Telegram Web Link
Maktab o‘quvchilarini Python dasturlash asoslariga o‘rgatish uchun o‘qituvchilarni izlayapmiz

Yandex dasturlash maktabi – 14-17 yoshdagi o‘quvchilar uchun bepul ta’lim loyihasidir. Hozirda mazkur maktabga Toshkent, Samarqand va Urganchdagi yoshlarga Python dasturlash tilini o‘rgatish uchun g‘ayratli va tajribali o‘qituvchilar qidirilmoqda.

👩‍🏫🧑‍🏫 Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
Python dasturlash tilini yuqori darajada bilish;
O‘smirlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
Rus tilini erkin bilish.


💻 Biz nima taklif qilamiz:
Yandex vositalari bilan ishlash bo‘yicha o‘quv va ish tajribasi;
Qisman bandlik va asosiy ish bilan birga olib borish imkoniyati (sentyabrdan aprelgacha haftasiga 2 marta 2 akademik soatdan darslar);
Muntazam maosh;
Maqsadga intilib o‘qishga harakat qilayotgan o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.


💬 Tanlov ikki bosqichdan iborat:
Python bilimi bo‘yicha testdan o‘tish;
Loyiha metodisti bilan suhbatdan o‘tish.


📲Arizalar 3-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Suhbat 5-sentyabrgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
____________________

Ищем преподавателей по программированию для обучения школьников основам Python

Школа программирования Yandex – бесплатный образовательный проект для школьников 14-17 лет. В настоящее время Школа ищет энергичных и опытных преподавателей по программированию в Ташкенте, Самарканде и Ургенче для обучения подростков Python.

👩‍🏫🧑‍🏫 Требования к кандидатам
Продвинутые навыки программирования на Python
Опыт работы с подростками
Уверенное владение русским языком


💻 Что мы предлагаем
Обучение и опыт работы с инструментами Yandex
Частичную занятость и возможность совмещать с основной работой (занятия с сентября по апрель 2 раза в неделю по 2 академических часа)
Достойную оплату
Возможность работать с целеустремленными учениками


💬 Отбор состоит из двух этапов
Прохождения тестирования на знание Python
Собеседования с методистом проекта


❗️Заявки принимаются до 3 сентября.

Cобеседование – до 5 сентября (включительно).

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Digital.edu
📢Navoiy viloyatidagi Top-3 IT taʼlim markazlari maʼlum boʻldi

Mazkur reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantirildi:
🟡Oʻquv markazidagi mavjud kurslar soni;
🟡Oʻquv markazida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni; 
🟡Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni;
🟡Ishga kirgan oʻquvchilar soni;
🟡IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni.


Xoʻsh, endi reyting bilan tanishing:
🔵
“Sensorika” MCHJ
🔵
“IT-center Navoiy” MCHJ
🔵
“Cipher-Edu” MCHJ


⬇️Shu o'rinda qayd etish kerakki:

Sensorikani – 562 nafar, shundan “Kompyuter savodxonligi” kursida 390 nafar, “Front-end” yo‘nalishida 97 nafar, “3DsMax va grafik dizayn”da 50 nafar, “Python” kursida esa 25 nafar;
IT-Center Navoiyni – 19 nafar;
Cipher Edu’ni – 10 nafar o‘quvchi bitirgan.

🟠Ularning 4 nafari eksport kompaniyalariga, jumladan, Cipher Edu bitiruvchisi Python backend yo'nalishida ishga joylashgan.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻IT ta'lim va frilansing forumi doirasida TOP 3 eng yaxshi ta'lim rezidentlari taqdirlanadi!

Reyting crm.digital.uz platformasi ko‘rsatkichlariga asoslanib shakllantiriladi, bunda talabalarning soni, bitiruvchilar soni va eng muhimi, eksportga yo‘naltirilgan IT kompaniyalarga ishga joylashgan bitiruvchilar soni hisobga olinadi.

Bu IT-ta’lim rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yetakchilarni taqdirlash uchun ajoyib imkoniyatdir!

🟢 Reyting 2024-yilning 11-sentabr kuniga qadar shakllantiriladi.

🟢 Kim eng yaxshi bo‘ladi? Tez orada bilib olamiz! Natijalarni kuzatib boring!

🟢Forumda ishtirok etish uchun ➡️Ro'yxatdan o'ting

#ICTWeek2024 #ITEducation #DigitalEduUz #IT

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🔵 Navoiy viloyatida raqamli ta’limni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

📌Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov hamda Vazirlik huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DM xodimlari Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda raqamli ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha IT Parkning ta’lim rezident kompaniyalari bilan uchrashdi.

⚡️ Jumladan, Respublikaning TOP-10 ta IT o‘quv markazlaridan biri bo‘lgan Navoiy shahridagi “Sensorika” IT-o‘quv markazi, “IT and IELTS SCHOOL” muassasasi, yangi tashkil etilgan Co-Working markazi faoliyati, shuningdek, IT Parkning Navoiy viloyatidagi ta’lim rezidentlari hamda ushbu maskanlarda ta’lim olayotgan yoshlar va frilanserlarning qiziqishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud imkoniyatlar haqida o‘zaro fikr almashildi.

📌 Bundan tashqari Xatirchi tumanida tashkil etilishi belgilangan "IT-shaharcha" yuzasidan Xatirchi tumani hokimi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va chora-tadbirlar belgilab olindi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/19916/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Informatika o’qituvchilari JavaScript va sun’iy intellekt bo’yicha malaka oshirdi

🔖Toshkent shahridagi maktablarning 100 nafar informatika o’qituvchilari Tashkent xalqaro ta’lim universitetida o’tkazilgan qisqa intensiv kurslarda malaka oshirdi.


O'qituvchilarga tajribali professor Sharof Suvanov tomonidan ilk bor JavaScript, sun'iy intellekt va internet texnologiyalarini ishlab chiqarish mavzusidagi amaliyotga asoslangan ixtisoslashtirilgan dastur bo’yicha kurslar taqdim etildi.

30-avgust kuni sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilarini "Kelajak AyTiniki" videoroliklar tanlovida ishtirok etishga chaqiramiz!

🟢"IT ta’lim va frilansing" forumi doirasida navbatdagi videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz.


🟢Tanlov maktab o'quvchilari o'rtasida “IT insonlar hayotini yengillashtiradi” mavzusida tashkil etiladi.

Aziz o'quvchilar, tanlov shartiga ko'ra, 3 daqiqagacha bo'lgan videorolikda texnologiyalar real muammolarni qanday hal qilishi yoki kundalik hayotni qanday oʻzgartirishini koʻrsatib berishingiz talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun:
🟢 IT-tanlov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib video rolikni joylashtiring.
🟢 IT-tanlov.uz saytida video rolik uchun ovoz to'plang.
🟢 Shaxsiy instagram sahifangizga #kelajak_AyTiniki heshtegi bilan video mahsulotingizni joylang va storiesda digital.uduuz sahifasini belgilab obuna bo‘ling.



🟢Videoroliklarni 16-sentyabrga qadar IT-tanlov.uz saytiga joylashtirish hamda ovoz yig'ilish talab etiladi.

🟢Har bir yoʻnalishda bir nafar gʻolib Apple iPad planshetlari bilan ICTweek doirasida 19-sentyabr kuni taqdirlanadi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Kelajak aytiniki videoroliklar tanloviga qanday ariza topshirish kerak?

1️⃣Dastlab IT-Tanlov.uz saytiga kirasiz va ishtirok etish tugmasini bosasiz.

2️⃣Ochilgan yangi oynada esa ma’lumotlarni to‘ldirasiz, bunda:
Ismingiz;
Telefon raqamingiz;
Elektron pochta manzilingizni kiritish talab etiladi.


3️⃣Ma’lumotlarni to‘ldirib bo‘lganingizdan so‘ng ochilgan oynada tanlovda ishtirok etish uchun o‘zingiz tayyorlagan videoning youtube yoki instagramda joylangan havolasini kiritasiz.

➡️Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

✔️Shoshiling g‘oliblar uchun tayyorlab qo‘yilgan iPadlardan birini yutib olishingiz mumkin!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.edu
🟦🟦🟦

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

🇺🇿Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan yakuniy saralash bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 4 nafar o'quvchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi, Misrda o'tkazilgan informatika bo'yicha 36-xalqaro olimpiadada qatnashdi.

Jamoamiz a'zolari 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan olimpiadada sovrinli o‘rinni qo'lga kiritishdi.

🥉Olimpiadada terma jamoamiz vakili Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Asilbek Sunnatov esa "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

❗️Eslatib o’tamiz, IOI va ICPC olimpiadalari 2026-yil ilk bor  Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. 

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
⭕️⭕️⭕️⭕️

⭕️#ICTWEEK24

📱“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi ochilish marosimini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

➡️Joriy yilning 17-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab AKT haftaligi ochilish marosimiga start beriladi. Tadbir CAEx majmuasida teatrlashtirilgan tomosha va lazer shou bilan boshlanadi.

⭕️Tadbirda vazirlik va xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etib, turli mavzularda chiqishlar qilishi kutilmoqda.

🌀Ta'kidlash joizki, haftalik O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish, mamlakat IT xizmatlari eksportini oshirish, tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari hamda IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etish maqsadida 20 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook

▶️ YouTube

🌐 Facebook

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huawei Uzbekistan
E'tiboringizga CAEx ko'rgazmalar markazida ICTWEEK Uzbekistan 2024 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining ikkinchi kunida bo'lib o'tadigan #Huawei ICT Talent Summit dasturini taqdim etamiz.

Taʼlim sessiyasida Oʻzbekistonning yosh isteʼdodlari Huawei ICT Academy taqdim etayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ICT Competition 2024-2025 9-AKT tanlovining boshlanishi haqida maʼlumot olishlari mumkin.

Tadbir tafsilotlari - https://www.huawei.com/uz-uz/events/uz/ictweek-uzbekistan-2024

💠💠💠

Представляем Вашему вниманию программу #Huawei ICT Talent Summit, который состоится во второй день Недели информационно-коммуникационных технологий ICTWEEK Uzbekistan 2024 в Выставочном центре CAEx.

На образовательной сессии молодые таланты Узбекистана смогут узнать о возможностях, предоставляемых Huawei ICT Academy, а также детали запуска 9-го ИКТ соревнования ICT Competition 2024 - 2025.

Детали мероприятия - https://www.huawei.com/uz/events/uz/ictweek-uzbekistan-2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.edu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"IT taʼlim va frilansing" forumiga ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling!

🟢Ertaga 19-sentyabr kuni soat 10:00 dan 14:30 gacha ICTweek haftaligi doirasida "AyTi taʼlim va frilansing" forumi bo'lib o'tadi.


🟢AyTi karyerangizni yangi bosqichga olib chiqish va sohasidagi eng so'ngi ta'lim tendensiyalari bilan tanishishingizga ko'mak beramiz.

🟢Forumga kelishingiz uchun 17-20-sentyabrga qadar 4 kun davomida shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

🟢Yana tadbir uchun CAEx expo markaziga “Yandex” taxsi orqali imtiyozli narxlarda kelishingiz mumkin.

Barcha AyTiga qiziquvchi yoshlarni forumda kutib qolamiz.

🟢Dastur

🟢Ro'yxatdan o'tish


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.edu
📢Eng sara IT ta’lim markazlarida o‘qish uchun chegirmali vaucherlarni yutib oling

🖥ICTweek haftaligi uchun taʼlim rezidentlari chegirmali vaucherlarni taqdim etdi.Siz eng yaxshi o‘quv markazlarida dasturlashni o‘rganish uchun chegirmali vaucherlarni yutib olishingiz mumkin.

Buning uchun:
1️⃣CAEx majmuasida tashkil etilgan Raqamli ta’limni rivojlanish markazi pavilyoniga keling;
2️⃣Dasturlash yuzasidan boshlang‘ich darajali 20 test ishlang;
3️⃣Raqamli ta’limni rivojlanish markazi mutaxassislari Sizga mos kursni aniqlashda yordam berishadi;
5️⃣Toshkentning eng yaxshi o‘quv kurslariga dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha chegirmali vaucherlarni yutib oling.


➡️IT ta'lim markazlari va chegirmalar ro'yxati bu yerda.

Forumga kelishingiz uchun 17-20-sentyabrga qadar 4 kun davomida shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

❗️Yana tadbir uchun CAEx expo markaziga "Yandex" taksi orqali imtiyozli narxlarda kelishingiz mumkin.

Barcha AyTiga qiziquvchi yoshlarni forumda kutib qolamiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 22:21:18
Back to Top
HTML Embed Code: