Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qizil_kitob

Qizil kitobga kiritilgan Qoshiqburun qushi haqida eshitganmisiz? Uning nima uchun bunday nomlanishinichi?

Buni mana shu videoda bilib olishingiz mumkin.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
#Gazeta_oqidingizmi

Insoniyatga namuna:

Dunyodagi ilk chiqindisiz qishloq


Dunyo e’tiborini tortgan eng qiziqarli tajriba Yaponiyaning Kamikasu qishlog‘ida amalga oshirildi. Bu yerda aholi hech qanday moddiy foyda kutmasdan, tabiatni asrashni o‘z hayot tarziga aylantirdi. Ular dunyodagi birinchi «nol chiqindi» tamoyilida yashaydigan qishloq bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu oddiygina ekologik tashabbus emas, bu – ongning yuksak namunasidir.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/392

«Oila va TABIAT» gazetasi
25-son, 26-iyun 2025-yil

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2🔥1
Tahlil va tanqid: Faollik bor, samaradorlik yetarli emas

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xovos tuman Kengashining 2025-yil I yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, BPT raislari va partiya faollari ishtirok etib, olti oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.

“Ekologiya va salomatlik” klubi tomonidan o‘tkazilgan 5 tadbirda jami 145 nafar ishtirokchi qamrab olingani ma’lum qilindi. Biroq bu ko‘rsatkich tuman miqyosida yetarli emasligi, tadbirlarning ommaviyligi, doimiyligi va samaradorligi pastligi tanqid qilindi.


Yig‘ilishda, shuningdek, aholining ekologik muammolarga nisbatan faolligini oshirish, ayniqsa yoshlar bilan tizimli ishlashda sustkashlik mavjudligi qayd etilib, bu borada aniq choralar belgilandi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
Ekoreyd davomida xavfli yong‘in holatiga chek qo‘yildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi hamda Zarbdor tuman partiya tashkiloti hamkorligida Zarbdor tumanida navbatdagi ekoreyd o‘tkazildi.

Tadbir davomida Zarbdor tumanidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlandi. Voqea joyiga yetib borgan Ekopartiya vakillari mas’ul mutasaddilardan yong‘inning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in elektr kabellaridagi chaqnash natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, havo haroratining yuqoriligi sababli alangalanish tez sodir bo‘lgan.


Mazkur holat bo‘yicha partiya mutasaddilari tomonidan darhol Zarbdor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar berildi. FVV xodimlari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, yong‘inni bartaraf etdilar.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
Yarim yillik hisobot: raqamlar, tashabbuslar va rejalar

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya faollari, deputatlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2025-yilning birinchi yarim yilligiga oid faoliyat sarhisobi ko‘rib chiqildi. Hisobotlarga ko‘ra, viloyat va tuman (shahar) Kengashlaridagi 10 ta deputatlik guruhi tomonidan 53 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning 36 tasi ijobiy hal etilgan.

Hududlarda 278 ta targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilib, ularda 7500 nafardan ziyod fuqaro, asosan yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etgan. “Yashil makon” loyihasi doirasida 35 ta jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazilgan.


Yig‘ilish yakunida aholining ekologik madaniyatini oshirish, yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va partiya safini kengaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3👏2
Oila_va_tabiat_27-son.pdf
5.9 MB
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2025-yil 10-iyuldagi 27-sonida o‘qing:

Ekopartiya deputatlari: QONUNCHILIKDAN – XALQNI ESHITISHGACHA

O‘EP fraksiyasining takliflari inobatga olindimi?

Abdushukur HAMZAYeV:
. Orolbo‘yidagi tiriklik
uchun hammamiz mas’ulmiz!

CHIQINDI – jamiyatning hamon og‘riqli muammosi

Muammoga «oson yechim topish» oqibati bizga qimmatga tushmayaptimi?

Jonli tabiat: qo‘riqchi olakuzanlar

Web ilova orqali o‘qish

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun "yechimlar atlasi"

Davlatimiz rahbari Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun “Yechimlar atlasi” taqdimoti bilan tanishdi.

"Yechimlar atlasi" qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Masalan, hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining "qizil chizig‘i"gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi.

Atlas shahar muhitini loyihalashda barqaror rivojlanish maqsadlarini hamda milliy koloritni tatbiq etishga xizmat qilishi bilan partiyamiz yo’nalishlariga to’la mos keladi. Uyg‘un va ekologik toza maskanlarni yaratishga ko‘maklashib, aholining hayot sifatini yaxshilaydi. Ochiq jamoat joylarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.


Taqdimotda ushbu talablarning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar ko‘rib chiqildi. Shaharning o‘ziga xosligini saqlagan holda qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, turmush madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
2025/07/14 13:05:49
Back to Top
HTML Embed Code: