Telegram Web Link
#tadbir

♻️Targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

2025-yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini somondan tozalash va shudgorlashga tayyorlashda, somon poyalari va xar xil qurigan o‘simlik qoldiqlariga o‘t qo‘yib yubormaslik borasida tegishli tadbirlarni bajarish talab etiladi. Bu tadbirlarda xalqimizning sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofazasi, tuproq unumdorligini muhofaza qilish nazarda tutilgan.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga somon poyalari yoqilishi, shuningdek, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda fermer xo'jaliklar mas'ullariga takroriy ekin ekish uchun yerni tayyorlash qoidalariga rioya etilishi, somon poyalarini yoqilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borilib, 2025-yil 29-may kunidagi 54/25-sonli ogohlantirish xatlari tarqatildi.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Marg‘ilon markazidagi chiqindi hidiga chidab bo‘lmayapti" mavzusida tarqalgan xabarga (manba) Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasining rasmiy munosabati.

Murojaatda ko‘tarilgan masala Marg‘ilon shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, o‘rganilganda Marg‘ilon shahar B. Marg‘iloniy ko‘chasiga noma’lum shaxslar tomonidan qurilish chiqindilari tashlab ketilgan holati aniqlandi.

Shu kunning o‘zida murojaatda ko‘rsatilgan hududdagi to‘planib qolgan chiqindilar tozalanib, maxsus texnikalar jalb qilingan holda bartaraf etildi.

Davlat inspektorlari hududdagi mas’ullarga ushbu holat takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirish berdi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buvayda tumanida chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda “Agro Rishton Ta’mir Servis” MCHJ xodimlari bilan hamkorlikda chiqindilar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, tuman hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarib yuborishi yuzasidan maxsus litsenziyaga ega tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishi ta’minlanib, qonuniy asosda chiqindilarni olib chiqish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, mavjud chiqindi poligonlari joyida o‘rganilib, ularning sanitariya holati, atrof-muhitga ta’siri va ekologik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Belgilangan tartibga rioya qilmagan subyektlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ogohlantirildi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#tadbir

♻️Targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

2025-yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini somondan tozalash va shudgorlashga tayyorlashda, somon poyalari va xar xil qurigan o‘simlik qoldiqlariga o‘t qo‘yib yubormaslik borasida tegishli tadbirlarni bajarish talab etiladi. Bu tadbirlarda xalqimizning sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofazasi, tuproq unumdorligini muhofaza qilish nazarda tutilgan.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi Dang'ara tuman bo‘limi tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga somon poyalari yoqilishi, shuningdek, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda fermer xo'jaliklar mas'ullariga takroriy ekin ekish uchun yerni tayyorlash qoidalariga rioya etilishi, somon poyalarini yoqilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borilib, 2025-yil 29-may kunidagi 54/25-sonli ogohlantirish xatlari tarqatildi.
2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun


2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

Davlat gerbi dumaloq ko'rinishga ega bo'lib, shaklning so'l tomoni rizq-ro'zimiz timsoli — bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa o'zbekning dong'ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan. Uzoqdagi tog'lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida esa O'zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma'nosi mamlakat aholisining ko'p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O'zbekiston“, deb yozib qo'yilgan.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/05 07:02:58
Back to Top
HTML Embed Code: