Telegram Web Link
#eco_expo

“ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Italia, Korea, Xitoy, Shvetsaria, Qatar, Rossiya, Qozog’iston Respublikalaridan ekologiya sohasi vakillari hamda xalqaro tashkilot va nufuzli kompaniyalar rahbarlari hamda mahalliy hudud vakillari bilan Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Baxromjon Jumanov ishtirokida natijali
uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ekologik va turizm yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolanib, atrof-muhit oʻzgarishlari, iqlim ifloslanishini oldini olish choralarini hamkorlikda muhokama qilish, shuningdek, boshqa dolzarb ekologik masalalar yuzasidan ham fikrlar  almashinildi.

Mazkur uchrashuvlar, tomonlarda ekologik yangi loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
#jarayon

Farg‘onada Oqava Suvlarni Tozalash Inshooti Faoliyati O‘rganildi.

Farg‘ona viloyat va tuman prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJga tegishli oqava suvlarni tozalash inshooti faoliyati o‘rganildi.

Xususan, suv tozalash inshootida kunlik qabul qilinayotgan oqava suv miqdori hamda ularni tozalash jarayonlari texnologik jihatdan tahlil qilindi.

Shuningdek, inshoot hududidagi “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan manzarali va mevali daraxtlar holati, ularga qaratilgan agrotexnika ishlari va sug‘orish tizimlari ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli tavsiya va
ko'rsatmalar berildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/06 00:53:57
Back to Top
HTML Embed Code: