaxshi, ammo hech qachon buyuk bo‘lmay qolib ketadi.

• 2. Buyuk natijalarga erishgan kompaniyalar buyuk bo‘lish uchun nima qilish kerakligiga emas, balki nima qilmaslikka va nima qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerakligiga diqqat qaratishgan.

• 3. Mohiyatan texnologiyalar yaxshidan buyukka o‘tish jarayoni bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Texnologiyalar o‘tish jarayonini tezlashtirishi mumkin, biroq bu jarayonning bevosita sababchisi bo‘la olmaydi.

• 4. Muhandislik tafakkuri doim rivojlanib va o‘zgarib boradi, ammo fizikaning asosiy qonunlari nisbatan o‘zgarishsizligicha qolaveradi. Bizning ishimiz ham abadiy tamoyillarni, buyuk kompaniyalarning "fizika"sini aniqlashdan iborat.

• 5. Barcha muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlik yuqori darajali rahbariyatning bo‘yniga ilinganidek, hamma yutuqlar ham ularga daxldor qilib ko‘rsatilmasin.

• 6. Kerakli mutaxassisni tanlash yoki mutaxassis uchun munosib o‘rinni topishga sarflangan har bir daqiqa kelajakda bir haftalik vaqtingizga teng keladi.

• 7. Eng yaxshi xodimlarni muammolar emas, imkoniyatlar ko‘p bo‘lgan sohaga qo‘ying.

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

«Kitobga juda ham bir muqaddas narsa, deb qaramayman. Kitob bu — ish quroli. Kitobga teginmang, uni buklamang, unga chizmang, deganlarga qarshiman. Kitobga chizish va uni o‘qib ketayotgan vaqtda taassurotlarni yozib ketish kerak. Chunki asarning hammasi yoppasiga odamning aqliga, tafakkuriga ko‘chib o‘tmaydi. Mutolaa vaqtida ikki-uchta fikr sizning tafakkuringizga mixlanib qoladi. O‘sha joylarni qayd qilib, tagiga chizib, belgi qo‘yish kerakki, keyingi safar shu kitobni varaqlaganingizda, o‘sha qismlarni qiynalmay topish mumkin bo‘lsin, uni qaytadan o‘qib o‘tirish shart bo‘lmasin».

- Qozoqboy Yo‘ldoshev

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

Niyat musaffoligi yo‘lidagi eng ajoyib qissa

Tolha ibn Abdurrohman ibn Avf o‘z zamonasida Quraysh qabilasining eng saxiy kishilaridan biri edi. Kunlarning birida xotini: "Do‘stlaringiz malomat qilganchalik biror kishi sizni malomat qilganini ko‘rmadim", dedi. Tolha: "Nima uchun unday demoqdasan!" Desa, xotini: "Chunki pulingiz ko‘paysa do‘stlaringiz atrofingizda girdikapalak bo‘lishadi. Pulingiz qolmasa, sizni tashlab ketishadi", dedi. Shunda Tolha: "Allohga qasam, bu qiliqlari ayni oliyjanob ekanlaridandir. In’om qilishga qurbimiz yetadigan bo‘lganda ular huzurimizga kelishadi. Berishga qurbimiz yetmay qolganida, (xijolat chekmasligimiz uchun) bizni tashlab ketishadi", dedilar.
Imom Movardiy ushbu qissa xususida fikr yuritib: "Tolha do‘stlarining oliyjanobligini qanday izohlaganlariga qara! Hatto yomon xulqni yaxshi xulqqa aylantirdilar. Ochiqcha xiyonatni ayni vafodorlikka yo‘ydilar. Mana shunday xususiyat ayni sog‘lom qalb sohibi ekaniga dalolat qiladi. Sog‘lom qalb sohibi bo‘lish dunyoda rohat va oxiratda o‘ljadir. Mana shu jannatga kirish sabablaridan biridir. Alloh taolo bu haqda:
"Ularning dillaridagi g‘illi-g‘ishtlarni chiqarib tashladik. So‘rilarda bir-birlariga boqib, do‘st bo‘lgan hollarida o‘ltirurlar", deb aytgan (Hijr surasi, 47 oyat).
(Izoh: Inson qanchalik moddiy rohat-farog‘atga erishmasin, ko‘nglida bir oz g‘ashlik bo‘lsa, unga o‘sha rohat-farog‘at tatimaydi. Shuning uchun Alloh taolo O‘z rahmati ila jannatga sazovor qilgan taqvodor bandalarining dillarida g‘ashliklar, ya’ni, hiqdu hasad, ko‘ra olmaslik kabi ba’zi bir illatlar bo‘lsa, chiqarib tashlaydi.)

📚 @e_kutubxona
#Yaxshidan_buyukka

Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)

[1-qism bu yerda]

8. Yaxshidan buyukka o‘tgan kompaniyalar o‘tish jarayoni uchun nom o‘ylab topish, jarayonga dabdabali start berish, rejalar tuzish haqida bosh qotirishmagan.

9. Buyuk muvaffaqiyat bu — tasodif emas, balki ongli ravishda qilingan tanlovdir.

10. Egallab turgan o‘rningizda sohangizdagi yaxshilar ichida eng yaxshisi bo‘lish isteʼdodiga ega emasmisiz, demak, o‘zingizni ko‘chada ko‘rishingiz tayin.

