Telegram Web Link
Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan ko‘rgazma o‘tkazildi

14-oktabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tashabbusi bilan Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir poytaxtimizdagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hududida o‘tkazildi. Unda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida soha vakillarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda “Yil standartchisi – 2025” va “Sifat sohasidagi mukofot” milliy mukofotlari sovrindorlari e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93085

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍5👏1😁1🤔1
“Bo‘lajak yosh muhandislar” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi va yangi “Padel” korti ochildi

14-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi va “Yosh muhandislar” tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut jamoasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Olimpiada yoshlarning muhandislik sohasiga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga undash va texnik tafakkurni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida institut hududida qurilgan zamonaviy “Padel” tennis korti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida “Rektor kubogi” musobaqasiga ham start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93142

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
122👍5🔥1👏1
2025/10/21 22:27:46
Back to Top
HTML Embed Code: