Telegram Web Link
#tadbir

♻️Targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

2025-yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini somondan tozalash va shudgorlashga tayyorlashda, somon poyalari va xar xil qurigan o‘simlik qoldiqlariga o‘t qo‘yib yubormaslik borasida tegishli tadbirlarni bajarish talab etiladi. Bu tadbirlarda xalqimizning sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofazasi, tuproq unumdorligini muhofaza qilish nazarda tutilgan.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi Dang'ara tuman bo‘limi tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga somon poyalari yoqilishi, shuningdek, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda fermer xo'jaliklar mas'ullariga takroriy ekin ekish uchun yerni tayyorlash qoidalariga rioya etilishi, somon poyalarini yoqilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borilib, 2025-yil 29-may kunidagi 54/25-sonli ogohlantirish xatlari tarqatildi.
2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun


2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

Davlat gerbi dumaloq ko'rinishga ega bo'lib, shaklning so'l tomoni rizq-ro'zimiz timsoli — bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa o'zbekning dong'ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan. Uzoqdagi tog'lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida esa O'zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma'nosi mamlakat aholisining ko'p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O'zbekiston“, deb yozib qo'yilgan.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#maqola

OAV biz haqimizda

Farg‘ona vodiyining “Ekopress.uz” Ekologik-huquqiy, ijtimoiy siyosiy saytida, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarma boshlig'i maslahatchisi Shoxodat Djuraboyevaning  "Yoshlar - yangi O'zbekiston bunyodkorlari"  mavzusidagi maqolasi chop etildi.

☝️batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuott xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Daraxtlar halokat yoqasida — Suv yo‘qligi ekologik inqirozni boshlayapti!" mavzusida tarqalgan xabarga  Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Murojaatda koʻtarilgan masala Farg'ona shahar Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda  mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda ushbu hududni obodonlashtirish choralari koʻrilib, Shu kunning oʻzida  murojaatda koʻrsatilgan hududdagi  toʻplanib qolgan chiqindilar tozalanib,  maxsus texnikalarni jalb qilgan holda daraxtlar sug'orildi hamda muammo shu kunning o'zida  bartaraf etildi.

Davlat inspektorlari hududdagi masʼullarga ushbu holat qayta takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
2025/07/14 21:38:44
Back to Top
HTML Embed Code: