#Deputat_hududda
Hech bir fuqaro murojaati nazoratdan chetda qolmaydi
Poytaxtimizning Mirobod tumani "Bayot" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, uzoq vaqtdan buyon hal etilmay qolayotgan dolzarb masalalarni bartaraf etish yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Boriy Alixonov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari obodonlashtirish bo‘limi, tuman hokimligi Qurilish boshqarmasi mas’ullari, mahalla raisi va fuqarolar ishtirok etishdi.
Jamoatchilik eshituvida 2024-yil noyabr oyida mahalla hududida elektr o‘tkazgichlar ta’mirlanganligidan so‘ng yo‘llar asfalt qilinmasdan ta’mirtalab holda qolgani, uning natijasida bir nechta ko‘zi ojiz fuqarolar jarohat olganligi qayd etildi. Ushbu masala yuzasidan mas’ullar tomonidan muammoni hal etish bo‘yicha rejalari tinglandi, 10 kun muddatda yo‘llarni to‘liq ta’mirlash bo‘yicha qaror qilindi.
"Bayot" mahallasi 8-uy yer to‘lasida suv quvurlaridagi nosozliklar tufayli bug‘lanish muammosini bartaraf etish bo‘yicha dastlabki amaliy ishlar boshlanib, 10 kun muddatda to‘liq ta’mirlanishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, mazkur eshituv davomida mahallani obodonlashtirish, bolalar maydonchasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish, ko‘p qavatli turar joy binolari atrofida o‘rindiqlar va chiqindi qutilarini o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar va deputatlar mahalla hududida yangi qurilayotgan madaniyat markazi, uning ichki qismida yarim ta’mir holida qolgan xonalarni to‘liq rekonstruksiyasini yakuniga yetkazish zarurligi, mavjud muammolarni mas’ullar bilan bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.
Deputatlar ushbu har bir muammoni qonun doirasida tez va ijobiy bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan nazorat olib borishlari, hal etilmagan dolzarb masalalar bo‘yicha mas’ullarga deputat so‘rovi yuborilishini ta’kidlab o‘tdilar.
✅ Telegram|✅ Facebook | 🌐 Instagram |🌐 Web site | 📹 You Tube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM