Telegram Web Link
📍 Beshariqda avtomobillarni yuvish shoxobchalarida ekologik tartibot ishlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 25-iyun kuni Beshariq tumani prokuraturasi va tuman Ekologiya bo‘limi hamkorligida tuman hududida faoliyat yuritayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

👷‍♂️ Tashriflar davomida shoxobcha rahbarlariga quyidagilar tushuntirildi:

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish zarurligi;

Oqova suvlarni maxsus betonlangan va izolyatsiyalangan tindirgichlarda to‘liq tozalash majburiyati;

Bosqichma-bosqich suv aylanma tizimlarini joriy etish, suv tejovchi texnologiyalar bilan jihozlash;

Shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy avtomobil yuvish turlarini kengaytirish tavsiya etildi.

♻️ Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.


📌 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Forwarded from UzReport.news
Davlat ekologik ekspertizasi markazi “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida 1-o‘rinni egalladi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan stendda ekologik ekspertiza sohasidagi yutuqlar, interaktiv taqdimotlar, mahorat darslari, zamonaviy texnologiyalar hamda milliy-madaniy unsurlar uyg‘un tarzda namoyish etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-ekologik-ekspertizasi-markazi-eco-expo-central-asia-2025-ko-rgazmasida-1-o-rinni-eg

Lotin|Кирилл
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik — davr talabi!

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan muhim tadbir tashkil etildi.

📍 Oltiariq tuman bo‘limida boshqarma bosh mutaxassislari B.Qo‘chqarov va M.Qodirovlar tomonidan davra suhbati o‘tkazilib, unda:

Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish,
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish,
Qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat kabi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, har bir noqonuniy holat uchun jazo muqarrarligi, shuningdek Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi selektor yig‘ilishidagi topshiriqlari yuzasidan tushuncha berildi.

📢 Korrupsiyaga qarshi kurash—har birimizning vazifamiz!

🟢Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik — davr talabi!

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan muhim tadbir tashkil etildi.

📍 Farg'ona tuman bo‘limida boshqarma bosh mutaxassislari B.Qo‘chqarov va M.Qodirovlar tomonidan davra suhbati o‘tkazilib, unda:

Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish,
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish,
Qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat kabi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, har bir noqonuniy holat uchun jazo muqarrarligi, shuningdek Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi selektor yig‘ilishidagi topshiriqlari yuzasidan keng tushunchalar berildi.


🟢 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🟢 Nazorat va hamkorlikda muhim qadamlar

Fargʻona viloyat va Quva tuman prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish boshqarmasi, Quva tuman Ekologiya boʻlimi, tuman SEO va JSB xodimlari hamda Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi vakillari hamkorligida Quva tumani "Bahor" MFY hududida joylashgan chiqindilar poligonida nazorat tadbirlari olib borildi.

Tekshiruv davomida chiqindilarni joylashtirish tartibi, sanitariya holati va rekultivatsiya ishlarining amalga oshirilishi koʻzdan kechirildi.

📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan masʼul tashkilot va shaxslarga tegishli tavsiyalar berildi.

♻️ Atrof-muhitni muhofaza qilish – har birimiz uchun muhim vazifa!

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
2025/07/13 06:40:15
Back to Top
HTML Embed Code: