Telegram Web Link
📍 Farg‘ona tumanida ekologik tadbir: “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz”

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli ekologik tadbirlar davom etmoqda.

🌱 Ana shunday tadbirlardan biri 2025-yil 2-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida joylashgan “Obod” va “Yuqori Vodil” MFY hududlarida o‘tkazildi.

🧹 Aksiya “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida tashkil etildi va ekologik tozalikka oid muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🤝 Tadbirda Farg‘ona viloyat prokuraturasi, tumandagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari, “Maxsus Garant Avto Servis” MCHJ vakillari, mahalla faollari va ko‘ngillilar faol ishtirok etdi.

♻️ Natijada, 14 tonna chiqindi yig‘ilib, belgilangan markaziy chiqindixonaga olib chiqib ketildi.

📸 Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirishga, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

🟢 Toza muhit — sog‘lom hayot! Keling, tabiatga mehr bilan yondashaylik va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologiyani ta’minlaylik!

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi maxsus videoroligi.

Muallif: Ekofaol Firdavs Omonjonov.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
2025/07/04 21:21:50
Back to Top
HTML Embed Code: