#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qoʻqon shahri 47-MFY hududida, atrof-muhitni ifloslantirish holati kuzatilmoqda” mavzusidagi xabar yuzasidan Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.
Mazkur murojaatda koʻtarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida Qoʻqon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish jarayonida video murojaatda taʼkidlangan holat tasdiqlanmadi. Hududdagi chiqindilar belgilangan tartibda muntazam ravishda olib ketilayotgani va tozalov ishlari yoʻlga qoʻyilgani aniqlandi.
☝️batafsil
Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

👎1
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bu kanalmi, yoki axlat tashuvchi vositami?” sarlavhali xabar yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, ushbu holat Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi eʼtiboriga olingan va tegishli nazorat ishlari olib borildi.
Jumladan, 2025-yil 9-iyul kuni Margʻilon shahar Davlat ekologiya inspeksiyasi xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganish natijasida maʼlum boʻlishicha, ushbu holat Margʻilon shahri hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona Kanali boʻylab, Toʻliq va Ariqboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida kuzatilgan.
Tekshiruv davomida kanalda turli maishiy va qattiq chiqindilar oqib ketayotgani aniqlandi. Bu holat, asosan, kanalga suv kelishi bilan tashqaridan kelib tushgan chiqindilar hisobiga yuz bergan. Hozirgi kunda esa mazkur kanal orqali faqat toza suv oqmoqda.
Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi barcha fuqarolardan kanallarga va suv havzalarga chiqindi tashlamaslikni, atrof-muhit pokligini asrashda faol ishtirok etishni soʻraydi.

👍1