11. Tizim dangasa ishchilarni tirishqoq mehnatkashga aylantirishni maqsad qilmagandi. Uning vazifasi mehnatkashlar manfaat ko‘radigan, dangasalar esa yoki dangasaligini bas qiladigan yoki bortdan tushib qoladigan muhitni yaratish edi.

12. "Odamlar — asosiy resursingizdir" fikri noto‘g‘ri. Asosiy resursingiz odamlar emas, balki munosib odamlardir.

13. Xarizma bir vaqtning o‘zida ham fazilat, ham nuqsondir. Chunki yetakchi shaxsiyatining kuchliligi uning qo‘l ostidagilar haqiqiy dalillarni yashira boshlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

14. Qoniqarsiz natijalar bu yomon texnologiyalarning emas, balki birinchi navbatda yomon boshqaruvning mahsulidir.

📚 @e_kutubxona
#Saboqlar

Kitobchi akamiz aslida eng katta muammoni ko‘rsatib berdi. Bu uning aytganidek kitob o‘qimaslik emas, balki ilm haqidagi tasavvurning yo‘qligidir.

Darhaqiqat, ilm nima ekanligini bilmaganimiz uchun "ana rost gapirdi, haqni gapirdi" va hokazo hissiyotlarga beramiz va nodonlik qilamiz.

Imom Moturidiy donolik har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘yishdir, nodonlik esa, bir narsani noo‘rin joyga qo‘yishdir, deganlar.

Ya’ni haqiqiy ilm bo‘lmagan narsani ilm deb turib, haqiqiy olimlar bilan esa bahslashib o‘tirishimiz haqiqiy nodonlikdir.

Bu yerda nodonlikning yana bir turi haqida so‘z bormoqda. U ham bo‘lsa, ilm egalariga bo‘lgan noloyiq munosabat.

Odamlarimiz orasida "har qanday odamning gapi olinadi ham, tashlanadi ham" degan so‘z aylanadi. Biz buni qayerdadir egitganmiz, va o‘zimizcha shunga amal qilamiz, biroq tafakkur qilmaymiz.

Bu so‘zni kim aytgan, kimga nisbatan aytgan va undan kim foydalanadi?!

Men masalan o‘zimcha Abu Hanifaning fiqhiy masalasini olishim yoki tark etishim mumkinmi?! Aslo, chunki men mutaxassis emasman.

Men Atom energiyasi bo‘yicha bir fizik bilan bahslashishim mumkinmi?! Aslo, chunki men fizik emasman.

Boshqa bir olimning so‘zini olish yoki tark etish, huddi o‘sha olim qilgan izlanishlarga o‘xshagan ilmiy izlanishlar natijasidagi ilmiy xulosa asosida bo‘ladi.

Demak, birinchi navbatda haqiqiy ilm nima ekanligini bilishimiz, keyin aqlimiz yetmagan narsada o‘zboshimchalik qilmasdan haqiqiy olimlarga ergashishimiz kerak.

Bo‘lmasa, "har qanday olimning fikri olinadi ham, tark qilinadi ham" degan aforizmga ko‘r ko‘rona amal qilish kitobchi akaning aforizmlarga amal qilishi kabi bo‘lib qoladi.

Unda ilm va olimlarning o‘rni qayerda qoladi?!

- Said Komil

📚 @e_kutubxona
O‘qidingizmi?

📖 Kel Nyuport. «Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari»
Anonymous Poll
11%
O'qidim
7%
O'qiyapman
38%
O'qimoqchiman
43%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
#Yaxshidan_buyukka

Jim Kollinz, «Yaxshidan buyukka» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (3-qism)

[1-qism bu yerda]
[2-qism bu yerda]

• 15. Buyuk natijalarga erishgan kompaniyalar umumiy hisobda gullab-yashnayotgan sohalarda faoliyat yuritgani yo‘q, ularning ayrimlari hatto iqtisodiyotning nomaqbul sektorlarida ish yuritgan.

• 16. Menejerlarning katta mukofot evaziga aksiyalarini sotishi va kompaniya ustidan boshqaruvni boy berishi "oltin parashyutda sakrash" deyiladi.

• 17. Buyuk natijalarga erishgan 11 ta kompaniyadan 10 tasida rahbarlar kompaniya xodimlari orasidan tanlangan.

• 18. Beshinchi darajali rahbarlar vorislari yanada buyukroq natijalarga erishishi uchun barcha imkoniyatni ishga solishadi, xudbin rahbarlar esa ko‘p hollarda o‘z izdoshlarining omadsizligi uchun javobgar bo‘lishadi.

• 19. Dunyoda ikki toifali odamlar bor: Beshinchi darajali rahbar bo‘lishga qobiliyati yo‘qlar va qobiliyati borlar.

• 20. Muammolaringizni "sotmoqchi" bo‘lsangiz, buni eng yaxshi kadrlaringiz bilan qilmang. Bu tashkilotni o‘zgartirishning kichik sirlaridan biri. Kemadagi asosiy o‘rinlarni eng yaxshi xodimlaringiz egallashsa, ular yo‘nalishdagi o‘zgarishni har doim qo‘llab-quvvatlashadi.

• 21. Buyuk kompaniyalar rahbarlari o‘zgarishlarni avval jamoaga kerakli odamlarni jamlash (va keraksizlardan xalos bo‘lish)dan boshlashdi, keyingina qayerga yo‘l olishni hal qilishdi.

📚 @e_kutubxona
2025/06/26 22:19:11
Back to Top
HTML Embed Code: