Telegram Web Link
#yashil_makon

Rishton tumanida “Yashil bog’”lar holati o’rganildi

2024-yil 24-iyun kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani prokuraturasi hamda Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Rishton tuman bo‘limi hamkorligida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli Farmoni (“Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qarori (“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom) ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida "Dasht-Tegirmon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3.4 gektar va "Dasht-Pandigan" MFY hududidagi 0.5 gektar yer maydonida tashkil etilgan “Yashil bog’”larning joriy holati o‘rganildi.

Natijada, ushbu bog‘lar uchun mas’ul shaxslarga ekilgan ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish, agrotexnik tadbirlarni to‘liq amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#yashil_makon

🚧 Buvayda tumanida “Mening bog‘im” loyihasi jadal rivojlanmoqda! 🌳

Buvayda tumani prokuraturasi tashabbusi bilan Yangi Qadam mahallasida aholi uchun qulay va obod dam olish maskani yaratish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Hududda “Mening bog‘im” loyihasi doirasida:
🔹 Dam olish o‘rindiqlari (besedkalar) o‘rnatildi
🔹 Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi
🔹 Aholi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda

🔍 Buvayda tumani prokuraturasi mas’ullari joyiga chiqib, loyiha to‘g‘ri va samarali yo‘nalishda amalga oshishini ta’minlash maqsadida aniq ko‘rsatmalar berishdi.

🎯 Yangi bosqichda hududni to‘liq aholi xizmatiga topshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va fuqarolar turmush sifatini oshirish maqsad qilingan.

📸 Loyiha yangiliklarini kuzatib boring 👉 @FargonaViloyatProkuraturasi

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#reyd 👮‍♀️

Belgilanmagan joyga qurilish chiqindisi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi

Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Fargʻona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida "Mash’al" MFY hududida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

🔍 Fuqaro A.C. tomonidan qurilish ishlari davomida hosil bo‘lgan chiqindilar belgilangan joy emas, balki noqonuniy hududga tashlab yuborilgan.

♻️ Chiqindilar o‘sha kunning o‘zida tozalandi.

📄 Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasi 1-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro A.C.ga 375 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

❗️Aholidan ekologik qonun-qoidalarga amal qilish so‘raladi. Har birimiz tabiatga befarq bo‘lmasligimiz lozim.

🟢 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#nazorat_tadbiri

💨 Havo namunalari olindi

2025-yil 24-iyun kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida joylashgan “Turon Eko Sement Group” MCHJga tegishli tashkillangan manbalar atrofida havo sifatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

🧪 Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida havo namunalari olindi.

📊 Hozirda ushbu namunalar laboratoriya sharoitida tahlil qilinmoqda.

📢 Natijalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

🟢 Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

22-may — Butunjahon Biologik xilma-xillik kuni

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot kotibi Gulnoza To‘xtasinova ishtirokida brifing.

Har yili dunyo miqyosida biologik xilma-xillikni saqlash, tabiat boyliklarini asrab-avaylash va bu boradagi global muammolarga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2000-yildan boshlab bu sana rasmiy ravishda e’lon qilingan bo‘lib, hozirgi kunda ekologik barqarorlikni ta’minlashda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/01 18:56:02
Back to Top
HTML Embed Code: