Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Urganch davlat universiteti “TalabaExpo–2025” koʻrgazmasiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 16–17-oktabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
✔️130 ga yaqin korxona va tashkilotlar 1300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan, amaliyot va stajirovkalar taqdim etadilar.
✔️Taqdimotlar va tadbirkorlik imkoniyatlari mavjud.

Ko‘rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!

Manzil: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍10🔥1
Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi.

Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.

Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.

Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93309

#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
30👍6
TÜRKÜNİB Assambleyasida yangi tashabbuslar muhokama qilindi

Toshkent xalqaro universitetida o‘tayotgan Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasi shoʻba yigʻilishida Ittifoqga a’zo oliygohlar ishtirokida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Anjumanda doimiy kotibiyat va maxsus dastur jamg‘armasini tashkil etish, Turkiya va Vengriya tomonlarining yangi ilmiy tashabbuslari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida Turkiy akademiya tomonidan “TurkBarometer” ilmiy loyihasining 2024–2025-yillardagi natijalari ham taqdimot qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93355

#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍85😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi ochilish marosimi


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍125
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Eslatma! Ertaga Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi boshlanadi

Ayni daqiqalarda tadbirga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda.

#Live #UrDU #tayyorgarlik #sharhsiz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3🔥2
2025/10/21 13:40:42
Back to Top
HTML Embed Code: