Telegram Web Link
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Dang‘ara tumani, Yangi zamon hududida joylashgan beton zavod faoliyatiga nisbatan mahalliy aholi tomonidan eʼtirozlar ortmoqda" mavzusida tarqalgan xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildiriladi.

Mazkur xabar yuzasidan shu kunning o‘zida Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Dang‘ara tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tuman prokuraturasi, “Yangi zamon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va tuman hokimi yordamchisi hamkorligida nazorat-o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hududda faoliyat yuritayotgan “Fayz binokor” oilaviy korxonasi tomonidan ish jarayonida atrof-muhitga chang tarqalishi oqibatida atmosfera havosiga belgilangan meʼyordan ortiq zararli moddalar tashlanayotgan holati aniqlandi.

☝️batafsil

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi aholi murojaatlarini diqqat bilan o‘rganish va ularga tezkor choralar ko‘rishni davom ettiradi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#maʼrifat_soati

«Siyosiy-maʼrifat soati» boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar haqida maʼlumot berib boruvchi «Siyosiy-maʼrifat soati» boʻlib oʻtdi.

Unda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Oʻquv soati davomida yurtimizda hamda xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar namoyish qilindi.
Jumladan:
"Joy ber”, “Baxouddin Naqshband haqidagi 10 faktlar” va “Mahmud az-Zamaxshariy haqidagi 10 ta faktlar”  videoroliklari namoyish etildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun maʼnaviy va maʼrifiy videolavhalar namoyishi

Shuningdek, davlat xizmatchilariga Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ham maʼlumot beriladi.

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌱 “Yashil makon” – kelajagimiz uchun barqaror qadam! 🌱

📍 Farg‘ona tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar holati, ularning parvarishi va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi.

Ekologik barqarorlik va aholi salomatligi uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

🔄 Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi. Yashil hududlar miqyosini kengaytirish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

🌿 Tabiatga mehr – kelajakka sarmoya!

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
♻️ Ekologiyani muhofaza qilish – umumiy burchimiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga muvofiq, atrof muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va ekologik nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🌍 2025 yil yakuniga qadar I- va II- toifaga kiruvchi, jumladan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga atrof-muhitni ifloslantirmaslik bo‘yicha qatʼiy talablar qo‘yilgan.

Ushbu farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Uchko‘prik tumanidagi pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi 7 ta zavodda Xitoyda ishlab chiqarilgan, yuqori samaradorlikka ega chang va gaz ushlash uskunalari o‘rnatildi.

👷‍♂️ Shuningdek, Uchko‘prik tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi inspektorlari tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

📢 Tabiat — bizning umumiy uyimiz. Unga g‘amxo‘rlik qilish har birimizning masʼuliyatimiz!

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/14 21:18:46
Back to Top
HTML Embed Code: