#Dolzarb_90_kun
Akademiyada bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi ham tashkil etildi.
“Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazildi. Unda 10 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehmonlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Marosimda taʼkidlanganidek, akademiyada zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, yoshlarni dunyodagi tengdoshlari bilan nafaqat raqobat qilishi, balki ularga o‘rnak bo‘la oladigan yuqori malakali kadrlar qilib tayyorlash jarayoniga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida aytish kerak, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida 309 nafar talaba bakalavriat hamda 95 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomlamoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤16👍9🔥2😁2
#iqtisodiy_oʻqish
Iqtisodiy oʻqish seminari tashkil etildi
2025-yil 28-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish dasturi doirasida onlayn va oflayn shaklda seminar-trening oʻtkazildi.
Oʻqish mavzusi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 16-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlandi.
Seminarga oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raislik qildi. U oʻz nutqida taʼlim tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar va xalqaro grantlarni jalb qilish, ularni oʻzlashtirish, taʼlim xizmatlari eksportini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64547

❤13🔥4👍1