Telegram Web Link
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yozyovon tumani, "Istiqlol" mahallasi, Baliqchi ko‘chasida joylashgan "Mustaqillik" kollektorining (zovur) mahalliy yo‘lga tutash qismi bir shaxs tomonidan egallab olingani, ushbu joydan o‘tuvchi ariq va zovur hududiga beton quyilib, tuproq bilan to‘ldirilgani hamda zovur chetidagi jismoniy shaxsga tegishli yong‘oq daraxtlari qo‘porib tashlangani" haqidagi xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

2024 yil 15 fevralda Viloyat Meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i z. Ismoilov tomonidan berilgan 01/05-57-sonli xatga asosan, fuqaro mazkur zovurdan foydalanish uchun rasmiy ravishda ruxsat olgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlanishicha, zovur chetida joylashgan bir tup yong‘oq daraxti fuqaro B.B. tomonidan kesib tashlangan. Bu holat O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasi 4-bandi talablari asosida amalga oshirilgan. Mazkur qonunga ko‘ra, yog‘och olish yoki mevali mahsulot yetishtirish maqsadida maxsus ravishda ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxs mulki hisoblangan daraxt va butalarni (teraklar, tez o‘suvchi turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun alohida ruxsatnoma talab etilmaydi.

Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatida amal qilayotgan mavjud moratoriy talablaridan kelib chiqib, Yozyovon tuman ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan mahalliy aholiga daraxtlarni ruxsatnomasiz kesish mumkin emasligi va o‘simlik dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi bundan keyin ham o‘simlik dunyosi muhofazasi yuzasidan nazorat va huquqiy tushuntirish ishlarini muntazam davom ettiradi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#sessiya

🟢 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📍 Sessiyada “Oqbilol” MFY hududida “Yashil jamoa parki” tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

🌱 Mazkur tashabbus orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining yashash sifatini oshirish, yashil hududlarni ko‘paytirish maqsad qilingan.

♻️ Shuningdek, sessiya kun tartibida “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish” yuzasidan ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Sobirov o‘z hisobotini taqdim etdi.

Deputatlar — O. Dadajonova, A. Xamdamov, A. Erkaboev, F. Omonova, Sh. Raximov va B. Axmadjonov tomonidan savollar berildi hamda tegishli takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida qarorlar qabul qilindi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
2025/07/01 17:22:18
Back to Top
HTML Embed Code: