Telegram Web Link
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🏢O‘zbekiston davlat konservatoriyasida
2025/2026-o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-14-iyul kunlari yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

*Eslatma:
Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 1-uy

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4🔥2
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar taqdiri – davlat eʼtiborida

5-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi hamda bitiruvchilarni bandlikka yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Toshkent shahridagi vazirlik binosida oflayn, viloyatlardagi markaziy studiyalar orqali onlayn tarzda tashkil etilgan yigʻilishda barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, masʼul prorektorlar va hududiy boʻlinma boshliqlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Prezident topshiriqlariga muvofiq, bitiruvchilarning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi, “Kelajakka qadam” dasturining toʻliq va samarali ijrosi masalalari muhokama etildi. Vazir Q.Sharipov oʻz nutqida bu yoʻnalishdagi vazifalar milliy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.

Bitiruvchilarning bandligini taʼminlash – bugungi kundagi hayot-mamot masalasi. Har bir talabaning taqdiri – oliygoh rektorining, hududiy boshqarmaning shaxsiy masʼuliyatidir”, – deya vazir qayd etdi.


Yigʻilishda “Oʻzmilliybank” AJ, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi va Iqtisodiyot hamda moliya vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, faol hamkorlik va hamohanglik zarurligi alohida koʻrsatib oʻtildi.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
14👍4🔥2👏1🤔1
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

👨‍💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

✔️Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

#Qabul2025 #Texnikum #Suhbat

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍4👏2🔥1🤔1
Mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari 2025.pdf
159.2 KB
📜 Texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi

#Qabul2025 #Texnikum

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
20👏3👍2🔥2
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🏢 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-iyul sanasidan 18-iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi havola orqali universitetda 2025/2026-o‘quv yilida kasbiy(ijodiy) imtihonlari o‘tkaziladigan sport bazalari to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin.

💬 Bogʻlanish uchun telefon raqamlar:
📞 +998 77 769-33-69
📞 +998 77 769-88-59
📞 +998 77 337-07-69
📞 +998 77 769-33-59

📍Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍4🔥1
#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

👍 Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 8-iyul sanasidan 14-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin:

Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun guruhlar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yxati


Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilish manzillari:

1. Namangan shahar, Boburshox koʻchasi, 161-uy (Namangan davlat universiteti)

2. Namangan shahar, Istiqlol koʻchasi, 3-uy (Barkamol avlod sport majmuasi)


Bogʻlanish uchun telefonlar raqami:
+998692395006

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4🥰3🔥2👏1
Yana bir tarixiy natija!

⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng, Osiyo kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi

Kotrina Kulbite
shogirdlari saralash doirasida 🇱🇰Shri-Lankani 10:0, 🇱🇦Laosni 7:0 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa dramatik kechgan bahsda🇳🇵Nepal ayollari ustidan penaltilar seriyasida g‘alabaga erishishdi (asosiy vaqtda 3:3).

Shu tariqa ayollar terma jamoamiz 2026-yilda o‘tadigan qit’aning eng nufuzli turnirida ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏3816👍9🎉9🔥4
#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Kasbiy/ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!


Joriy yil 52 ta OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Ushbu imtihonlarga oid jumladan, baholash mezonlari, o‘tkazilish joyi, sanasi kabi muhim yangiliklar oliygohlarning rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Quyida ularning Telegramdagi rasmiy sahifalari:

➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy universiteti;
➡️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Qo‘qon davlat universiteti;
➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️Andijon davlat texnika instituti;
➡️Andijon davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat texnika universiteti;
➡️Guliston davlat universiteti;
➡️Qoraqalpoq davlat universiteti;
➡️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
➡️Qarshi davlat universiteti;
➡️Namangan davlat universiteti;
➡️Namangan davlat texnika universiteti;
➡️Samarqand davlat universiteti;
➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat chet tillar instituti;
➡️Termiz davlat universiteti;
➡️Farg‘ona davlat universiteti;
➡️Urganch davlat universiteti;
➡️Navoiy davlat universiteti;
➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
➡️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;
➡️Nukus davlat pedagogika instituti;
➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➡️Andijon davlat pedagogika instituti;
➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;
➡️Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️Namangan davlat pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat pedagogika instituti
➡️Termiz davlat pedagogika instituti;
➡️Urganch davlat pedagogika instituti;
➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Milliy estrada san’ati instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;
➡️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
➡️Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
➡️O‘zbekiston  davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat sport akademiyasi;
➡️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.

💾 Kasbiy/ijodiy imtihoni mavjud OTM va ularning yo‘nalishlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍7🤔1
Oliy ta’lim tashkilotlari axborot xizmati xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

3–5-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu o‘quv dasturining birinchi chaqiruvini muvaffaqiyatli tamomlagan 48 nafar axborot xizmati xodimiga sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.

Mazkur malaka oshirish kursi axborot xizmatlari faoliyatida ilg‘or yondashuvlar, raqamli kommunikatsiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni kengaytirish, axborot siyosatini professional darajada yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

#MalakaOshirish #MatbuotKotiblari #Sertifikat

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍185🔥1
2025/07/14 09:52:00
Back to Top
HTML Embed Code: