Telegram Web Link
#Eko_statistika

Bugun, 11-iyul — dunyo bo‘yicha Xalqaro aholi kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 1987-yilda Yer yuzida aholi soni ilk bor 5 milliardga yetgan kun munosabati bilan e’lon qilingan. 2025-yilga kelib esa dunyo aholisi 8,2 milliarddan oshdi.

Har yili (o‘rtacha) 80 million kishi qo‘shiladi. Aholi 2030-yilda 8,6 milliard, 2050-yilda 9,8 milliard, 2100-yilda esa 11,2 milliardga yetishi kutilmoqda.

Jahon bo‘ylab tug‘ilish darajasi 17 % (1000 aholi uchun) atrofida. 55% aholi 30 yoshdan kichik, ya’ni yoshlar dunyo bo‘ylab ko‘pchilikni tashkil etadi.

Bugungi kunga kelib global aholi 8,2 milliarddan oshdi, bu butun tabiat, infratuzilma va ijtimoiy tizimlarga katta bosim tushiradi. Shu bilan birga, ko‘plab rivojlangan davlatlarda tug‘ilish darajasi pasayib, yoshlar va qariyalar muammolari ham yuzaga kelmoqda.


Aholi sonining o‘sishi – imkoniyat ham, muammo ham. Barqaror taraqqiyot uchun har bir insonning sog‘lom hayoti, ta’limi, yashash sharoiti va kelajagi haqida o‘ylash kerak.

Xalqaro aholi kuni — bu insonlar soni emas, ularning sifatli hayoti haqida fikrlash kuni!

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 x.com | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
5 mingga yaqin tabiatsevar yoshlar qamrab olindi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat partiya tashkiloti tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab Viloyat partiya tashkiloti raisi vazifasini bajaruvchi X.Yusupovning hisoboti eshitildi. Unga ko‘ra o‘tgan 6 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 370 dan ziyod turkum ekologik tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, ochiq muloqotlar, aksiyalar, ekologik sanalar munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda 14 mingga yaqin aholi qamrab olingan.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/396

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 x.com | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
🏢 “Hukumat soati”da transport vaziri deputatlarning savollariga javob berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Mamlakatimizda yo‘l xo‘jaligi sohasini takomillashtirish, bu borada xususiy sektor ishtirokini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan deputatlarning savollariga transport vaziri I. Mahkamov javob berdi.


🔴BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2
#Olam_munozara_klubi

Chiqindi muammosi va uni hal etish choralari muhokama qilindi


Chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash masalalari bugungi kunning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Olam munozara klubi”ning navbatdagi sessiyasida shu haqda so‘z yuritildi.

“Aholi yashash hududlaridagi chiqindi muammosi va uni hal etish choralari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring, qiziqarli savol-javoblar va bahslarga boy tarzda o‘tgan “Olam munozara klubi”ning batafsil videosi tez orada ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.

Telegram|Facebook | 🌐Instagram |🌐 x.com | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏3
2025/07/13 20:28:32
Back to Top
HTML Embed Code: