Telegram Web Link
#eco_expo

ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Korea Respublikasining ekologiya sohasidagi nufuzli kompaniyalaridan biri — KIDL rahbari Kim Jae Yong,  Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Baxromjon Jumanov ishtirokida
uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ekologik yoʻnalishda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida yaqin kunlarda Koreya delegatsiyasining Fargʻona viloyatiga rasmiy tashrifi rejalashtirildi.

🌀Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — atrof-muhit oʻzgarishlari, iqlim ifloslanishini oldini olish choralarini muhokama qilish, shuningdek, boshqa dolzarb ekologik masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat.


Mazkur uchrashuv ikki tomonlama ekologik loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi
#eco_expo

“ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Italia, Korea, Xitoy, Shvetsaria, Qatar, Rossiya, Qozog’iston Respublikalaridan ekologiya sohasi vakillari hamda xalqaro tashkilot va nufuzli kompaniyalar rahbarlari hamda mahalliy hudud vakillari bilan Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Baxromjon Jumanov ishtirokida natijali
uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ekologik va turizm yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolanib, atrof-muhit oʻzgarishlari, iqlim ifloslanishini oldini olish choralarini hamkorlikda muhokama qilish, shuningdek, boshqa dolzarb ekologik masalalar yuzasidan ham fikrlar  almashinildi.

Mazkur uchrashuvlar, tomonlarda ekologik yangi loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
2025/07/09 02:19:57
Back to Top
HTML Embed Code: