Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” xalqaro haftaligi rasmiy ochilish marosimidan

#Jarayon #InnoWeek2025 #ochilish_marosimi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍106🔥3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥2👍1
“InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasining navbatdagi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etdi.

Assambleyada Yoshlar akademiyasining 130 nafardan ortiq liderlari, “Eng yaxshi muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari hamda akademiyaning faol a’zolari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92144

#Jarayon #InnoWeek2025 #rahbar_yoshlar_uchrashuvi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍6🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo - Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍6🔥2👏1🤩1
#XUSHXABAR #THE #TOP_Reyting

O‘zbekiston universiteti Times Higher Education reytingi TOP-1000 taligiga kirdi

9-oktabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro nashri tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jahon reytingida sezilarli yutuqlarga erishdi.

Jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ilk bor THEning dunyo universitetlari reytingida TOP-600 (501-600) talikdan o‘rin oldi.

Bundan tashqari, quyidagi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ham reytingda qayd etildi:

• Toshkent davlat texnika universiteti – 1001-1200;
• O‘zbekiston milliy universiteti – 1201-1500;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1501+.

Shuningdek, 58 ta OTM reporter (da’vogar) sifatida ro‘yxatga kirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92222

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2719🔥6👏6😁1
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.


Barcha oliy ta’lim muassasalarida yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Ayrim oliygohlarda 1-bosqich talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli to‘lovlar amalga oshirilmasdan qolgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁2511👍8🔥6🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etib, qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, “Kelajak muhandislari” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish taklif qilindi.

“Bu muloqot maydoni dual va kasbiy ta’lim tizimini joriy etish, fundamental ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatlarimizning yetakchi oliygohlari va tadqiqot tuzilmalari salohiyatini birlashtirishga xizmat qiladi.”

– dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, innovatsiyalar sohasida mamlakatimizda “Skolkovo” markazi filialini ochish, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini birgalikda ta’sis etish mumkinligi qayd etildi.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
23👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 1 200 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

9-oktabr kuni Qarshi davlat universitetida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun “TalabaEXPO – 2025” kasb koʻrgazmasi bayramona ruhda oʻtkazildi.

Ko‘rgazmaga 11 360 nafar talaba tashrif buyurib, ulardan 3 748 nafari ish beruvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Natijada 1 274 nafar talaba uchun ish joyi aniqlandi, 49 nafar talaba esa o‘z biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92248

#KelajakkaQadam #TalabalarBandligi #TalabaExpo #Qarshi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍5🔥1👏1
2025/10/25 01:41:19
Back to Top
HTML Embed Code: