Telegram Web Link
Конкурс для молодых предпринимателей и фрилансеров от Payoneer

Дедлайн:
31 декабря 2020

Второй год подряд Payoneer отмечает успешных предпринимателей во всем мире. Payoneer награждает международный бизнес, который отличается стратегическим мышлением и социальной ответственностью.

В этом году вы имеете возможность номинировать коллег, друзей или предприятия. Приз размером 1000$ можно получить в каждой категории:
- лучший представитель электронной коммерции;
- фрилансер года;
- новатор года;
- лучший работник филиала (профессионал, который преуспел в филиале в рамках цифрового пространства);
- предприниматель года.

Не имеет значения являетесь ли Вы успешным предпринимателем или только начинаете свой бизнес, организаторы желают услышать Вашу историю.

Требования:
Принимать участие могут предприниматели, фрилансеры, работники электронной коммерции.

Как получить приз? Принимать участие могут конкурсанты, которые владеют бизнесом и имеют желание поделиться своей историей.

Детальнее на официальном сайте: https://bit.ly/2VN8zRY

————

Payoneer'dan yosh tadbirkorlar va frilanserlar tanlovi

Muddat:
2020-yil 31-dekabr

Payoneer ikkinchi yil ketma-ket butun dunyodagi muvaffaqiyatli tadbirkorlarni eʼtirof etib kelmoqda. Payoneer strategik fikrlash qobiliyati va ijtimoiy masʼuliyati bilan ajralib turgan xalqaro biznes vakillarini mukofotlaydi.

Bu yili siz hamkasblaringiz, doʻstlaringiz yoki korxonalar nomzodlarini qoʻyishingiz mumkin. Har bir kategoriyada 1000 AQSH dollari miqdorida sovrin gʻolibi boʻlish mumkin:
- eng yaxshi elektron tijorat vakili;
- yil frilanseri;
- yil novatori;
- filialning yaxni ishchisi (raqamli makon doirasida filialda muvaffaqiyatga erishgan oʻz ishining ustasi);
- yil tadbirkori.

Siz muvaffaqiyatga erishib boʻlgan tadbirkormisiz yoki oʻz biznesingizni endi boshlayapsizmi — buning ahamiyati yoʻq, tashkilotchilar faqatgina Sizning hikoyangizni tinglashni istaydilar.

Talablar:
Tadbirkorlar, frilanserlar, elektron tijorat sohasi ishchilari ishtirok etishlari mumkin.

Sovrinni qanday qilib qoʻlga kiritish mumkin? Biror biznes vakili boʻlgan va oʻz hikoyalari bilan oʻrtoqlashmoqchi boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Batafsil rasmiy saytda: https://bit.ly/2VN8zRY

#EduConNow
@EduNow
Более 500 онлайн курсов университетов Лиги плюща (Ivy League)

Университеты Лиги плюща (Ivy League) – Brown University, Harvard University, Dartmouth College, Yale University, Columbia University, Cornell University, University of Pennsylvania, Princeton University — предлагают всем желающим пройти обучение на одном или нескольких бесплатных онлайн курсах.

Все 8 университетов Лиги плюща занимают высокие позиции в рейтинге вузов США и всего мира. На данный момент создано около 300 курсов, из которых 250 – все еще доступны.

Категории:
- компьютерные науки – 55 курсов
- бизнес и управление – 117 курсов
- гуманитарные науки – 107 курсов
- искусство и дизайн – 21 курс
- наука – 42 курсов
- здоровье и медицина – 59 курсов
- математика – 20 курсов
- образование и педагогика – 24 курса
- инженерное дело – 19 курсов
- программирование – 14 курсов
- личное развитие – 11 курсов

Для обучения, необходимо перейти по ссылке выбранного курса и зарегистрироваться. Язык обучения — английский, в категории бизнес и управление есть курсы на китайском и испанском.

Выбрать курс и пройти обучение: classcentral.com/collection/ivy-league-moocs

————

Pechak ligasi (Ivy League) universitetlaridan 300 dan ortiq onlayn-kurslar

Pechak ligasi (Ivy League) universitetlari — Brown University, Harvard University, Dartmouth College, Yale University, Columbia University, Cornell University, University of Pennsylvania, Princeton University — barcha xohlovchilarga bepul onlayn-kurslarda taʼlim olishni taklif qilmoqda.

Pechak ligasidagi barcha 8 ta universitet AQSH va butun dunyo oliy taʼlim muassasalari reytingida yuqori oʻrinlarni egallaydilar. Ayni damda 300 ga yaqin kurslar ochilgan, ularning 250 tasida hozirda ishtirok etish mumkin.

Kategoriyalar:
- kompyuter fanlari – 55 ta kurs
- biznes va boshqaruv – 117 ta kurs
- gumanitar fanlar – 107 ta kurs
- sanʼat va dizayn – 21 ta kurs
- ilm-fan – 42 ta kurs
- salomatlik va tibbiyot – 59 ta kurs
- matematika – 20 ta kurs
- taʼlim va pedagogika – 24 ta kurs
- muhandislik – 19 ta kurs
- dasturlash – 14 ta kurs
- shaxsiy oʻsish – 11 ta kurs

Taʼlim olish uchun tanlangan kurs havolasiga kirish va roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Kurslar tili — ingliz tili, biznes va boshqaruv kategoriyasida xitoy va ispan tillaridagi kurslar bor.

Kursni tanlash va taʼlim olish: classcentral.com/collection/ivy-league-moocs

#EduDisNow
@EduNow
Летняя программа обмена для девушек TechGirls

Дедлайн:
15 января, 2021 г.
Дата проведения: 3–30 июля 2021 г.

TechGirls — это международная летняя программа обмена, призванная расширить возможности и вдохновить молодых женщин из Соединенных Штатов, Центральной Азии, Ближнего Востока и Северной Африки на продвижение по карьерной лестнице в области науки и техники.

Центральным элементом программы является недельный технологический лагерь, который предоставляет участницам углубленное изучение связанных с технологиями тем, таких как кодирование и кибербезопасность, и привлекает их к более чем 45 часовому практическому обучению.

Участники должны быть в возрасте от 15 до 17 лет на момент начала программы.
Важно: если на 1 июня 2021 года Вам будет менее 15 или более 17 лет, Вы не можете участвовать в программе.
Также, у участника, требуется серьёзный интерес в сфере технологии, инженерии и/или математике в своих академических исследованиях.
Интервью с полуфиналистами будет проводится в Посольстве США в Ташкенте.

Более подробная информация на официальном сайте: https://bit.ly/32NMyqq

————

Qizlar uchun TechGirls yozgi almashinuv dasturi

Muddat:
2021-yil 15-yanvar
Oʻtash muddati: 2021-yil 3–30-iyul

TechGirls — bu AQSH, Makaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi yosh qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga va ularni ilm-fan va texnika sohasida yuqori choʻqqilarga erishishga ilhomlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturi.

Dasturning markaziy qismi bir haftali texnologik lager boʻlib, u ishtirokchilarga kodlar va kiberxavfsizlik kabi texnologiyalarga aloqador sohalarni chuqurroq oʻrgatishga moʻljallangan va bunda 45 soatdan ziyodroq amaliy darslar oʻtilishi koʻzda tutilgan.

Ishtirokchilar dastur vaqtida 15 yoshdan 17 yoshgacha boʻlishlari lozim.
Muhim: agar 2021-yil 1-iyun sanasida siz 15 yoshdan kichik yoki 17 yoshdan katta boʻlsangiz, dasturda ishtirok eta olmaysiz.
Shuningdek, ishtirokchi oʻz akademik tadqiqotlarida texnologiya, muhandislik va/yoki matematika sohalariga jiddiy qiziqishi boʻlishi talab qilinadi.
Yarimfinalga chiqqan ishtirokchilar bilan AQSHning Toshkentdagi elchixonasida suhbat oʻtkaziladi.

Batafsil maʼlumot rasmiy saytda: https://bit.ly/32NMyqq

#EduScholarNow
@EduNow
Полностью финансируемая стипендиальная программа Турции

✈️ Куда? Турция
🎓 Кому? для бакалавров, магистров и докторов наук
Дедлайн: 20 февраля, 2021 г.

Возможность обучаться в университетах Турции (как в государственных, так и в частных) бесплатно. Также программа покрывает ваши расходы на проживание, питание, перелет и медицинскую страховку.

Предметы, предлагаемые в рамках стипендиальной программы Турции:
• Управление бизнесом;
• Генетика и молекулярная биология;
• Архитектура;
• Инженерное дело;
• Программы наук и медицины;
• Программы турецкого языка и Математика.

Критерии заявки:
Bам необходимо сдать международные экзамены, такие как ACT, IB OR SAT и т. д. У вас должен быть сертификат TOEFL. Рекомендуется предъявить официальную академическую справку со всеми сертификатами, курсами и оценками, которые вы могли получить за свою академическую карьеру. Вам необходимо предоставить письмо с указанием вашей цели участия в этой стипендиальной программе. Граждане всех стран имеют право на получение стипендии из Турции.

Подробнее: https://bit.ly/3oO6fHb

————

Turkiya davlatining toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiya dasturi

✈️ Qayerga?
Turkiya
🎓 Kim uchun? bakalavr, magistr va fan doktorlari uchun
Muddat: 2021-yil 20-fevral

Stipendiya doirasida Turkiya (davlat va nodavlat) universitetlarida taʼlim olish imkoniyati bepul taqdim etiladi. Shuningdek dastur yashash, ovqatlanish, transport va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplaydi.

Turksiya stipendiya dasturi doirasida taklif etilayotgan yoʻnalishlar:
• Biznes boshqaruv;
• Genetika va molekulyar biologiya;
• Meʼmorchilik (arxitektura);
• Muhandislik ishi;
• Ilm-fan dasturlari va tibbiyot;
• Turk tili dasturlari va matematika.

Talablar:
ACT, IB OR SAT kabi imtihonlarni topshirish kerak boʻladi. Shuningdek, sizda TOEFL sertifikati talab qilinadi. Akademik faoliyatingiz davomida olgan rasmiy akademik maʼlumotnoma (diplom), sertifikatlar, kurslar va baholarni taqdim etishingiz kerak. Ushbu stipendiya dasturida ishtirok etishdan boʻlgan maqsadingiz yozilgan maktub ham taqdim etish soʻraladi. Barcha davlatlar fuqarolari Turkiya stipendiyasini qoʻlga kiritish huquqiga ega.

Batafsil: https://bit.ly/3oO6fHb

#EduScholarNow
@EduNow
🇬🇧 Formal education will make you a living. Self-education will make you a fortune.
ⓒ Jim Rohn
————
🇷🇺 Формальное образование поможет вам выжить. Самообразование приведет вас к успеху.
ⓒ Джим Рон
————
🇺🇿 Odatiy taʼlim sizga yashab qolishga imkon beradi. Mustaqil taʼlim esa sizni muvaffaqiyatga olib boradi.
ⓒ Jim Ron

#EduQuoteNow
@EduNow
Стипендия для обучения в Швеции, в университете University of Gothenburg

Дедлайн:
15 января 2021
Место обучения: Гётеборг, Швеция

Университет University of Gothenburg предлагает стипендии Axel Adler Scholarship студентам магистратуры. Стипендия доступна только для кандидатов, которые не имеют гражданства стран ЕС/ЕЭЗ. Стипендия финансируется Шведским советом по высшему образованию и полностью оплачивает обучение в магистратуре университета University of Gothenburg.

Количество стипендий: 60 для программ магистра гуманитарных наук и магистра наук и 4 для программ магистратуры в области изобразительного, прикладного и исполнительского искусства

Размер стипендии. Стипендия полностью оплачивает стоимость обучения на программе магистратуры. Никакой дополнительной финансовой поддержки на проживание или транспортные пособия не предоставляется.

Требования
• Кандидатам необходимо поступить на одну из магистратуры университета University of Gothenburg до 15 января 2021.
• Стипендию могут получить студенты, которые имеют отличную успеваемость. В приоритете студенты, которые при выборе учебных заведений отдали предпочтение университету University of Gothenburg.
• Оплатить регистрационный взнос до 1 февраля 2021.

————

Shvetsiyada University of Gothenburg'da taʼlim olish uchun stipendiya

Muddat:
2021-yil 15-yanvar
Taʼlim joyi: Gyoteborg, Shvetsiya

Gyoteborg universiteti magistratura talabalariga Axel Adler Scholarship stipendiyasini taklif qiladi. Stipendiyaga YEI/YEIHga kirmaydigan davlat fuqarolari nomzod boʻlishlari mumkin. Stipendiya Shvedsiyaning oliy taʼlim boʻyicha kengashi tomonidan moliyalashtiriladi va University of Gothenburgʻda magistraturada taʼlim olish xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Stipendiyalar soni: gumanitar fanlar magistri va fanlar magistri uchun 60 ta hamda sanʼat, amaliy va ijro sanʼati yoʻnalishlarida 4 ta.

Stipendiya miqdori. Stipendiya magistratura dasturida oʻqish toʻlovini toʻliq qoplaydi. Yashash va transport xarajatlari koʻrinishida qoʻshimcha moliyaviy yordam koʻrsatilmaydi.

Talablar
• Nomzodlar 2021-yilning 15-yanvariga qadar yuqorida koʻrsatilgan universitetning magistratura dasturiga kirishi lozim.
• Stipendiyani oʻzlashtirishi aʼlo darajada boʻlgan talabalar qoʻlga kiritadi. University of Gothenburgʻni tanlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
• 2021-yilning 1-fevraliga qadar roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash lozim.

Batafsil rasmiy saytda: https://bit.ly/3aabjS4

#EduScholarNow
@EduNow
TED Global Idea Search

Дедлайн:
21.01.2021

Миссия конференции TED состоит в распространении уникальных идей («ideas worth spreading»). Темы лекций разнообразны: наука, искусство, дизайн, политика, культура, бизнес, глобальные проблемы, технологии и развлечения. В список выступающих попали такие известные личности, как 42-й президент США Билл Клинтон, Нобелевские лауреаты Джеймс Уотсон, Мюррей Гелл-Манн, а также основатель Википедии Джимми Уэйлс.

❗️Правила:
1) Кандидаты должны создать 2-минутное видео c презентацией и отправить по форме.
2) Убедитесь, что ваш голос четкий и слышимый.
3) Требуется загрузить свое видео на YouTube или Vimeo.

Участники могут быть из любой страны мира.

🤩Преимущества:
Победители будут приглашены выступить на TED, как виртуально, так и лично.

Подробнее: http://bit.ly/2KblJGn

————

TED Global Idea Search

Muddat:
21.01.2021

TED anjumanining maqsadi noyob gʻoyalarni (“ideas worth spreading”) tarqatishga qaratilgan. Maʼruzalar mavzulari turlicha: ilm-fan, sanʼat, dizayn, siyosat, madaniyat, biznes, global muammolar, texnologiyalar va oʻyin-kulgi. Nutqqa chiquvchilar orasida AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton, Nobel mukofoti sovrindorlari Jeyms Uotson, Myurrey Gell-Mann, shuningdek, Vikipediya asoschisi Jimmi Ueyls kabi taniqli shaxslar ham boʻlgan.

❗️ Qoidalar:
1) Nomzodlar prezentatsiya bilan 2 daqiqali video suratga olishlari va uni joʻnatishlari kerak.
2) Ovozingiz aniq va ravshan eshitilishiga amin boʻling.
3) Oʻz videongizni YouTube yoki Vimeo platformalariga joylash talab qilinadi.

Ishtirokchilar dunyoning istalgan davlatidan boʻlishi mumkin.

🤩 Afzalliklar:
Gʻoliblar virtual ham, shaxsan ham TED anjumanida ishtirok etish uchun taklif qilinadi.

Batafsil: http://bit.ly/2KblJGn

#EduConNow
@EduNow
Международный конкурс плакатов Triennial Toyama

Дедлайн:
28.02.2021
💵 Главный приз: $9,675
Участие бесплатное

Это специальная выставка плакатов, которая проходит каждые 3 года, предназначена для понимания текущего уровня мира дизайна. В этом году выставка состоится в Японском музее "Toyama Prefectural Museum of Art and Design".
Тема этого года — "invisible"

❗️ Требования:
1) Все представленные материалы должны быть работой заявителя.
2) Материалы должны соответствовать стандартам выставки (размер/качество/формат).

🤩 Преимущества:
Победитель получает награду в размере $9,675, остальные участники по $4,837 (2 места), $2,902 (3 места), $967 (8 мест).

Подробнее: https://tad-toyama.jp/en/ipt

————

Triennial Toyama Xalqaro plakatlar tanlovi

Muddat:
28.02.2021
💵 Bosh sovrin: $9,675
Ishtirok etish bepul

Bu har 3 yilda oʻtkaziladigan maxsus plakatlar tanlovi boʻlib, ayni damdagi dizayn olami darajasiga baho berish uchun moʻljallangan. Bu yili koʻrgazma Yaponiyaning Toyama Prefectural Museum of Art and Design nomli muzeyida boʻlib oʻtadi.
Bu yilgi mavzu — “invisible”

❗️ Talablar:
1) Barcha taqdim etilgan materiallar arizachining shaxsiy ishi boʻlishi lozim.
2) Materiallar koʻrgazma mezonlariga toʻgʻri kelishi lozim (hajmi/sifati/shakli).

🤩 Afzalliklar:
Gʻolib 9 675 AQSH dollari miqdorida sovrinni qoʻlga kiritadi. Qolgan yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga: 4837 AQSH dollari — 2 ta oʻrin, 2902 AQSH dollari — 3 ta oʻrin, 967 AQSH dollari — 8 ta oʻrin beriladi.

Batafsil: https://tad-toyama.jp/en/ipt

#EduConNow
@EduNow
14 способов развить аналитическое мышление: часть первая

1. Решайте логические задачки
Для аналитического мышления важна логика. Если это ваша слабая сторона, то начните тренироваться. Выбирайте сперва простые задачки, постепенно двигаясь к сложным.

2. Решайте математические примеры
Найдите учебник по математике и вспомните школьные годы. Выбирайте сложные примеры, в которых есть переменные величины.

3. Разгадывайте кроссворды
А когда за плечами будут сотни решённых, попробуйте сочинить свой. Это довольно сложно.

4. Решайте головоломки
Собирайте пазлы, разгадывайте ребусы или попробуйте собрать кубик Рубика.

5. Играйте в шахматы
Найдите соперника и вспомните правила игры. Шахматы — отличный тренажёр для аналитического мышления.

6. Читайте книги
Можно выбрать детективы, например, о Шерлоке Холмсе, художественную или специализированную литературу. Задавайте вопросы: почему герой поступил именно так в этой ситуации, что можно было бы сделать ещё?

7. Анализируйте ситуации из повседневной жизни
Тренируйте критическое мышление, сомневайтесь, ищите факты и новую информацию, когда смотрите новости или читаете книгу. Обращайте внимание на детали, смотрите на вещи под новым углом и ищите неочевидные взаимосвязи между самыми разными предметами, сопоставляйте факты.

————

Analitik (tahliliy) fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning 14 uslubi: birinchi qism

1. Mantiqiy masalalarni yeching
Analitik tafakkur uchun mantiq talab qilinadi. Agar bu sizning zaif tarafingiz boʻlsa, mashq qilishni boshlang. Avvaliga sodda masalalardan boshlang, sekin-asta ularni murakkablashtirib boring.

2. Matematik misollarni yeching
Matematika darsliklarini toping va maktab davrlaringizni eslang. Oʻzgaruvchan miqdorlar mavjud boʻlgan qiyinroq misollarni tanlang.

2. Krossvordlar ishlang
Yuzlab krossvordlarni yechib boʻlganingizdan keyin oʻzingiz krossvord tuzishga harakat qilib koʻring. Bu anchagina qiyin.

4. Boshqotirmalarni yeching
Pazllarni yigʻing, rebuslarni toping yoki Rubik kubigini yigʻishga urinib koʻring.

5. Shaxmat oʻynang
Oʻzingizga raqib toping va oʻyin qoidalarini eslang. Shaxmat — analitik tafakkur uchun ajoyib mashgʻulot

6. Kitoblar oʻqing
Detektivlarni, misol uchun, Sherlok Xolms haqidagi, badiiy yoki maxsus adabiyotlarni oʻqish mumkin. Savollar bering: nima uchun qahramon bu holatda nima uchun aynan shunday yoʻl tutdi? Yana qanday yoʻl tutishi mumkin edi?

7. Kundalik hayotdagi voqealarni tahlil qiling
Tanqidiy fikrlash qobiliyatini mashq qiling, yangiliklar koʻrayotganingizda yoki kitob oʻqiyotganingizda shubhalaning, fakt va yangi maʼlumotlarni izlang. Mayda narsalarga ahamiyat qarating, narsalarga yangicha nuqtayi nazardan boqing va turli xil predmetlar orasidagi maʼlum boʻlmagan aloqalarni izlang, faktlarni solishtiring.

#EduHackNow
@EduNow
Фотоконкурс Fine Art Photography Awards

Дедлайн:
7 февраля 2021

Фотоконкурс Fine Art Photography Awards проводится каждый год. В конкурсе могут принимать участие как профессиональные фотографы, так и аматеры.

Профессионалами считаются фотографы, которые имеют 50% своего дохода от фотографии. Аматеры — конкурсанты, основной доход которых не от фотографий.

Фотографы будут соревноваться в 20 категориях

Призы
Профессиональны:
— звание Professional Fine Art Photographer of the Year
— 3000$
— международное признание и реклама

Аматеры:
— Amateur Fine Art Photographer of the Year
— 2000$
— международное признание и реклама

Финалисты получат значки и сертификаты.

Требования:
Участие в конкурсе платное. Для профессионалов — 25$, серия снимков — 30$. Для аматеров — 20$, серия снимков — 25$.

Разрешается отправлять одну и ту же фотографию в несколько категорий (дополнительно необходимо заплатить 10$).

Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/3p9mPkT

————

Fine Art Photography Awards fototanlovi

Muddat:
2021-yil 7-fevral

Fine Art Photography Awards fototanlovi har yili oʻtkaziladi. Tanlovda professional fotograflar ham, havaskorlar ham ishtirok etishi mumkin.

Oʻz daromadlarining 50 foizini fotosuratlar orqali topadigan insonlar professionallar hisoblanadi. Havaskorlar — asosiy daromadlari fotosuratlar boʻlmagan ishtirokchilar.

Fototanlovda 20 ta kategoriya boʻyicha bellashiladi.

Sovrinlar
Professionallar uchun:
—Professional Fine Art Photographer of the Year maqomi
— 3000 AQSH dollari
— Xalqaro eʼtirof va reklama

Havaskorlar uchun:
— Amateur Fine Art Photographer of the Year maqomi
— 2000 AQSH dollari
— Xalqaro eʼtirof va reklama

Final ishtirokchilari nishon va sertifikatlarni qoʻlga kiritadi.

Talablar:
Tanlovda ishtirok etish pullik. Professionallar uchun 25$, suratlar seriyasi — 30$. Havaskorlar uchun 20$, suratlar seriyasi — 25$.

Bitta suratni bir necha kategoriyalarga joʻnatish mumkin (qoʻshimcha 10$ toʻlov qilinadi).

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3p9mPkT

#EduConNow
@EduNow
🇫🇷La Campagne BGF est ouverte !

🇺🇿BGF granti uchun tanlov boshlandi

🇷🇺Конкурс на получение гранта BGF открыт

En savoir plus/Batafsil/ Подробно
Стипендия от Университета Тампере

Дедлайн:
13/20 января 2021
Место обучения: University of Tampere — Тампер, Финляндия

University of Tamperе предлагает стипендии иностранным студентам магистратуры и бакалавриата.

Университет предлагает широкий выбор программ магистратуры и бакалавриата: от биомедицинских технологий, компьютерных наук до политологии, социологии и педагогики. Обучение начинается в августе 2021.

Обучение на всех программах на английском языке.

Студенты, которые не являются гражданами стран ЕС и ЕЭЗ обычно обязаны оплачивать обучение в университете, но университет предлагает большое количество стипендий самым талантливым студентам.

Стипендия оплачивает 50% стоимости обучения на программе.

Программы обучения
Стоимость обучения и стипендии

Требования:
• стипендию могут получить студенты;
• студенты должны соответствовать требованиям выбранной программы;
• необходимо владеть английским языком.

Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/3nPPJq1

————

Tampere universitetidan stipendiya

Muddat:
2021-yil 13/20-yanvar
Taʼlim maskani: University of Tampere — Tamper, Finlyandiya

University of Tampere magistratura va bakalavriat dasturida taʼlim olayotgan xorijiy talabalarga stipendiyalar taklif qiladi. Magistratura va bakalavriat dasturlari boʻyicha keng koʻlamli yoʻnalishlar mavjud: biotibbiyot texnologiyalari, kompyuter fanlaridan tortib siyosatshunoslikkacha, sotsiologiyadan tortib pedagogikagacha. Oʻqish 2021-yilning avgust oyidan boshlanadi.

Barcha dasturlar boʻyicha taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

YEI va YEIH mamlakatlari fuqarolari boʻlmagan talabalar odatda taʼlim pulini toʻlaydi, lekin universitetda iqtidorli talabalar uchun koʻpgina stipendiyalar mavjud.

Stipendiya oʻqish pulining 50 foizini qoplaydi.

Taʼlim dasturlari
Taʼlim puli va stipendiyalar

Talablar:
• stipendiyani talaba maqomiga ega boʻlganlar qoʻlga kiritishi mumkin;
• talabalar tanlangan dastur talablariga rioya qilishlari lozim;
• ingliz tilini yetarli darajada bilish talab qilinadi.

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3nPPJq1

#EduScholarNow
@EduNow
Обучение в Ирландии от Global Excellence Scholarship

Дедлайн:
31 марта 2021
Место обучения: University College Dublin — Дублин, Ирландия

Университетский колледж Дублина предлагает стипендии студентам с исключительной академической успеваемостью. Получить стипендию могут студенты, поступившие на обучение на одну из программ бакалавриата или магистратуры.

Существует ограниченное количество стипендий, которые оплачивают 100% и 50% стоимости обучения для выдающихся студентов, поступающих на соответствующие программы UCD.

Заявка на стипендию подается онлайн.

Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/34JtMRF

————

Global Excellence Scholarship'dan Irlandiyada taʼlim

Muddat:
2021-yil 31-mart
Taʼlim maskani: University College Dublin — Dublin, Irlandiya

Dublin universitet kolleji yuqori darajadagi akademik bilimlarga ega talabalarga stipendiyalar taklif qiladi. Stipendiyani universitetning biror bakalavr yoki magistratura dasturiga qabul qilingan talabalar qoʻlga kirita oladi.

Stipendiyalar miqdori cheklangan va UCDʻning muvofiq dasturiga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun taʼlim pulining 100 hamda 50 foizini qoplab beruvchi stipendiyalar mavjud.

Stipendiya uchun ariza onlayn tarzda topshiriladi.

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/34JtMRF

#EduScholarNow
@EduNow
Летняя школа в центре John Ihnes Centre

Дедлайн:
18 января 2021
Место обучения: John Ihnes Centre — Норидж, Великобритания
Время обучения: 27 июня — 21 августа 2021

Летняя школа центра John Ihnes Centre — это уникальная возможность для студентов бакалавриата из разных уголков мира провести 8 недель в исследовательском центре.

Студенты смогут получить практический опыт рабы в области ботаники и микробиологии, работая с выдающимися учеными мира.

Организаторы предлагают:
- грант 250£ в неделю;
- бесплатное проживание;
- программу обучения, исследования, семинаров и социальных мероприятий;
- возможность работать и проводить исследования в лаборатории мирового класса;
- возможность получить опыт работы в лидирующем научном институте в таких биологических и химических науках: микробиология, клеточная биология, биохимия, химия, генетика, молекулярная биология, вычислительная и математическая биология.

Требования:
- подавать заявку могут студенты университетов и учебных заведений разных стран мира. Студенты должны изучать одну или несколько наук: физика, науки о Земле, науки об окружающей среде, химические науки, математика, биологические науки, биомедицинские науки;
- не принимаются заявки от первокурсников, студентов магистратуры, аспирантуры;
- не принимаются заявки от студентов медицинских специальностей;
- требования могут немного отличаться для студентов из разных стран;
- необходимо владеть английским языком.

Заявка подается онлайн: http://bit.ly/34TOf6C
Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/3o4eCOU

————

«John Innes Centre» markazida yozgi maktab

Muddat:
2021-yil 18-yanvar
Taʼlim maskani: John Ihnes Centre — Noridj, Buyuk Britaniya
Taʼlim davri: 27-iyun — 21-avgust

«John Innes Centre» yozgi maktabi — bu dunyoning turli davlatlaridagi bakalavriat bosqichi talabalari uchun 8 hafta tadqiqot markazida oʻtkazishning noyob imkoniyatidir.

Talabalar dunyoning mashhur olimlari bilan ishlagan holda botanika va mikrobiologiya sohalarida amaliy tajribalarini oshiradilar.

Tashkilotchilar quyidagilarni taklif qilmoqdalar:
- haftasiga 250 yevro miqdorida grant;
- bepul yashash joyi;
- taʼlim, tadqiqot, seminar va ijtimoiy tadbirlar dasturi;
- dunyo miqyosidagi laboratoriyada tadqiqotlar olib borish imkoniyati;
- biologik va kimyoviy fanlarga ixtisoslashgan institutda quyidagi yoʻnalishlarda ishlash tajribasi: mikrobiologiya, hujayra biologiyasi, biokimyo, kimyo, genetika, molekulyar biologiya, hisoblash biologiyasi va matematik biologiya.

Talablar:
- turli davlatlardagi universitetlarda taʼlim olayotgan talabalar ariza topshirishi mumkin. Talabalar quyidagi fanlarning biri boʻyicha taʼlim olishlari lozim: fizika, Yer haqidagi fanlar, atrof-muhit haqidagi fanlar, kimyo fanlari, matematika, biologik fanlar, biotibbiyot fanlari;
- birinchi kurs, magistratura va aspirantura talabalari qabul qilinmaydi;
- tibbiyot mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar qabul qilinmaydi;
- davlatlarga qarab talablar turlicha boʻlishi mumkin;
- ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Ariza onlayn tarzda topshiriladi: http://bit.ly/34TOf6C
Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3o4eCOU

#EduScholarNow
@EduNow
14 способов развить аналитическое мышление: часть вторая

8. Узнавайте что-то новое каждый день
Выберите тему, которая вам интересна, и находите по одному факту о ней в день.

9. Ищите альтернативы
Не останавливайтесь на одном варианте решения проблемы — ищите ещё. Подумайте, что вы могли упустить, обработайте информацию несколько раз и сделайте выводы.

10. Участвуйте в дискуссиях
Обсуждайте книги, фильмы, исторические события — всё что угодно. Вы услышите мнение другого человека и сможете поделиться своим об одном и том же событии, привести аргументы и потренироваться в последовательном изложении мыслей. Попросите собеседника об обратной связи: пусть расскажет, насколько ваши аргументы были убедительны, а мысли — последовательны.

11. Спрашивайте себя, как устроены окружающие вас предметы
Задавайте себе вопросы о вещах, которые вас окружают, или ситуациях, с которым сталкиваетесь. Почему так происходит, как это работает, из-за чего случается? Отвечайте на них, но не ищите лёгких путей. Разберитесь в проблеме и дайте себе исчерпывающий ответ.

12. Создайте карту мыслей
Интеллект-карта, карта мыслей, ментальная карта (mind map) — это способ визуализации мыслительного процесса. Механика простая: у вас есть ключевая мысль, которую вы ставите в самый центр карты. Пусть это будет «Развитие аналитического мышления». К ней вы добавляете связанные по смыслу или значимости элементы, например: методы развития, трудности, причины — всё, что кажется вам важным. Затем дополняете карту новыми ассоциативными рядами от каждого элемента. И перед вами появляется картина вашего мыслительного процесса.

13. Записывайте
Ведите ежедневник, в который записывайте свои цели, способы их достижения и результаты. Проводите работу над ошибками, если цели достичь не удалось. Ищите причины и анализируйте.

14. Моделируйте ситуации
Придумайте любую ситуацию, в которой есть проблема, и попробуйте эту проблему устранить. Разработайте алгоритм действий и не останавливайтесь на одном решении — ищите ещё.

Часть первая

#EduHackNow
@EduNow
Analitik (tahliliy) fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning 14 uslubi: ikkinchi qism

8. Har kuni biror yangi narsani oʻrganing
Oʻzingizga qiziq mavzuni tanlang va u boʻyicha har kuni bittadan maʼlumot topib boring.

9. Muqobil variantlarni izlang
Muammoning birgina yechimi bilan toʻxtab qolmang — yana boshqa variantlarni izlang. Oʻtkazib yuborishingiz mumkin boʻlgan narsalar haqida oʻylab koʻring, maʼlumotni bir necha marotaba oʻrganib chiqing va xulosalar chiqaring.

10. Munozaralarda ishtirok eting
Kitoblarni, filmlarni, tarixiy voqealarni — istalgan narsani muhokama qiling. Bunda siz boshqa insonning fikrini eshitasiz va bir mavzu boʻyicha oʻz fikrlaringiz bilan oʻrtoqlasha olasiz, dalillar keltirasiz va fikrlaringizni izchil ifodalashni oʻrganasiz. Suhbatdoshingizdan bu haqda fikrini soʻrang: sizning dalillaringiz qanchalik ishonchli, fikrlaringiz esa qanchalik izchil boʻlgani haqida soʻzlab bersin.

11. Sizni oʻrab turgan predmetlar qanday tuzilgani haqida oʻzingizdan soʻrang
Sizni oʻrab turgan narsalar yoki siz duch kelgan hodisalar haqida oʻzingizga savol bering. Nima uchun bunday boʻlyapti, bu qanday sodir boʻlyapti, sababi nima? Ularga javob bering, ammo oson yoʻl qidirmang. Muammoni oʻrganib chiqing va oʻzingizga toʻla-toʻkis javob bering.

12. Fikrlar xaritasini yarating
Intellekt-xarita, fikrlar xaritasi, mental xarita (mind map) — bu fikrlash jarayonini vizualizatsiya qilish yoʻlidir. Buni amalga oshirish oson: sizda asosiy fikr bor va uni xaritaning qoq markaziga joylaysiz. Misol uchun, bu “tahliliy fikrlashni rivojlantirish” fikri boʻlsing. Unga maʼnosi yoki ahamiyati boʻyicha aloqador qismlarni qoʻshasiz, masalan: rivojlanish uslublari, qiyinchiliklar, sabablar — sizga muhim boʻlgan istalgan narsa. Keyin xaritani har bir element boʻyicha yangi assotsiativ qatorlar bilan toʻldirasiz. Oldingizda fikrlash jarayoningizning tasviri hosil boʻladi.

13. Yozib boring
Kundalik tuting, unga oʻz maqsadlaringizni, ularga erishish usullarini va natijalarni yozib boring. Agar maqsadga erisha olmasangiz, xatolar ustida ishlang. Sabablarni izlang va tahlil qiling.

14. Vaziyatlarni modellashtiring
Muammo mavjud boʻlgan istalgan vaziyatni oʻylab toping va shu muammoni bartaraf qilishga urining. Harakatlar algoritmini ishlab chiqing va bir yechim bilan toʻxtab qolmang — yana izlang.

Birinchi qism

#EduHackNow
@EduNow
Команда EduNow поздравляет всех с новым 2021 годом!
Мы искренне желаем, чтобы в этом году вы были самыми счастливыми, здоровыми и умными! Мы хотим пожелать исполнения всех желаний, в частности получить качественное образование — за рубежом или на родине!

————

EduNow jamoasi barchangizni kirib kelgan 2021-yil bilan qutlaydi!
Biz sizga yangi yilda eng baxtli, sogʻlom va aqlli insonlardan boʻlishingizni tilaymiz! Barcha ezgu niyatlaringiz, shuningdek xorijda yoki oʻz yurtingizda sifatli taʼlim olish niyatingiz amalga oshishini tilab qolamiz!

@EduNow
Международный конкурс SkyPixel

Дедлайн:
18 февраля 2021

SkyPixel объявил о приеме работ на международный фото/видео конкурс.

• ФОТО (темы: Портрет, Природа, Архитектура, Спорт, Окружающая среда)
Изображения должно иметь размер не менее 3 МБ с разрешением не менее 300 точек на дюйм.

• ВИДЕО (темы: Видеоблог, Вид от первого лица, Путешествия, Шоурил, Родной город, Спорт).

Продолжительность видеороликов не должна превышать пяти минут, они должны содержать не менее 30 секунд видеоматериала, снятого с воздуха.

Призы:
- Главный приз за лучшее видео и за лучшее фото — 7500 долларов США.
- Предусмотрены призы за второе место (11 победителей), третье место (11 победителей) и другие специальные призы.

Требования:
Ограничений по возрасту и национальности нет. Принимаются работы от всех желающих

Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/3pJYfHE

————

SkyPixel xalqaro tanlovi

Muddat:
2021-yil 18-fevral

SkyPixel xalqaro tanlovga foto va videolar qabulini eʼlon qildi.

• FOTO (mavzular: Portret, Tabiat, Meʼmorchilik, Sport, Atrof muhit)
Fotosurat kamida 3 MB va 300 DPI boʻlishi lozim

• VIDEO (mavzular: Videoblog, Birinchi shaxsdan manzara, Sayohat, Shouril, Ona shahar, Sport).

Videoroliklar davomiyligi 5 daqiqadan oshmasligi, ularda 30 soniyadan kam boʻlmagan havodan olingan tasvir boʻlishi lozim.

Sovrinlar:
- Eng yaxshi video va eng yaxshi fotosurat uchun bosh sovrin — 7500 AQSH dollari.
- Ikkinchi oʻrin uchun 11 ta muallif, uchinchi oʻrin uchun 11 ta muallif taqdirlanadi va boshqa maxsus sovrinlar ham tayyorlab qoʻyilgan.

Talablar:
Yosh va millatning ahamiyati yoʻq. Barcha xohlovchilardan ishlar qabul qilinadi.

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3pJYfHE

#EduConNow
@EduNow
Международный конкурс фотографий имени Питера А. Алларда 2021

Дедлайн:
1 мая 2021 года
Участники: совершеннолетние фотографы со всего мира
Награды: 780 долларов США

Юридическая школа имени Питера А. Алларда при Университете Британской Колумбии (Канада) проводит международный конкурс фотографий. К участию приглашаются фотографы со всего мира.

Тема конкурса: глобальные проблемы общества (коррупция, нарушение прав человека и борьба с ними).

На конкурсных фотографиях должны быть отображены храбрость и лидерство в борьбе с коррупцией или в защите прав человека за счет повышения прозрачности, подотчетности и верховенства закона.

Призы:
Шесть победителей конкурса получат денежный приз в размере 780 долларов США

Подробнее на сайте: https://www.allardprize.org/photography-competition

————

Piter A. Allard nomidagi xalqaro fotosuratlar tanlovi 2021

Muddat:
2021-yil 1-may
Ishtirokchilar: butun dunyodan voyaga yetgan ishtirokchilar
Sovrinlar: 780 AQSH dollari

Britaniya Kolumbiyasi qoshidagi Piter A. Allard nomidagi yuridik maktab (Kanada) xalqaro fotosuratlar tanlovini oʻtkazmoqda. Tanlovda butun dunyodan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov mavzusi: jamiyatning global muammolari (korrupsiya, inson huquqlari poymol etilishi va ular bilan kurashish).

Fotosuratlarda korrupsiya bilan kurashishdagi jasurlik va yetakchilik yoki shaffoflik, hisobdorlik va qonun ustuvorligi hisobiga inson huquqlari himoyasi aks etishi lozim.

Sovrinlar:
6 ta gʻolib AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritadi.

Batafsil saytda: https://www.allardprize.org/photography-competition

#EduConNow
@EduNow
Летняя программа в США

Дедлайн:
12 февраля 2021
Место прохождения стажировки: Окленд, штат Калифорния, США
Время стажировки: середина июня — середина августа 2021

Каждое лето Breakthrough набирает от 5 до 10 выдающихся молодых аналитиков, писателей и лидеров. Участник программы будут работать в одном из трех направлений института Breakthrough:
- Энергетика
- Города
- Продовольствие и сельское хозяйство.

Программа длится 10 недель и участник программы будет получать 600$ в неделю, работая 40 часов в неделю. Жилье не предоставляется. В конце программы участникам может быть предложен контракт и трудоустройство.

Требования:
- принимать участие в программе могут студенты выпускного курса бакалавриата, студенты магистратуры, аспирантуры, выпускники вузов и постдоки;
- подавать заявку могут граждане всех стран.

Заявка подается онлайн. Вам необходимо предоставить:
- информацию о себе;
- сопроводительное письмо — укажите в какой области исследования вы желаете принимать участие (энергетика, города, продовольствие и сельское хозяйство);
- резюме или CV (максимум 2 страницы);
- рекомендации (контактные данные трех рекомендателей);
- 3 примера письменных работ:
• эссе на 500 — 1000 слов на любую тему. В эссе необходимо показать как вы умеете аргументировать, ясно, убедительно и понятно.
• исследовательская работа (15—20 страниц). Тема не обязательно должна совпадать с темами программы.
- любая работа — исследования, политическое эссе, ваше мнение относительно чего-либо; любая работа, которая дополнит предыдущее две работы.

Документы должны быть в формате pdf, язык — английский.

Детальнее на официальном сайте: http://bit.ly/3oxosbW

————

AQSHda yozgi stajirovka dasturi

Muddat:
2021-yil 12-fevral
Stajirovka oʻtash joyi: Oklend, Kaliforniya shtati, AQSH
Stajirovka davri: 2021-yil iyun va avgust oʻrtalari

Har yili Breakthrough 5 tadan 10 tagacha iqtidorli tahlilichi, yozuvchi va yetakchilarni qabul qiladi. Dastur ishtirokchilari Breakthrough institutining yoʻnalishlaridan birida ish olib boradi:
- Energetika
- Shaharlar
- Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi

Dastur 10 hafta davom etadi va dastur ishtirokchisi haftasiga 40 soatdan ishlagan holda 1 hafta uchun 600 AQSH dollari miqdorida maosh oladi. Yashash joyi taqdim etilmaydi. Dastur yakunida ishtirokchilari rasmiy ishga taklif qilinishi mumkin.

Talablar:
- bakalavriat bitiruvchilari, magistratura, aspirantura talabalari, universitet bitiruvchilari va fan doktorlari ishtirok etishi mumkin;
- barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.

Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Quyidagilar taqdim etiladi:
- oʻzingiz haqingizda maʼlumot;
- ilova xati;
- rezyume yoki CV;
- tavsiyanomalar;
- 3 ta yozma ishlardan biri (batafsil saytda)

Hujjatlar pdf formatida va ingliz tilida boʻlishi lozim.

Batafsil rasmiy saytda: http://bit.ly/3oxosbW

#EduScholarNow
@EduNow
2025/07/06 12:18:24
Back to Top
HTML Embed Code: