Telegram Web Link
12-may Ekologik ta’lim kuni

Ekologik ta’lim – tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida Toshkent Botanika bog‘ida 12-may “Ekologik ta’lim kuni”ga bag‘ishlab odavra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya xodimlari, Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

davra suhbatida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayzieva, Olmazor tuman Kengashi raisi Shahnoza Umarxodjayeva so‘zga chiqib, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish — bugungi avlod vakillarining muhim vazifasi ekanligi, ekologik ta'lim va madaniyat tushunchasini teran anglash lozimligi to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berishdi.

Tadbir yakunida talabalar Botanika bog‘i hududidagi noyob va qimmatbaho daraxtlar turlari bilan tanishtirildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakuniga yetgan hafta davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan qilingan ishlar haqida haftalik dayjest.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Bugun, 12-may – Ekologik ta’lim kuni

Ekologik ta’lim jahonda ham, O‘zbekistonda ham umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Ekologik ta’lim aholida ekologik madaniyatni va atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantiradigan eng muhim omildir.
Chunki kelajakda sayyoramizni asrab qolishning yagona yo‘li bu ekologik vaziyatni o‘nglash desak xato bo‘lmaydi.

Dunyo ahlini sarosimaga solayotgan global ekologik muammolar tabiiyki O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir. Bugun mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning eng muhim vazifalari hal qilinmoqda, ammo ayni shu jarayonda ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirmasak ekologik muammolar yanada og‘irlashishi mumkin. Ekologik ta’lim sifatini o‘zgartirmas ekanmiz, ekologik muammolarga yechim topish mumkin emas.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya yoshlar nigohida

12-may — Ekologik ta’lim kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Olmaliq kon metallurgiya kombinatida "Ekologiya yoshlar nigohida" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Ekologik partiyasi Olmaliq shahar Kengashi raisi D Yunusov, Olmaliq kon metallurgiya kambinati faol xotin qizlari va yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimizda ekologik talimni rivojlantirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarga oqilona munosabatda bo‘lish haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda Osiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, partiya fraksiyasi deputatlari ham ishtirok etmoqda.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news-page/view/307

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ot tuman partiya tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi raisi A.Urazbayevlar ishtirokida Bog‘ot tuman partiya tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida partiya faoliyatini rivojlantirish, a’zolar safini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/15 07:27:41
Back to Top
HTML Embed Code: