Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

Buxoro davlat universiteti talabasi Jahongir Nazarov ekologik qog‘oz yaratdi.

Yosh ixtirochi InnoWeek-2025 doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2313👏3
Ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

17-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ta’lim va fan sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning attestatsiya tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yildan buyon oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimiga 56 mingdan ortiq tadqiqotchi qabul qilingan. Shundan 24 ming nafari davlat granti asosida, 32 ming nafari esa mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu davrda 3,6 ming nafar fan doktori va 18,8 ming nafar falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93974

#ilmfan #uchrashuv #ochiq_muloqot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xorazmda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 1000 nafardan ortiq talabalar uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

16–17-oktabr kunlari Urganch davlat universitetida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida 128 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 1 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu bilan birga, yuqori kurs talabalariga malakaviy amaliyot o‘tash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, bitiruvchi talabalar “TILLO DOMOR” va “URGENCH CLUSTER” korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 10 465 nafari ishtirok etdi. Ulardan 3 453 nafar talaba ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 1 174 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 62 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍9🔥2🥰1🤔1
📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 52 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/vacancies sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓 Hujjatlar 2025-yil 27-oktabriga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍3
2025/10/22 18:09:02
Back to Top
HTML Embed Code: