Endi Oksford universitetida o‘zbek va qadimgi o‘zbek tillari o‘qitiladi
14-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida “Oʻzbekshunoslik dasturi”ning rasmiy ochilishida ishtirok etdi.
Mazkur dastur doirasida Oksford universitetining Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakulteti o‘quv rejasiga ilk bor o‘zbek tili va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tili kurslari kiritildi. Shu tariqa, Oksford Buyuk Britaniyada ushbu yo‘nalishni o‘qitayotgan birinchi va yagona oliy ta’lim muassasiga aylandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, shunday dedi:
Tadbirda Saida Mirziyoyeva Oksford universitetining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu dastur “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oxford Birsoz Initiative va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “UzAcademy” raqamli platformasi Oksford universiteti ta’lim tizimiga integratsiya qilindi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Ko‘p o‘n yillar davomida O‘zbekiston yopiq edi. Bugun u har qachongidan ham ochiq – ilm-fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq. Va bu muloqotni boshlash uchun Oksforddan ko‘ra yaxshiroq joy bo‘lishi mumkinmi? Axir bu yerda dunyo g‘oyalari, madaniyatlar va tillar tutashadi, ta’lim esa shaxslarni ham, butun millatlarni ham shakllantiradi.”
Tadbirda Saida Mirziyoyeva Oksford universitetining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu dastur “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oxford Birsoz Initiative va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “UzAcademy” raqamli platformasi Oksford universiteti ta’lim tizimiga integratsiya qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤22👏10😁5
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Sahna chiroqlari yoqildi… Endi navbat – sizga!
🏆 Festival g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;
🎭 Nominatsiyalar bo‘yicha:
BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🎭 Sahnaga chiqing – yuksaklik sizni kutmoqda!
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤4👍2
Muhandis kadrlar tayyorlashda yangi bosqich
16-oktabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bazasida Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetining Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi filiali ochildi.
Mazkur tashabbus Prezident tomonidan berilgan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Talabalar bu yerda haftasiga ikki kun ishlab chiqarish jarayonlarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lib, nazariy bilimlarini mustahkamlashadi.
Tadbirda TDTU rektori, akademik Sadriddin Turobjonov, korxona rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yakunda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu loyiha “tarmoq – korxona – oliygoh” modelini joriy qilish orqali mehnat bozoriga talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
#Muhandislik #DualTaʼlim #TDTU #TopshiriqIjrosi

❤23👍2🔥2