Telegram Web Link
#Deputat_hududda

🌱Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari o’rinbosari Oybek Rahimovning navbatdagi manzili Buxoro shahridagi “Gulchorbog’” MFYda bo’ldi.

🌿O’rganishlar davomida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholining turmush farovonligini, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oila daromadini ko’paytirish, jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalarda o’zaro fikr almashildi.

📌Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo’yicha xonadonlarda bo’lib, meva-sabzavot yetishtirishda biologik ishlov berish masalalari yuzasidan tushunchalar berib, tomorqa yerlaridan yanada samarali foydalanish bo’yicha o’z tavsiyalarini aytib o’tdi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Аbdushukur Xamzayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Deputat_hududda

Yerning umrini bekorga o‘tkazmasdan undan rizq-baraka topayotgan jomboyliklar

Tomorqasida malina yetishtirib, 5 sotixdan 45-50 million so‘m daromad topayotgan xonadonlar o‘rganildi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Baxtiyor Pulatov
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosining nazorati boʻyicha Sariosiyodagi o‘rganishlarim davom etmoqda.

Bu safar tumandagi "Billur" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi vakillarining kundalik faoliyati, yaratilgan sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdim.

Uchrashuv davomida profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi vakillarining o‘zaro hamkorligi, aholining dolzarb muammolarini hal etishdagi yondashuvlarini tahlil qildik. Shuningdek, jinoyatchilikka moyil hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mahallalardagi profilaktika inspektoriga qo'shimcha yordamchi sifatida “mahalla posboni” lavozimini qayta tiklash lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va hamkorlikdagi tashabbuslarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdim.

Mazkur tashrif mahallalarda tizimli yondashuv asosida ishlash, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, faollik va jamoaviy mas’uliyatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

#Ecopartiya #Surkhandaryo #Deputat_hududda

Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

📱telegram 📱instagram 📱facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Аёллар бандлиги ва маҳаллий ишлаб чиқариш — депутатлар “Тамара текстил”да

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Сапаргул Утемуратова ва Жўқорғи Кенгес депутати Айсанем Бегимова Амударё туманига амалга оширган хизмат сафари доирасида «Чордора» маҳалла фуқаролар йиғинида жойлашган “Тамара текстил” тикувчилик цехи фаолияти билан танишдилар.

👩‍💼 Корхонага «Фаол тадбиркор» кўкрак нишони соҳибаси Тамара Юсупова раҳбарлик қилмоқда. Унинг ташаббуси билан ташкил этилган мазкур тикувчилик цехи мактаб формалари ишлаб чиқаришга ихтисослашган бўлиб, бугунги кунда 43 нафар хотин-қизни доимий иш ўрни билан таъминлаган.

📍 Депутатлар мазкур ташриф давомида корхонада яратилган шароитлар, ишлаб чиқариш жараёни ва хотин-қизлар учун яратилаётган имкониятлар билан яқиндан танишишди.

💬 Аҳолининг бандлигини таъминлаш, аёллар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш ва маҳаллий ишлаб чиқаришни ривожлантириш борасидаги бундай ташаббуслар ҳудудлар тараққиётида муҳим аҳамият касб этади.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
#Buxoro
#Deputat_hududda
#yoshlar_kuni

Tabiatni asrashda uch avlod olimlarning mushtarak yondashuvlari

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat texnika universiteti hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida “Tabiatni asrashda uch avlod olimlarning mushtarak yondashuvlari” mavzusida ilmiy-innovatsion ko‘rgazma va uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbir davomida ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan yosh olimlar, tajribali professorlar va faxriy mutaxassislar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oybek Rahimov, universitet rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etib, ko'rgazma bilan yaqindan tanishib chiqdi hamda yoshlarni ilmiy izlanishga da’vat etdilar.

🔬 Yoshlarning innovatsion ishlanmalari namoyish etilgan ko‘rgazma ham mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Аbdushukur Xamzayev
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, qadrli jurnalistlar!

Barchangizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Yurtimiz taraqqiyoti va mamlakatimiz rivoji yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki dunyo hamjamiyatiga yetkazishdek mashaqqatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiqdir.

Shuningdek, jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘un munosabatni mustahkamlash, ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratishdagi faolligingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Kasbiy faoliyatingizda yangi zafarlar, ijodiy parvozlar tilayman!

Hurmat bilan,
Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi raisi


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekopartiya

"Baliqchilik: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish sari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumandan lavha

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 17:37:16
Back to Top
HTML Embed Code: