Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olima_ayollar
O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratonini sun’iy intellekt orqali erta bosqichlarda aniqlaydigan dastur yo‘lga qo‘yildi.
“Olima ayollar” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha shuningdek, ortiqcha vaqt va resurslarni tejashga xizmat qilmoqda.
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

Bizni kuzating

❤28👍8
#xalqaro_anjuman
Sport ta’limi sohasida xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik
Joriy yilning 17–18-oktabr kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqboldagi yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Eron, Janubiy Koreya, Polsha, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlaridan olimlar, mutaxassislar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, raqamli va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤15👍6👏2🤔2🔥1
O‘zbekiston talabalari Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lishdi
2025-yil 14–17-oktabr kunlari Ashxobod shahrida Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida IV Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kimyo fanini o‘qitish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 12 ta davlatdan 260 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti, Qarshi davlat universiteti va Osiyo xalqaro universiteti talabalari ishtirok etdi.
Natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.

👍13❤10
“Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” IV Xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi
23–24-oktabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” mavzusidagi IV Xalqaro forum o‘tkaziladi.
Ushbu an’anaviy forum xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda amaliy tajriba almashinuvi uchun samarali platforma yaratishga qaratilgan.
Forumda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Xitoy, Indoneziya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Qozog‘iston, Hindiston, Qirg‘iziston va Misr kabi davlatlardan taniqli iqtisodchi olimlar va ekspertlar, shuningdek mamlakatimizning yetakchi iqtisodchilari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida 3 ta ilmiy-amaliy konferensiya, master-klasslar, tematik ko‘rgazmalar hamda xalqaro yoshlar festivali o‘tkaziladi. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar o‘rtasida startap va ilmiy maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Forum haqidagi batafsil ma’lumotlar strategy2025.tsue.uz saytida, shuningdek universitetning rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
#Forum #TSUE #Oʻzbekiston2030
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“E Voh” olimpiadasida mahoratli ustozlar poytaxtda jam bo‘ldi
19-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport Axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti hamda IDC ta’lim markazi hamkorligida Erkin Vohidov nomidagi “E voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada ona tili va adabiyot fanini chuqur o‘rganish, mahoratli pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirish, eng muhimi — milliy til madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tashabbus bo‘ldi.
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor tashkil etilgan mazkur olimpiada respublika bo‘ylab 10 507 nafar o‘qituvchini o‘zida jamladi. Saralash bosqichidan o‘tgan 79 nafar ustoz final bosqichida bellashdi. Olimpiadada test va insho yozish orqali ishtirokchilarning bilimi hamda mahorati sinovdan o‘tkazildi.
"E voh" olimpiadasi doirasida Adiblar xiyobonida ma’rifiy va adabiy uchrashuvlar ham tashkil etildi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Davron Rajab va Dadaxon Muhammadiy ishtirokida ijodiy suhbat va she’rxonlik kechasi o‘tkazildi.
Ma’rifiy tadbirlar bugun, 20-oktyabr kuni ham davom etadi.

❤11👍8🔥1🎉1