Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kun #Bektemir_tumani

Bektemirda yoshlar bayrami!

28-iyun kuni Bektemir tumanida joylashgan "Yangi O’zbekiston" massivida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Bektemir tumani hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmanov hamda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Bunyod Rajabov tabrik so’zi bilan ochib berdishdi.

Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Bektemir tumanidagi 10 ta maktab va 1 ta texnikumda xorijiy tillarga o‘qitish, shuningdek Barkamol avlod markazida yoshlarni 5 ta kasb bo‘yicha o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali yoshlarning yozgi bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi ta’minlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
328👍9🔥3😁2
#YoshlarKuni

Qadrli yurtimiz yoshlari!

🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni – bu kun sizlarning orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingizga bag‘ishlangan muhim sanadir.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi!

Siz – ertangi kun bunyodkorlari, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi kuchsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intiluvchanligingiz, yangilikka chanqoqligingiz va mehnatsevarligingiz – yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!

Har bir kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin!

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1412🎉3🔥2
#Yoshlar_Kuni

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
12👍6🔥1
2025/07/12 22:55:43
Back to Top
HTML Embed Code: