Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💂‍♂️ Bolalar dunyosini qogʻozga mahorat bilan tushira olgan yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev yoshu qarining sevimli adibi hisoblanadi. Uning asarlari nafaqat oʻzbek kitobxonlari orasida ardoqli, balki dunyoning barcha davlatlarida maʼlum va mashhurdir.

🧑🏽‍🌾Yozuvchining ismi tilga olinishi bilan barchaning koʻz o'ngida soʻzsiz uning “Sariq devni minib” asari gavdalanadi.

“Sariq devni minib” sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan boʻlib, asarda Hoshimjon obrazi orqali orzu-havasga eltadigan chinakam yoʻl halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan oʻqishda ekanligi komik voqealar asosida yetkazib beriladi.

📖 Bolalar uchun sof va sodda tilda yozilgan ushbu asarning mazmun mohiyati endi Edu Kids dayjestida!

Website | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌖 Yilning eng qisqa va eng uzun kunlari qaysi ekanligini bilasizmi?

🌗 Kun va tun almashinuviga nimalar sabab bo‘lishini-chi?

🌔Yer yuzidagi turli shaharlarda quyosh chiqishi va botishi har xil vaqtlarda kuzatilishi haqida ma’lumotga egamisiz?

💫Edu Kidsning navbatdagi dayjestida yorugʻlik haqidagi bilimlarimizni mustahkamlaymiz.

Olgan bilimlarimiz asosida savollarga javob beramiz.

Edu Kids – bilimlar manbai!

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨Leonardo da Vinchi nafaqat buyuk rassom, balki iste’dodli ixtirochi, muhandis boʻlganligidan xabaringiz bormi?

🛩Uning qo‘lyozmalari orasida uchish apparatlari, parashyut, suv osti kemasi kabi ajoyib narsalarning loyihalari topilgan. Bir necha yuz yillardan so‘ng bularning barchasi qaytadan ixtiro etildi. Samolyot paydo bo‘lmasdan yuz yillar avval Leonardo da Vinchi qushni eslatuvchi uchish apparatini yaratgan.

⚡️Edu Kids’ning yangi dayjestida Leonardo da Vinchining ijodi va hayoti haqida shu kabi qiziqarli ma’lumotlarga ega boʻlasiz!

Website | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BIOXILMAXILLIK 🧬

🌏Yer sayyorasining go‘zal tabiati haqidagi bilimlaringizni oshirishni istaysizmi?

🦥 Turli-tuman jonzotlar yashaydigan ekosistemalarni o‘rganishni-chi?

🕸Ekosistemalar tabiiy va sun’iy ravishda hosil bo‘lishini bilasizmi?

🐛Atrof-muhitni nazorat qilishda bioxilmaxillikning ahamiyati qay darajada?

🌳Edu Kids’ning yangi dayjesti bioxilmaxillik mavzusini ochib berishga qaratilgan.🎞

#tabiat #bioxilmaxillik #EduKids #PISA

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💨Shamol generatorlari nima?

⚡️Shamol generatorlari yordamida elektr toki hosil qilinishini bilasizmi?

Bugungi kunda butun dunyo boʻylab energiyaga boʻlgan ehtiyoj oshib bormoqda. Koʻpgina elektr stansiyalari neft, koʻmir va gaz yonishi hisobiga ishlaydi. Shamol generatorlari yordamida esa elektr energiyasini ishlab chiqarish eng muqobil yechim hisoblanadi.

Edu Kids'ning yangi dayjesti orqali shamol yordamida elektr energiyasini ishlab chiqish, shamol generatorlarining afzalliklari va kamchiliklari xususida yangi bilimlarga ega boʻlamiz!

🌏Edu Kids bilan dunyoni kashf etamiz!

#shamol #elektr_energiya #EduKids #PISA

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✏️Edu Kids qahramonlari Samir va Diyoraning bugungi dars mavzui Abu Rayhon al-Beruniy faoliyatiga bag‘ishlanadi

Dars jarayonida:

◽️buyuk olimning hayoti;

◽️tarix, geografiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya kabi fanlarga qo‘shgan ulkan hissasi;

◽️ixtirolari haqida gaplashamiz.

O‘ylaymizki, yangi dayjestimizda siz ham ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Reklama qilinayotgan soatlarning strelkasi nega 10 soat 10 daqiqani koʻrsatadi?

Kamdan-kam odam reklama qilinayotgan qo‘l soatlarining strelkalari 10 soat 10 daqiqani ko‘rsatishiga e’tibor berishadi.

Nima deb oʻylaysiz, nega soat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oʻz mahsulotlarini reklama qilayotgan paytda soat strelkalarini 10 soat 10 daqiqaga toʻgʻirlab qoʻyishadi?

Ushbu savolga quyida dayjestimiz orqali javob topasiz.

Biroq videoni koʻrishdan oldin oʻz taxminlaringizni izohlarda qoldiring.👇🏼

Aytgancha, ahamiyat bersangiz ushbu telegram smayliklarida ham strelkalar 10 soat 10 daqiqani koʻrsatmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗺Edu Kids’ning yangi dayjesti Marko Pologa bagʻishlanadi!

🌎Marko Poloning (1254-1324) hayoti qiziqarli tafsilotlar va qarama-qarshiliklarga boy, lekin bir narsa aniq. Venetsiyalik savdogar O‘rta yer dengizidan Xitoyga ajoyib sayohatni amalga oshirgan. Safaridan keyin u “Dunyo xilma-xilligi kitobi”ni yozadi, u tarix, geografiya va etnografiya bo‘yicha qimmatli manbaga aylanadi.

Ma’lumki, Xristafor Kolumb sayohatni yo‘lga qo‘yib, yangi dunyoga boradigan yo‘lni topish va aniqlash uchun ma’lumotnoma sifatida Poloning asaridan foydalangan.

Bizning yangi multfilmimizda Marko Polo hayotiga oid shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlarga ega boʻlasiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
🌍Globus — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasidir.

⚡️Dunyodagi eng katta globus nomi Eartha boʻlib, uning diametri 12,6 m. tashkil etadi.

Biroq globus Markaziy Osiyoda ilk bor kim tomonidan yaratilgan?
Javoblar:
a) Mirzo Ulugbek
b) Abu Rayhon Beruniy
c) Ahmad Farg‘oniy
Javobingizni izohlarda qoldiring👇🏼

Toʻgʻri yoki notoʻgʻri javob berganingizni esa quyidagi dayjestimiz orqali bilishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩Edu Kids’dan “Yagona Hikoya” dayjesti

Olis yurtlar haqida har hil tasavvurlar mavjud. Bu tasavvurlar turlicha xarakterga ega boʻlishi mumkin. Edu Kids’ning “Yagona Hikoya” dayjestida Nigeriyalik Chimamanda Ngozining bu haqidagi hikoyasi bilan tanishamiz.

Shu bilan birga, yagona hikoya haqida ma’lumotga ega boʻlamiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Vavilonlik eng boy odam” asarini o‘qish nega tavsiya etiladi?

📗AQSHlik yozuvchi Jorj Samuel Kleysonning “Vavilonlik eng boy odam” asari haqida eshitmagan inson bo‘lmasa kerak?!

1926-yilda chop etilgan ushbu asar moliyaviy omadga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi mashhur kitoblar orasidan o‘rin olgan bo‘lib, millionlab kitobxonlarning olqishiga sazovor bo‘lgan.

Bugungi kunda “Vavilonlik eng boy odam” kitobini o‘qigan 90% kitobxonlarga ushbu kitob yoqqan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Edu Kids'ning yangi dayjestida ushbu asarni nega o‘qish tavsiya etilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Edu Kids magnit kuchi haqida

Siz magnit temir buyumlarni tortishini bilasiz.
Xo‘sh, nima uchun u jismlarni o‘ziga tortadi?
Bu haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Edu Kids’ning yangi dayjestida magnit maydoni, magnit kuchi va qutblari haqida gaplashamiz…

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🔬Taniqli fizik - Albert Eynshteynni ko‘p marotaba Nobel mukofotiga nomzodlar orasida ilgari surishgani, biroq 12 yil davomida mukofot boshqa olimlarga nasib etib kelgani haqida bilasizmi?

🧪Edu Kids’ning bu galgi dayjesti fizika bo‘yicha 300 dan ortiq ilmiy ishlar va 200 taga yaqin kitob muallifi, taniqli fizik - Albert Eynshteyn haqida.

Ushbu dayjestda Albert Eynshteyn qanday qilib umidini yo‘qotmasdan, fizika bo‘yicha izlanishlarni olib borgani haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘Napoleon Xillning “O‘yla va boy bo‘l” kitobini nega o‘qish tavsiya etiladi?

📚Napoleon Xill talaba paytida OAV da muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Shu paytlar 1908-yilda Endryu Karnegi Napoleon Xillga muvaffaqiyatli amerikalik insonlardan intervyu olishni hamda ushbu intervyular asosida muvaffaqiyatga erishishning universal formulasini ishlab chiqishni tavsiya etadi.

Shu tariqa Napoleon Xill tezlik bilan boylikka erishishning sirli kalitini topishga qaror qiladi. Uning bu urinishi bejiz ketmaydi va 20-yildan so‘ng Xill darhol bestsellerga aylanib ketgan va hozirda ham ko‘plab nusxada sotiladigan “O‘yla va boy bo‘l” deb nomlanuvchi kitobini chop etadi.

Bugungi kunda “O‘yla va boy bo‘l” kitobi ko‘pchilik tomonidan sevib o‘qiladi. Edu Kids’ning yangi dayjestida biz ushbu kitobni nega oʻqish kerakligi haqida soʻz yuritamiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fantastik janrdagi asarlar ishqibozlari diqqatiga!

Edu Kids Sizlarga amerikalik fantast yozuvchi Ayzek Azimovning “Koinot oqimlari” asarini oʻqishni tavsiya qiladi!

Muallif mazkur asari orqali oʻsha davrning juda dolzarb mavzusini koʻtargan, yurtimizning ojiz ijodkorlari bitolmagan hayotni tasvirlab, real hayotdagi muammolarni aks ettirgan.

Aziz bolajonlar, “Koinot oqimlari” asari orqali ulkan ijobiy quvvat va astronomik bilim olishga muvaffaq boʻlasiz.

Ushbu romanni kitob.uz elektron kutubxonasi orqali oʻzbek tilida mutlaqo bepul mutolaa qilishingiz ham mumkin.

Bundan tashqari, dayjest fantastik janrda ijod qilgan yozuvchi Ayzek Azimovning hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumot taqdim etadi.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 XXI asr axborot texnologiyalari (IT) asri!

💻Nima sababdan IT kelajak sohasi?

🖥IT sohasi qaysi yoʻnalishdagi kasblarni oʻz ichiga oladi?

✍🏼SEO, SMM, kopirayter kasblari ham IT sohasiga oidligidan xabardormisiz?

Xoʻsh, IT sohasi yana qaysi kasblarni qamrab oladi?

Bu kabi savollarga Edu Kids'ning "IT - kelajak sohasi" dayjesti orqali javob topamiz.

❗️Bu maʼlumotlar Sizning kelajakda qaysi kasb egasi boʻlishingizdagi savollaringizga javob berishi mumkin!!!

Edu Kids bilan foydali maslahatlar!!!

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids dayjestlarini koʻring:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz o'quvchilar! 👧🏻👦🏻

📣 Qishki ta’tilda bilim va tasavvuringizni kengaytirish uchun bepul onlayn resurs qidiryapsizmi? 🔍 Agar javobingiz "HA" bo'lsa, Sizga Xalq ta’limi vazirligining "Edu Kids" loyihasini tavsiya etamiz! 🤩

🔹Edu Kids loyihasi – Siz aziz o'quvchilar uchun moʻljallangan ilmiy-ommabop animatsion dayjestlar iborat.

🎯Dayjestlarning asosiy maqsadi - yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirish, shuningdek o'quvchilarda ma'lum bir mavzular bo'yicha aniq tasavvurni shakllantirish, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarning rolini yanada oshirishdir.

Bugungi kunga qadar Edu Kids doirasida 1️⃣0️⃣0️⃣ dan ortiq dayjestlar ishlab chiqilgan, Ular:
📚Kitoblar;
👨🏻‍💻Buyuk insonlar;
🧩Bu qiziq;
📒STEAM kabi yo‘nalishlarga oid.

Dayjestlarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:🔻
🌐
Telegram
🌐 Instagram
🌐 Facebook
🌐 YouTube
▶️ iTV platformasi
📺 Bolajon telekanali

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Edu Kids
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mnemonika nima?

🧠 Mnemonika - eslab qolish sanʼati. Unga erishish uchun nima qilish kerak?

🔆 🧩 Xotirani mustahkamlash borasidagi eng kerakli tavsiyalar Edu Kidsʻning navbatdagi daydjestida batafsil bayon etiladi.

⚜️Avraam Linkoln: “Men qachon ovoz chiqarib oʻqisam, fikr ikkita his etish aʼzosi orqali qabul qilinadi. Birinchidan, nimani oʻqisam, oʻshani koʻraman, ikkinchidan, men uni eshitaman, shuning uchun juda yaxshi eslab qolaman”.

🎥
Navbatdagi daydjestimiz mavzusi - xotira.

#EduKids #NewDigest #Mnemonika #Xotira

Kanallarimizga ulanish uchun:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡21-asrning eng ajoyib ixtirolari Edu Kids'ning yangi dayjestida!

🧠Inson aqli bilan yaratilgan yangi bir narsa ixtiro deb ataladi.

Edi Kids loyihasining navbatdagi dayjestida:
🫀Sun’iy yurak;
🤖Robot xirurglar;
👟Nike GO FlyEase krossovkalari;
🖼Infinite Objects NFT Video Print - raqamli san’at uchun mo‘ljallangan ramka kabi dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar haqida so‘z yuritamiz!

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📒“Hobbit yoxud borib qaytish” asarini nega o‘qish tavsiya etiladi?

Britaniyalik Djon Ronald Tolkinning “Hobbit yoxud borib qaytish” kitobi📔 ko‘pchilikka tanish bo‘lsa kerak. “Hobbit yoxud borib qaytish” asari eng ko‘p o‘qiladigan asarlaridan biridir. Kitobning bosh qahramoni Bilbo Beggins gnomlar🧝‍♂️ va sehrgar Gendalf bilan uzoq va xavf-xatarga to‘la safarga yo‘lga chiqadi🗺. Safardan maqsad esa yovuz ajdarni yengishdir.

Biroq nega ushbu asarni o‘qish tavsiya etiladi? Biz mazkur savolga bugungi dayjestimiz orqali javob berishga urinib ko‘ramiz.

Website | Instagram | Facebook | YouTube
2025/07/07 10:26:49
Back to Top
HTML Embed Code: