Telegram Web Link
Yarim yillik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Buloqboshi tuman Kengashining olti oylik faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat Kengashi raisi, tuman Kengash a’zolari, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi, “Yosh ekologlar” qanoti vakillari ishtirok etdi.


Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Faollar tomonidan bildirgan taklif va murojaatlar muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Shuningdek, ekologik barqarorlik, aholining salomatligi va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan tashabbuslar e’tirof etildi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156👏143🔥135
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning qaror va farmonlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va fraksiyaning ish rejalari hamda partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan ishlar tahliliy ruhda ko‘rib chiqilyapti.

Bizni kuzatishda davom eting. Jarayonlar bilan tanishtirib boramiz.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍160🔥143👏139
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

Hisobot davrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil hamda 2025-yilga mo‘ljallangan boshqa asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha samarali ish olib bordi.

Qonun ijodkorligi yo‘nalishida fraksiya a’zolari deputatlar tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan 5 ta qonun loyihasiga hamtashabbuskor bo‘ldi.

Shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, atrof-muhit monitoringi samaradorligini oshirishga qaratilgan 6 ta (shundan 2 tasi esa yaxlit qonun) loyihasi ustida ish olib borildi.

Shu bilan birga Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan 11 ta qonun loyihasi va qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga qaytarilgan 2 ta Qonunga mas’ul bo‘ldi.


Fraksiyamiz a’zolari tomonidan har oyning so‘nggi haftasida saylov okruglarida o‘z saylovchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari mobaynida Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari va qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazildi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥39👏2
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi, partiya Markaziy Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shu jumladan, partiya guruhlari bilan hamkorlikda Qonunchilik palatasi muhokamasida bo‘lib turgan "Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, palata deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida tayyorlanayotgan "Chiqindilar to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining joylardagi muhokamasi tashkil etildi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏155🔥146👍140
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

Shu bilan birga, hisobot davrida fraksiya yig‘ilishlarida qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan 7 marotaba tegishli mansabdor shaxslarning axborotlari eshitildi.

Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, har oyning oxirgi haftasida fraksiya a’zolarining o‘z saylov okruglaridagi o‘rganishlari tashkil etildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga 26 marotaba deputatlik so‘rovi yuborildi.


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

11 mingga yaqin fuqaro, 700 dan ziyod tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi

Fraksiya a’zolarining o‘z saylov okruglarida tashkil etilgan o‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan saylov okrugidagi jami 182 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 270 ta xonadonga tashrif buyurilib, 281 ta uchrashuv o‘tkazildi. Ularda 10 897 nafar fuqaro, shu jumladan 723 nafar tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi hamda 227 ta ijtimoiy soha ob’yektining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ushrashuvlar davomida jami 774 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularda saylovchilar tomonidan jami 418 ta masalalar ko‘tarildi. Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida aholi tomonidan ko‘tarilgan 45 ta masala joyida hal etildi.

J
oyida hal etilmagan tuman va viloyat darajasidagi 362 ta masala deputatlar tomonidan mahalliy ijro hokimiyati bilan birgalikda hal etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi. Respublika darajasida aniqlangan 11 ta masalani fraksiya a’zolari tomonidan parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal etish belgilab olindi.



Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥151👍149👏136
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi

O‘tgan vaqt davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga fraksiya a’zolari nomiga fuqarolardan jami 133 ta (73 ta yozma va 60 ta elektron shaklda) murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 24 tasi yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, 98 tasi ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga yuborildi.

Bundan tashqari o‘tgan davrida fraksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Samaraqand va Buxoro viloyatlarining bir qator tumanlarida o‘rganishlar amalga oshirildi.

Ishchi guruh tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasining mazmun mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 62 ta mahallada aholi va keng jamoatchilik vakillari hamda 49 ta tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda 11 800 nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏3🔥2
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш, инфратузилмасини яхшилаш ва тирбандликларни камайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам повышения безопасности и улучшения инфраструктуры дорожного движения, а также снижения заторов на дорогах.

Facebook|Instagram|X
🔥153👏25👍10
Президент раислигида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш ва тирбандликни камайтириш бўйича видеоселектор йиғилиши бошланди.

Охирги 7 йилда бу борада кўп ишлар қилингани таъкидланди. Йўлларни қуриш ва таъмирлашга 61 триллион сўм ажратилди. Бу 2017 йилгача берилган маблағлардан 3,5 баробар кўп.

Онлайн мурожаат тизими ишга тушиб, йўл ҳаракати хавфсизлиги бўлинмаларига келиш 50 фоизга камайди.

Шунингдек, 3 минг 365 нафар ЙҲХХ ходимига электрон планшет ва бодикамера олиб берилди. Қоидабузарликларни сунъий интеллект асосида саралаш ва қарор чиқариш амалиёти жорий қилинди.

Ҳайдовчилик ҳуқуқига имтиҳон, йўл чизиқлари чизиш, техник кўрик каби 8 та хизмат тадбиркорларга аутсорсингга берилди.

Шаҳарларда жамоат транспорти учун махсус йўлаклар ташкил қилинди.

Facebook|Instagram|X
👍4🔥1👏1
Ўтган ойда ҳам ҳайдовчиларга қатор енгилликлар берилди.

Биринчи бор ҳуқуқбузарлик қилганларни жазолаш эмас, огоҳлантириш йўлга қўйилди.

Йўл чизиқларини босиш ҳолатларини камера орқали фиксация қилиш бекор қилинди.

Жамоат транспорти учун мўлжалланган тасмаларда кечқурун бошқа ҳайдовчилар ҳам юришига рухсат берилди.

Шаҳарларда йўлларни кундузи таъмирлаш тақиқланди.

Радар бор жойда йўл белгисини ўрнатиш мажбурий бўлди.

Facebook|Instagram|X
👍4🔥1👏1
Қаерда ҳоким ва ЙҲХХ биргаликда йўл инфратузилмаси билан жиддий шуғулланса, ўша ерда ўзгариш кузатилаётгани қайд этилди.

Мисол учун, Чустдан ўтган Д-105 Фарғона ҳалқа йўлининг 6 километрига муҳофаза тўсиқлари ўрнатилгани учун бу йил ўлим билан боғлиқ авария бўлмади (илгари бу йўлда йилига 10 нафар одам вафот этарди).

Президент топшириғига кўра, халқаро ва давлат аҳамиятидаги йўллар ҳолати ўрганилди.

1 минг 557 километр йўлларда бетон ва темир тўсиқлар, 967 километр тротуар, 38 мингта йўл белгиси етишмаслиги аниқланди.

Шу муносабат билан Президентимиз йўл инфратузилмасини яхшилаш орқали аварияларни камайтириш бўйича “Хавфсиз йўл” миллий дастури бошланишини эълон қилди.

Facebook|Instagram|X
👍2🔥1👏1
Forwarded from Аbdushukur Xamzayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Deputat_hududda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borgan o‘rganishlarimiz davomida islohotlar juda katta samara bera boshlaganini guvohi bo‘ldik.


Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
2025/07/14 21:54:28
Back to Top
HTML Embed Code: